Lingvistik belgilar konventsionalligi bilan motivlanmagan barcha belgilar bilan
umumiylikni hosil qilsa ham, ammo axborot tashish imkoniyatining kengligi,
diskretligi, akustikligi, ko`psathliligi va bu sath birliklari o`rtasida pog`onali (darajali)
munosabatning mavjudligi bilan boshqa motivlanmagan belgilardan farq qiladi.
F. de Sossyur ham lingvistik belgining qurilish modelini tavsiya etib, uning
Birinchi tamoyil ifodalovchi va ifodalanmish o`rtasidagi munosabat asosida
faylasuflar, ruxshunoslar va lingvistlar o`rtasida qizg`in bahslarga sabab bo`lib
Qadimgi grek filosoflari Geraklit nom bilan u ifodalagan predmet o`rtasida
bog`liqlik bor degan tezisni olg`a surgan bo`lsa, Demokrit bu qarashni inkor qiladi va
17
nom bilan u ifodalangan predmet o`rtasidagi munosabat erkindir, deydi. U nom bilan
predmet o`rtasidagi nomutanosiblikni quyidagi dalillar bilan isbotlaydi: 1) bir
predmet bir necha nom bilan atalishi mumkin (nom predmetga nisbatan ko`p,
ortiqcha): 2) bir necha predmet bir nom bilan ataladi (nom predmetga nisbatan kam,
etishmaydi): 3) ma’lum predmetlarning nomlari davrlar o`tishi bilan o`zgarishi
mumkin.
Bu masala bugungi kunda ham dolzarbligini yo`qotgani yo`q (ushbu muammo
yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun "Belgining tuzilishi bo`limiga qarang").
Lingvistik belgining ikkinchi tamoyili ifodalovchining silsilaligidir. F. de
Sossyur asarida bu tamoyil birinchi tamoyilga nisbatan kamroq o`rin olgan bo`lsa
ham, lekin unga katta ahamiyat berildi.
Lingvistik belgining silsilaligi uning boshqa belgilar bilan sintagmatik
munosabatini ko`rsatadi. Lingvistik belgining bu xususiyati til va nutq aloqasiga ham
ishora qiladi.
Lingvistik belgining uchinchi xususiyati uning diskretligi, ya`ni mayda
elementlarga ajralish xususiyatidir.
Dostları ilə paylaş: