Belgi tuzilishi
Tilshunoslikda tilning belgilar sistemasi ekanligiga ikki xil yondashuv bor.
Ularning birinchisi tilning belgalar sistemasi ekanligini, umuman, rad etadilar. Bu
nazariya filosofiyaga zid nazariya sifatida baholanadi. Xususan L. O. Reznikovning
dastlabki asarlarida bu nuqtai nazar yorqin aks etadi. Uning fikricha, tilshunoslikda
agnostitsizm birinchi navbatda, tilning belgilar sistemasi ekanligi haqidagi nazariyada
ifodalanadi. Dialektik materialistik ta`limot agnostitsizmning bu ko`rinishini keskin
tanqid qilish lozimligini ta`kidlaydi. Lingvistik belgi haqidagi nazariya g`ayri ilmiy
nazariyadir. U tilshunoslikka eng zararli agnostik qarashlarning kirib qolish
vositasidir, shuning uchun ham uni fosh qilish va rad etish zarur, deydi.
R. A. Budagov ham lingvistik belgi haqidagi nazariyani inkor etadi. U har
qanday milliy til ma’lum ifodalar sistemasigina emas, balki bu tilda muloqot
18
qiluvchilarning barcha faoliyatini o`ziga xos aks ettirish natajasi hamdir, deydi.
Uning ta’kidlashicha, tilning belgili tabiati kontseptsiyasi milliy tillar tabiatini va shu
bilan birga lingvistikani ham nihoyatda kambag`allashtiradi.
Lingvistik belgi nazariyasini inkor etuvchilarning hammasi lingvistik belgi
tabiati haqidagi bir yo`nalish-monoletarilistik (belgining bir yoqlamaliligi)
yo`nalishga nisbatan fikr yuritadilar. Belgini faqat shakldan iborat, degan fikrga
asoslanadilar. B. A. Serebrennikov to`g`ri ta’kidlaganidek, lingvistik belgi
nazariyasini, umuman, rad etuvchi olimlar ikki narsani – kommunikatsiya vositasi
sifatidagi lingvistik belgi tabiati va belgi –ma`no-narsa (hodisa) munosabati
muammolarini aralashtiradilar.
Davrlar o`tishi bilan tilning belgilar sistemasi ekanligi haqidagi nazariya asta-
sekin e`tirof etila bashlandi. Lekin lingvistik belgi tuzilishi masalasida ikki xil oqim
vujudga keldi.
Birinchi oqim tarafdorlari lingvistik belgi tuzilishiga faqat ifodalovchini
kiritadilar. Xususan, E. M. Galkina-Fedorukning fikricha, tovush kompleksi ob`ektiv
borliqdagi ma`lum predmet haqidagi umumxalq tushunchasining ifodalovchisidir.
SHuning uchun ham so`z orqali ifodalangan tushunchani emas, balki faqat so`zning
tovush kompleksinigina belgi deyish mumkin. So`zning "ma`nosi"da ham "belgi"ni
qurishning har qanday imkoniyatini mutlaqo yo`qotish kerak. So`z o`zining tovush
sostavi bilan borliqdagi hodisalarning ongdagi in`ikosi bo`lgan tushunchalarni
ifodalaydi, shu bilan birga, tushunchalarni shakllantirib nomlaydi. Demak, so`z
predmetlar nusxasi ham emas, ularning belgisi ham emas.
Ilgari lingvistik belgini mutlaqo inkor etgan L. O. Reznikov ham keyingi
asarlarida bu nazariyani e`tirof eta boshladi va faqat tovush kompleksinigina
lingvistik belgi deb hisoblaydi. U so`zning tovush tomoni moddiy xarakterga ega
bo`lib, predmetga nisbatan belgi vazifasini bajaradi, deydi. Uning ta`kidlashicha,
ma`no predmetni bevosita emas, balki bilvosita-tovush tomoni orqali aks ettiradi,
chunki borliqning umumlashgan ichki mazmuni faqat ikkinchi signal sistemasi orqali,
ya`ni umumlashgan ma`noga ega bo`lgan tovushlar kompleksini talaffuz va qabul
qilish jarayonida vujudga keladigan maxsus fiziologik aloqalar sistemasi orqali
19
amalga oshirilishi mumkin.
Bu kontsetsiyaning faol tarafdorlaridan biri V. Z. Panfilovdir. U bir butun til
birligini emas, faqat uning material tomonini belgi deb hisoblash kerakligini, til
belgisi ikki tomonli emas, balki bir tomonli mohiyat ekanligini ko`rsatadi.
Belgining bir tomonlama ekanligini polyak tilshunosi L. Zavadovskiy
quyidagicha ta`riflaydi: "Belgining ikki tomonlama tabiati tarafdorlari tayangan asos
to`g`ri. Belgi, darhaqiqat, shuning uchun belgiki, u ma`noga ega. Lekin bundan belgi
ikki elementdan tashkil topgan bir butunlik, kombinatsiya degan xulosaga kelmaslik
kerak. Axir bog` egasini kishi plyus bog` tarzida ikki tomonlama mohiyat sifatida
talqin etish kerakmi?"
V. M. Solntsev ham belgining bir tomonlama ekanligini ma`qullaydi. U to`g`ri
ta`kidlagani kabi, ma`noni belgi tarkibiga kiritish yoki kiritmaslik, boshqacha
aytganda, belgining bir yoqlama yoki ikki yoqlama mohiyat ekanligini tan olish ko`p
jihatdan ma`no tabiatini turlicha tushunishga bog`liq. Hozirgi kunda ma`noni ikki xil
tushunish mavjud.
1) munosabat turi sifatida (a)belgining ifodalanmish predmetga munosabati,
(b)tushunchaga munosabati sifatida. Birinchi qarash bo`yicha belgiga ikki tomonlama
mohiyat sifatida yondashishga asos bor. Ikkinchi qarash bo`yicha esa - yo`q. SHuning
uchun ham belgining ikki tomonli ekanligini himoya qiluvchilar belgi haqidagi
ikkinchi qarashni tanqid qiladilar.
Ma`noni tushuncha bilan bir xil holda in`ikos kategoriyasi sifatida, ayni
paytda, ong fakti sifatida tan olish ma`noni, belgi tarkibiga kiritishga monelik qiladi
va belgini bir tomonlama mohiyat deb qarashga asos bo`lib xizmat qiladi.
Ma`no ong fakti sifatida "ideal narsa" (xarakat, belgi, miqdor va boshqalar),
"aqliy predmetdir".
Ma`no "aqliy predmet" sifatida xuddi tushuncha kabi turli bo`lishi mumkin a)
tashqi odamning (turli darajadagi aniqlik va adekvatlik bilan) nusxasi. Masalan,
"daraxt "ma`nosi" ongda konkret predmetlar sinfining, "yurmoq" ma`nosi real
harakatlar sinfining aks etishdir: b) tashqi olamni buzilgan holda aks ettirish yoki
ijodiy fantaziya natijasi: dev, suv parisi va boshqalar.
20
Ma`noning birinchi tipida d-a-r-a-x-t tovushi qatori qandaydir real predmetni
aks ettirish uchun qo`llanilishi mumkin, bu holda belgi, ya`ni d-a-r-a-x-t tovush qatori
o`zidan tashqaridagi ma`lum narsa haqida ma`lumot beradi.
Belgi ikki tomonlama mohiyat sifatida yondashuvchilar, odatda, "daraxt"
ma`nosiga ega bo`lgan belgi real borliqdaga predmetni ifodalash uchun xizmat qiladi,
deydilar.
V. M. Solntsev talqiniga ko`ra esa d-a-r-a-x-t tovush qatori, ya`ni belgi eng
avvalo, ma`noga, aqliy predmetga, "umuman daraxt"ga ishora qiladi, shuning uchun
u har qanday konkret "daraxt" bilan muvofiq kelishi mumkin. "Aqliy predmet",
"aqliy harakat", ya`ni umumlashmalar ortida real predmetlar, harakatlar turadi va bu
umumlashmalar har qanday holda belgi bilan ifodalanishi mumkin.
Ikkinchi tipdagi ma`noda esa (dev, suv parisi) real predmetlar bo`lmaganligi
uchun belgi (tovush qatori) fantaziya mahsuloti sifatida faqat ongda mavjud bo`lgan
"aqliy predmet"largagina ishora qiladi.
Uning fikricha, belgi ishora qilgan narsa belgi tarkibiga kirmasligi kerak.
Ma`no ong fakti, miya vazifasi sifatida faqat kishilar ongida mavjud bo`ladi. Belgi
esa moddiy predmet sifatida insondan tashqarida yashaydi.
Ma`no belgidan ajralmasdir. Lekin, ayni paytda, u to`laligicha belgiga teng
emas.
Belgining
ikki
tomonlamaliligi
kontseptsiyasida
ma`no
belgining
ifodalanayotgan predmetga munosabati sifatida talqin qilinadi. Belgining bir
tomonlamaliligi kontseptsiyasida esa ma`noga munosabat sifatida yondashuvning
to`g`ri emasligi ta`kidlanadi.
V. M. Solntsevning fikricha, ifoda va ma`no birligi til birligini hosil qiladi.
Masalan, so`z morfema. Uning ta`kidlashiga ko`ra, til birliga haqida gap yotganda,
albatta uning tarkibiga ma`noni qo`shish kerak. Til birliginish ma`nosida shu tilda
so`zlashuvchi xalqning tajribasi aks etgan. Til birligi bir butui sifatida o`zining
ma`nosi orqali tashqi olam bilan bog`lanadi. Til birligi bugun sifatida belgi emas. U
belgi va ma`nodan tashkil topgan.
Ayrim olimlar ong elementlarini ham belgi hisoblash tarafdorlaridir. Bunday
21
qarash A. A. Ufimtsev, N. D. Arutyunovalar tomonidan olg`a surilmoqda. Xususan,
A. A. Ufimtseva borliqdagi predmet va hodisalarning ideal aks etishi belgilar
dunyosini vujudga keltiradi, deydi.
N. D. Arutyunova esa "Grammatik sistemaning minimal birligi haqida"
maqolasida til ikki belgilar sistemasidan iborat, degan xulosaga keladi. Biri tovush
belgilaridan iborat bo`lib, tushunchani ifodalaydi, ikkinchisi esa borliqdagi predmet,
hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalardan tashkil topadi.
Ikkinchi oqim vakillari esa belgining ikki tomonlama mohiyatidan kelib chiqib,
uning ifodalovchi va ifodalanmish birligadan tashkil topgan, deydilar ( Kasserier,
Rassel, Sossyur, Vandries, Sepir, El’mslev, Blumfild, Vo`gotskiy , Voloshinov,
Serebrennikov va boshqalar).
F. de Sossyur "Umumiy lingvistika kursi" asarida belgini ifodalovchi (akustik
obraz) va ifodlanmish (tushuncha) birliga sifatida talqin etadi. Fanda bu oqim "
bilaterialistik oqim" nomi bilan mashhur bo`ldi. B. A. Serebrennikoving fikricha,
belgining ikki tomonlamaliligi kontseptsiyasi haqiqatni to`g`riroq aks ettiradi.
CHunki ma`nodan tashqari belgining bo`lishi mumkin emas. Tovush qobigini
ma`nodan ajratish, katta metodik xatodir".
Belgining monolaterialligini yoqlovchilar ma`noni borliqning aks etishi, belgi
orqali ifoda qilingan ob`ektiv fakt deb izoxlaydilar. SHu bilan birga borliqning
in`ikosi bo`lgan tushuncha ham mavjud. U holda in`ikos etishning bu ikki turi
o`rtasida, ya`ni ma`no va tushuncha o`rtasida qanday farq bor? E. M. Galkina -
Fedoruk tushunchani mantiq kategoriyasi ma`noni esa lingvistik kategoriya
ekanligini ta`kidlaydi. Lekin B. A. Serebrennikov ko`rsatganidek, bu ikki hodisaning
yuqoridagi kabi farqlanishi nutkda bir vaqtning o`zida ikki aks ettirish mavjud
ekanligini tushuntirib berolmaydi. E. M. Galkina-Fedoruk tomonidan so`zning leksik
ma`nosi so`zlashuvchi kollektiv tomnidan borliqning u yoki bu hodisasi bilan
bog`lanishi sifatida talqin qilinadi.
Darhaqiqat, tushuncha va ma`no o`rtasida katta farq bor. Predmetning in`ikosi
inson ongida tabiiy ravishda ro`y beradi. Predmet belgilarining umumlashmasi
sifatida predmet obrazi gavdalanadi.
22
Tovush kompleksi va reallikdagi predmet o`rtasida dastlab hech qanday aloqa
mavjud bo`lmaydi. Bu erda aks ettirish deb nomlanishi mumkin bo`lgan hodisa yo`q.
Tovush kompleksi bilan predmet o`rtasidagi aloqa inson tomonidan o`rnatilgan.
Tovush kompleksi bilan predmet o`rtasidagi bunday shartli munosabat
bo`lganda tovush kompleksi ko`rsatish, ishora qilish vazifasini bajaradi. Ma`no
tushunchadan farqli ravishda doimo hosil qilinadi, tabiiy asosda kelib chiqadi.
B. A. Serebrennikov ma`no va tushunchani bir biridan farqlagan holda ma`noni
in`ikos kategoriyasi ekanligini inkor qiladi. Uning ta`kidlashicha, shartli va sun`iy
ravishda tiklangan aloqaga hech qachon aks ettirish sifatida qarash mumkin emas,
Aslida ma`no - bu tovush kompleksining tushuncha bilan inson tomonidan
o`rnatilgan shartli aloqasi. P. V. CHesnokov ham ma`no munosabatda mavjud emas,
faqat shu munosabatda hosil qilinishini ta`kidlaydi.
I. P. Susov fikriga ko`ra, ifodalanmishning tildagi qarama - qarshi a`zosi bir
butun belgining barcha tomonini emas, balki uning faqat bir tomonini - substantsional
tomonini tashkil etadi. Belgining boshqa tomoni ma`no hisoblanadi, ma`no til
ifodasining tildan tashqaridagi ifodalanmishga munosabatini ko`rsatadi. Bunga
muvofiq, ma`no til substantsiyasiga funktsional qo`shimcha sifatida ishtirok etadi,
substantsiyaga hayot bag`ishlaydi, belgining substantsional va funktsional
gomonlarini bir butun sifatida shakllantiradi.
A. A. Ufimtseva lingvistik belgi ma`nosini aniqlashning murakkab ekanligini,
chunki lingvistik belgining bir vaqtning o`zida bir qancha funktsiyada kelishini
ta`kidlaydi. U belgi shaklining ifodalanmish bilan munosabati ikki tomonlama
ekanligini ko`rsatadi: 1 ) ifodalanmishning belgi shakliga munosabati; 2)
ifodalanmishning predmetga ( ob`ektiv faktga) munosabati. Bulardan birinchisi
ma`no ikkinchisi esa ifoda hisoblanadi. Belga ma`nosining shakllanishida o`zaro
bog`langan yuqoridagi uch qism (belgi- predmet haqidagi tushuncha - predmet)
ma`lum darajada aks etadi. A. A Ufimtseva o`z fikrini yanada konkretroq qilib,
ma`noni belgi vaziyati qismlari o`rtasidagi alohida munosabat sifatida xarakterlash
mumkinligini ko`rsatadi. Belgi bilan ifoda predmeti o`rtasidagi alohida munosabat
ostida inson orqali yuzaga chiqadigan aloqa tushuniladi.
23
SHunday qilib, belgi ma`nosi ob`ektiv qatordagi ifodalanmish bilan ham,
sub`ektiv qatordagi ifodalanmish denotat bilan ham teng emas. Ifodalanmish belgidan
va tildan tashqarida qoladi. Ma`no esa belgining bir tomonini tashkil etadi va til
maqomiga ega bo`ladi.
Bizning nazarimizda belgining bir yoqlamaliligi va ikki yoqlamaligi
muammosi ma`noga ikki xil yondashuv bilan bog`liq. Belgiga bir yoqlama mohiyat
sifatida yondashuvchilar in`ikos jarayonini uch bosqichdan iborat deb talqin qiladilar:
narsa – narsa belgilarining umumlashmasi, narsa obrazi, ya`ni narsa haqidagi
tushuncha – akustik xossa (ifodalovchi). Ikkinchi bosqich- narsaning aks ettirish
bosqichi, ong fakti sifatida belgidan tashqarida qoldiriladi. Bu bosqich borliqdagi
narsaning aks ettirish bosqichi sifatida belgiga ikki yoklama mohiyat deb
yondashuvchilar tomonidan ham belgi tarkibiga kiritilmaydi. Bu jihatdan yuqoridagi
ikki oqim hamfikrdirlar. Lekin ikkinchi oqim tarafdorlari in`ikos jarayonini uch
bosqichga emas, balki to`rt bosqichga bo`ladilar. Ma`no bilan tushunchani bir-biridan
farqlaydilar: narsa-tushuncha-munosabat (ma`no) – akustik xossa (ifodalovchi).
Bunga muvofiq, ifodalovchi bilan narsaning umumlashgan obrazi, ya`ni tushuncha
o`rtasidagi munosabat ma`no sanaladi. SHuning uchun ham ma`no belgi tarkibiga
kiritiladi.
Biz ushbu ishda belgining ikki tomonlamaliligi haqidagi qarashni maqullaymiz
va in`ikos jarayonini to`rt bosqichli ekanligini e`tirof etamiz. Lekin ma`noni
boshqacha talqin etamiz. Bunga muvofiq, lingvistik birlik mohiyati moddiy tomoni
bilan (belgi bilan) g`oya tomoni (ma`no)ning birligidan iboratdir.
I. P. Susov ma`no mohiyatini anglash va uning xarakterini belgilash uchun
ifodalovchi va ifodalanmish tahliliga tayanish kerakligani aytadi. Ifodalanmish ma`no
(smo`sl’) semantik predmet (signifikat), real predmet (denotat)larning birligidan
iborat. Ma`no semantik predmetning ajralishiga asos bo`lgan belgilar majmuasidir.
Belgilar majmuasi bilan ajraladigan aniqlanuvchi predmet semantik predmet
hisoblanadi. Masalan, tog`a so`zi o`zida quyidagi besh belgini (semani) mujassam
etgay ma`nodan iborat: 1) erkak jinsiga ega bo`lgan shaxs; 2) qarindosh; 3) o`gaylik
belgisi bo`lmagan qarindosh; 4) nisbiy qarindosh (ona orqali), 5) bir avlod katta.
24
YUqoridagi belgi asosida ajraladigan shaxs tog`a so`zining semantik predmeti
sanaladi. Semantik predmet ham ob`ektiv borliqning aks etishini ko`rsatadi. Semantik
predmet real predmetning ongdagi in`ikosi sanaladi. YUqoridagi tog`a so`zi ob`ektiv
reallikdagi ongdan tashqarida mavjud bo`lgan, real predmetni aks ettiradi. Semantik
predmet ham, real predmet ham ifodalanmish tarkibiga kiradi. Ular o`rtasidagn farq
shundaki, birinchisi aks ettiruvchi. ikkinchisi esa aks etuvchi hisoblanadi, Semantik
predmet semantik belgilar, semalar-kon’yunktsiyasi orqali, denotat esa (agar u
turdosh ot bo`lsa) real predmetlar diz’yunktsiyasi orqali, ajratiladi. Bu jihatdan atoqli
va turdosh otlar denotati bir-birlaridan farq qiladi. Atoqli otlar denotati ob`ektiv
borliqdagi yolgiz predmetlar bo`lsa, turdosh otlar denotati esa borliqdagi real
predmetlar diz’yunktsiyasidir. SHuday qilib, nomlash nazariyasi so`z, semantik
predmet, real predmet (denotat) va ma`no bo`lishini taqazo qiladi. Tilshunoslikda
quyidagilar haqida fikr yuritishga to`g`ri keladi: 1) tabiiy til so`zi haqida; 2) bu
so`zning semantik ishtirokchilari ya`ni material olamining inson ongida aks etishi va
so`z orqali ifodalanishi haqida; 3) inson ongida aks etadigan va so`z orqali
ifodalanadigan ob`ektiv olam predmetlari, hodisalari haqida. Denotativ ma`no inson
ongidan tashqari bo`lgan ob`ektiv olamdagi narsa, hodisalar va ular o`rtasidagi
aloqalarning ongda aks etishidir. Semantik predmet bilan real predmet o`rtasidagi
printsipial farq shundaki, birinchisi aks etadi, ikkinchisi aks ettiriladi. Signifikativ
ma`no denotativ ma`noga nisbatan ikkilamchi xarakterga ega. CHunki olamni bilish
jarayonida ob`ektiv olam elementlarining eng muhim belgilari inson ongida eks etadi
va ongda aks etgan ob`ektiv olamdagi bir qancha narsalar, hodisalar haqidagi bu
psixofiziologik substrat til belgisi orqali ifodalanadi. Anglashiladiki, lingvistik
belgining asosiy qismi bir vaqtning o`zida ham denotativ, ham signifikativ ma`noga
ega bo`ladi. Bunday vaqtda lingvistik belgining denotat bilan aloqasi signifikat orqali
ro`yobga chiqadi. Bunga muvofiq til quyidagi uch hodisani o`zida mujassamlantiradi:
1) material olam hodisasi sifatida belgini; 2) ob`ektiv olamni aks ettiruvchi ideal
hodisani; 3) mavjudligi ideal hodisaga va uning belgisining mavjud bo`lishiga bog`liq
bo`lmagan ob`ektiv borliqni. T. P. Lomtevning ta`kidlashicha, lingvistik belgining
mohiyatini belgi va uning ma`nosining (signifikat) konventsionalligini emas, balki
25
ob`ektivligini e`tirof etishdir. Belgi ma`nosi va ob`ekt o`rtasida aks ettirish
munosabati mavjud. Ko`p hollarda signifikat ob`ektiv olamda korrelyati bo`lmagan,
inson tomonidan sun`iy ravishda hosil qilingan obrazni bildirishi mumkin; xudo, dev,
pari va boshqalar. Bu vaqtlarda belgida olam qiyofasini ong tomonidan ijodiy
to`ldirilgan hayoliy predmetlar aks etadi. Bunday predmetlar yolg`on denotat
(psevdodenotat) deyilishi mumkin.
Bilishning dialektik nazariyasi inson ongidan tashqarida, unga bog`liq
bo`lmagan ob`ektiv olam va bu ob`ektiv olamning inson ongida aks etishini e`tirof
qiladi. Insonning ob`ektiv olam haqidaga bilimlari tabiiy til belgilari asosida
shakllanadi va ifodalanadi. Lingvistik belgining ob`ektiv reallik bilan munosabati
yuzasidan tilshunoslikda ikki xil yo`nalish mavjud: 1) bavosita va 2) bevosita
munosabat.
Birinchi yo`nalish tarafdorlari in`ikos pritsipiga tayanadilar. Lingvistik belgi
ob`ektiv reallik bilan bevosita emas, balki ong orqali bog`lanadi. Tabiiy til
belgisining ma`nosi ob`ektiv olamdagi aks ettirilgan fikriy “narsalar” olamidir.
Dialektik bilish nazariyasi asosida mavjudligi va uning inson ongida aks etishi
yotadi”.
Ko`p hollarda ma`lum ob`ektiv faktga ob`ektiv olamda haqiqiy predmet tarzida
ham, xayoliy predmet tarzida ham korreliyati bo`lmagan ob`ektiv momentlar
qo`shiladi: Modallik, peredikativlik, emotsional- ekspressiv baho va boshqalar.
Natijada ob`ektiv fakt murakkab sub`ektiv obrazning faqat bir qismini tashkil qiladi.
Bunday momentlarning bo`lishi signifikativ ma`noni ham ikki qismga bo`lishga olib
keladi: 1) denotatga muvofiq keladigan referent ma`no (markaziy ma`no); 2) referent
ma`no ustiga qo`shilgan modifikatsion ma`no (chegara ma`no).
Aksariyat lingvistik belgilar semantik strukturasi denotativ. referentsional
signifikativ hamda modifikatsion signifikativ ma`nolardan tashkil topadi. Bu belilar
o`zicha nisbiy mustaqil qo`llana oladigan avtosemantik xarakterga egadir. Ayrim
belgilar borki ular faqat modifikativ ma`noga ega bo`lib, nisbiy mustaqil qo`llana
olish imkoniyatiga ega emas. Ular birinchi tipdagi belgilar bilan birga qo`llaniladi.
Sinsemantik xususiyatga ega.
26
SHunday qilib, denotativ hamda referentsional signifikativ ma`no lingvistik
belgi semantik strukturasining asosini tashkil qiladi.
Ma`no aks ettirmaydi, faqat tushuncha aks ettirish xususiyatiga ega. Ma`no esa
tovush kompleksining predmet eki hodisa bilan inson tomonidan o`rnatilgan shartli
aloqasidir.
Dostları ilə paylaş: |