TILNI SISTEMA SIFATIDA
O`RGANISH
SO`Z BOSHI
O`zbek tilshunosligi so`nggi davrlarda katta yutuqlarni qo`lga kiritdi.
Tilshunoslik nazariyasiga bag`ishlangan bir qator asarlar maydonga keldi. Bu
asarlarda o`zbek tili tuzilishini sistemaviy tadqiq qilish muammolari, tilda
umumiylik-xususiylik dialektikasini namoyon bo`lishi, til va nutq dialektikasi, til
tuzilishining darajali xususiyati, til sathlari va sathlararo munosabat kabi masalalar
ma`lum darajada yoritildi.
O`zbek tilshunosligining qo`lga kiritgan bunday yutuqlari bilan oliy o`quv
yurtlari filologiya fakul`teti talabalarini tanishtirish ularda ilmiy dunyoqarashni,
mavjud adabiyotlarga tanqidiy va ijodiy yondasha olish ko`nikmasini
shakllantirishda, o`quv dasturi asosida olgan bilimlarini chuqurlashtirishda katta
ahamiyatga ega.
O`quv rejasiga muvofiq, III kursdan boshlab bir necha maxsus kurslar o`tish
rejalashtirilgan. Tanlangan maxsus meteriallari o`quv dasturi asosida o`tiladigan
materiallarning oddiy takrori bo`lib qolmasligi, o`zbek tilshunosligining bugungi
yutuqlarining talabalarga etkaza olishi lozim.
Talabalar odatdagi darslarda til sistemasi, til sathi, paradigmatik, sintakmatik
munosabat, tilning belgili tabiati, lingvistik belgi, belgi tuzilishi kabi atamalarni
eshitayotgan bo`lsalar ham, lekin sistema nima? Til sathi nima? Kabi bir qator
savollar bilan talabani batafsil tanishtiruvchi maxsus bir asar mavjud emas. Ana shuni
hisobga olgan holda "O`zbek tilini sistema sifatida o`rganish" nomli maxsus kursning
birinchi qismini talabalarga havola etdik.
Unda talabalar sistema haqida, tilning sistemaliligi, uning belgilar sistemasi
ekanligi, til sistemasining ko`p bosqichli tuzilishi, til sathlari, sath birliklarining
o`zaro munosabati va sathlararo munosabati lingvistik belgi va uning tuzilishi kabi
masalalar haqida ma`lum darajada ma`lumot oladilar. SHuningdek, o`zbek tilining
fonologik sathi va o`zbek tili morfonologiyasi haqida qisqacha fikr yuritiladi.
O`zbek tilining qolgan sathlarida sistemalilik haqida ishimizning keyingi
4
qismida ma`lumot bermoqchimiz.
Asar haqidagi har qanday fikr mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan
qabul qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |