Pirsning asari alohida ajralib turadi. Semiotikaning asoschisi sanaluvchi CH.
Morrisning CH. S. Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Garchi F, de
Sossyurning "Umumiy lingvistika kursi" asarida CH. S. Pirs asarlariga ishora
sezilmasa ham, ammo bu ikki olimning belgilar haqidagi qarashlarida bir-biriga juda
o`xshashlik bor. SHuning uchum ham R.O. YAkobson "Ikki olimning (Sossyur va
Pirsning A. N.) belgilar sistemasini o`rganishdagi harakatida qandaydir genetik aloqa
CH. Pirs belgilarni birinchi marotaba tasnif qiladi. U belgilarni tasnif qilishda
16
belgining moddiy tomoni (ifodalovchi) bilan ma`no tomoni bo`lgan ifodalanmish
o`rtasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana shu belgi asosida CH. Pirs belgilarii uch
katta gruppaga ajratadi.
1. Sanam belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ma`lum darajada
ifodalanmish bilan o`xshashlikka ega bo`ladi: (Masalan, hayvonlarning tasvir belgisi
sifatida aks ettirilishi).
2. Indeks-belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-
natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog`liqlik va
boshqalar) orqali bog`lanadi. Masalan, tugun olovning indeks belgisi sanaladi.
3. Simvol-belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish o`rtasida
shartli, konventsional, motivlanmagan munosabat mavjud bo`ladi. Bu munosabat
erkin va ma`lum qoida asosida vujudga keladi.
Lingvistik belgilar simvol-belgilarga mansubdir.
Dostları ilə paylaş: