Chug’ur. Chug’ur-chug’ur. Ba’zi qushlarning baravar sayrashidan chiqadigan qorishiq ovozlar haqida
(II.384)
Chug’ur. Chug’ur-chug’ur. Ba’zi qushlarning baravar sayrashidan chiqadigan qorishiq ovozlarni
ifodalaydi (IV.519)
Cho’lp. Cho’lp-cho’lp. Narsalarning suvga urilishi, bo’sa olish va sh.k. harakatlarda hosil bo’ladigan tovushlar
haqida (II.387)
Cho’lp. Cho’lp-cho’lp. Narsalarning suvga urilishi, bo’sa olish va sh.k. harakatlarda hosil bo’ladigan
tovushlarni bildiradi (IV.523)
O’TILning har ikkala nashrining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Har bitta taqlidiy so’zga baho berish ishimizning hajmini oshirib yuborishini hisobga olib, ularni umumlashtirishga harakat qilamiz.
Bizningcha, har ikkala lug’at o’rtasidagi xarakterli farqlar quyidagicha:
O’TILning 1-nashrida izoh birmuncha mavhum, uslubiy jihatdan g’alizberilgan holatlar 2-nashrida tuzatilgan va to’ldirilgan. Masalan:
-vavag’. 1-nashrda: 1.Bedananing sayrashi haqida. 2. Baqirib, vag’illab gapiradiganodamhaqida;2-nashrda: 1. Bedanasayraganidaeshitiladiganovozni, unga taqlidni bildiradi. 2. Biron jihatiga (bedanaga ishqibozligi yoki boshqa xususiyatiga) ko’ra kishi nomiga qo’shib, laqab sifatida ishlatiladi; -viz. 1-nashrda: Tez aylanuvchi va umuman tez harakat qiluvchi narsa hosil qiladigan tovush haqida; 2-nashrda: Tez aylanuvchi va umuman tez harakat qiluvchi narsa hosil qiladigan tovush va unga taqlidni bildiradi;
-vish. 1-nashrda: Cho’ziq«sh»tarzidagiturlitovushlarhaqida;2-nashrda:
Cho’ziq«sh»tarzidagitovushvaungataqlidnibildiradi; -vov. 1-nashrda: Itningvovillashi,hurishihaqida;2-nashrda: Itvovillaganda chiqaradigan tovushni va unga taqlidni bildiradi; -gurs. 1-nashrida: Zarbbilanurilganog’irnarsaovozihaqida;2-nashrida:
Zarbbilanurish,urilishnatijasidachiqadiganbo’g’iqovoz. -do’q. 1-nashrida: Jarangsiz narsalarning urilishidan hosil bo’lgan ovoz haqida; 2-nashrida: Jarangsiz narsalarning urilishidan hosil bo’lgan ovoz; -puf. 1-nashrida: Ikki lab orasidan kuchli bosim bilan havo chiqarganda eshitiladigan tovush va shu harakatning o’zi haqida; 2-nashrida: Nafas olish, o’tni o’chirish yoki alangalatish va issiq narsani sovutishda ikki lab orasidan kuchli bosim bilan havo chiqishida eshitiladigan tovush va shu harakatning o’zi haqida; -tar. 1-nashrida: Tarillagan ovoz haqida. 2-nashrida: Ba’zi narsalarning yirtilishida yoki ba’zi asboblarning ishlatilishida chiqadigan tovushni bildiradi;