6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja



Yüklə 436,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix11.11.2023
ölçüsü436,39 Kb.
#132403
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu




6-MAVZU : SUG‘URTA BOZORI VA UNI DAVLAT TOMONIDAN 
TARTIBGA SOLISH 
REJA: 
 
1. Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari. 
2. Sug‘urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma. 
3. Sug‘urta bozori infratuzilmasining sug‘urta bozori rivojlanishidagi 
ahamiyati.
4. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv 
zarurligi va shakllari. 
5. Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari. 
6. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi. 
 
1. Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari. 
 
1.
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo‘ladi hamda ular 
o‘rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug‘urta 
bozorida ham sotuvchi (sug‘urtalovchi) va xaridor (potensial sug‘urtalanuvchi) 
ishtirok etadi. Bu erda potensial sug‘urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash 
mumkin, degan o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potensial 
sug‘urtalanuvchini to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo‘l 
qo‘ygan bo‘lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug‘urta kompaniyalari 
bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga sug‘urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug‘urta “mahsulotini” 
sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug‘urtalovchilar bilan tegishli sug‘urta 
munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi. 
Endi, sug‘urtalovchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, sug‘urtalovchi - bu mamlakat 
xududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug‘urtalash 
o‘zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko‘rinib turibdiki, 
sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining 
litsenziyasiga ega bo‘lishi va sug‘urtaga bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalar bilan 
shug‘ullanmasligi zarur. 
Sug‘urtalovchilar bozorga o‘zlarini ishlab chiqargan o‘ziga xos mahsuloti - 
sug‘urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug‘urta 
kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O‘z-o‘zidan, bu holat sug‘urta bozorida 
potensial mijozlarni jalb etish uchun sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida raqobatning 
kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng 
asosiysi, potensial sug‘urtalanuvchi har tomonlama o‘zining talabini qondiradigan 
“mahsulot”ga ega bo‘ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda 
iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. 
Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko‘rish mumkin. 



Sug‘urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun kundalik 
xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. 
O‘zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga 
boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog‘i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda 
kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati 
yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug‘urta bozorida ham aynan shu jarayon 
yuz beradi. 

Yüklə 436,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin