Taqlidiy so’zlarning izohi etimologik lug’atlarda ham berilgan.55 Ularni ko’zdan kechirish ham taqlidiy so’zlar va ularning lug’aviy ma’nolari haqidagi tasavvurimizni kengaytiradi.
Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilib, 2000-yilda chop etilgan «O’zbek tilining etimologik lug’ati» (bundan keyin - O’TEL)ga so’zlik O’TIL bo’yicha tuzilgan bo’lsa-da, o’zbek adabiy tili lug’at boyligidagi turkiy qatlamga etimologik izoh berish maqsad qilib olinganligi tufayli ushbu izohli lug’atdagi boshqa tillardan olingan so’zlar, shu bilan birga o’zlashma so’zlar asosida yasalgan, tuzilgan so’zlar ham chegirib qo’yilgan.
Shunday chegirishlardan keyin ajratilgan turkiy so’zlarning juda katta qismi etimologik izohga muhtoj emas. Etimologik izoh berish lozim so’zlarning bir qismiga esa bugungi kunda shunday izoh berish uchun imkon yo’q. Xullas, yuqoridagi cheklanishlardan keyin ushbu lug’atda 2400 dan ortiq so’z qamrab olingan56.
O’zbek tili lug’at boyligidagi ayrim turkiy so’zlarning kelib chiqishi va tarixiga izoh beruvchi mazkur lug’atdagi 2400 dan ortiq so’zdan atigi uchtasini taqlidiy so’z tashkil qiladi. Bular dikang-dikang, lapang-lapang, likang-likang so’zlaridir. Bu taqlidiy so’zlarga lug’atda quyidagicha izoh berilgan:
Dikang-dikangtez-tez sakrash harakatini ifodalovchi tasvir so’zi* (* - belgisi ostida tasviriy o’zakdan yasalgan so’zlar berilgan). Bolalar bir pasda dikang-dikang sakrab kelib, qo’llaridagi tutam-tutam boychechakni o’qituvchisiga taqdim qila boshladi (P. Tursun). Bu so’z dik-dik tasvir so’zi qismlarining – äng qo’shimchasini olib kengaygan shakliga teng: (dik+äng) - (dik+äng)=dikäng- dikäng(O’TEL,91); lapang-lapang. Lap-lap tasvir so’zining –(ä)ng
55 Биз бу ўринда Н.Нарзиеванинг қуйидаги мақоласидан фойдаландик: Қаранг: Нарзиева Н. «Ўзбек тилининг этимологик луғати»да тақлидий сўзларнинг лексикографик талқинига доир // Ўзбек тилшунослиги масалалари. Илмий мақолалар тўплами. - Самарқанд: СамДУ нашри, 2008. Б. 115-120.
56 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати (туркий сўзлар).-Тошкент: Университет, 2000, 4-бет. Бундан кейин фақат «ЎТЭЛ» деб ёзиб, унинг саҳифасини кўрсатиб борамиз.
qo’shimchasini olib kengaygan shakli (O’TEL,234); likang-likang. Lik-lik tasvir so’zining -(ä)ng qo’shimchasi bilan kengaygan shakli (lik+äng)-(lik+äng)=likang- likang (O’TEL,235).
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’TELda taqlidiy so’zlar juda oz miqdorni tashkil etsa-da, lekin lug’atda taqlidiy o’zaklardan yasalgan boshqa turkumiga oid so’zlar anchagina salmoqli o’rin egallaydi.
Ma’lumki, taqlidiy so’zlar boshqa so’z turkumlaridan yasalmaydi, ammo o’zbek tilidagi ko’pgina ot, sifat, fe’l va ayrim ravishlarning yasalishida taqlidiy so’zlar asos vazifasini o’taydi. Biz quyida O’TELda berilgan shunday so’zlarni turkumlar bo’yicha alohida-alohida keltiramiz: