Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə45/48
tarix03.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128820
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Tadqiqotning

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
Yilt-yilt: Mayda-mayda ko’lmak suvlar yilt-yilt etadi (I,170). Yuzlaridan yilt-yilt ter sizildi (II,105).
Kishilarning turli xil psixo-fiziologik holatlarini, organizmda paydo bo’lgan har xil sezgilarni ifodalashda ham ba’zan taqlidiy so’zlardan foydalaniladi. Bunday taqlidiy so’zlar aslida tovushga taqlid yoki holatga taqlid so’z sifatida paydo bo’lgan bo’lsa ham shu jarayonda ularning ma’nosida mavhumlikka tomon siljish seziladi. Obrazli so’zlar ifodalagan hodisalarga tovush orqali taqlid qilish mumkin bo’lmasa ham, kishida u ifodalagan hodisa haqida ma’lum taassurot paydo bo’ladi. Metaforik xarakterdagi tasviriy so’zlar subyekt bilan bog’langan. Ma’lumki, tovushga taqlid so’zlar eshitish bilan, holatga taqlid so’zlar ko’rish bilan bog’langan hodisalarni ifodalaydi. Metaforik taqlidiy so’zlar ifodalagan taqlidiy so’zlarni ko’ra olmaymiz ham, eshita olmaymiz ham. Taqlidiy so’zlar kishi organizmida paydo bo’lgan sezgilarni, ichki kechinmalarni ifodalash uchun yoki ko’chma ma’noda qo’llanilganda metaforik xarakterga ega bo’ladi: Yuragim shuv etdi (I,244). Ammo… kunduzgi uyqudan keyingi vaziyat! Odam tars yorilib ketay deydi (II,160). Yuzlarim lov-lov yonib turaman (I,64).

Xulosa


Magistrlik dissertasiyasini yozish jarayonida olib borilgan kuzatishlar, mavzu doirasidagi o’rganilgan manbalar tahlili va ishda bildirilgan fikr- mulohazalar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Taqlidiy (tasviriy) so’zlar hozirgi o’zbek tilida katta leksik-semantik guruhni tashkil qiluvchi kategoriyadir.

  2. O’tgan asrning 60-yillarigacha o’zbek tili grammatik adabiyotlarida va shu kabi ayrim tilshunos olimlarining ilmiy asarlarida taqlidiy so’zlar undovlarning bir ko’rinishi sifatida talqin qilib kelindi. Faqat keyingi yillardagina ular alohida- alohida so’z turkumi ekanligi e’tirof etildi.

  3. Mavjud o’zbek tili darsliklarida, o’zbek tili grammatikasiga oid qo’llanmalarda taqlidiy so’zlarga, ularning grammatik xususiyatlariga doir qarashlarda mushtaraklik mavjud.

  4. O’zbek tilshunosligida taqlidiy so’zlar R.Qo’ng’urov tomonidan maxsus o’rganilgan.

  5. Taqlidiy so’zlar tarixiy kategoriyadir. Davrlar o’tib borishi bilan birga tilimizda taqlidiy so’zlar miqdori ham orta borgan.

  6. O’TIL ning ma’lum bir qismini taqlidiy so’zlar tashkil qiladi. Lug’atda yakka, juft va takroriy shakldagi sof taqlidiy va tasviriy so’zlar 500ga yaqin bo’lib bu umumiy sonning 0,8 foiziga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, O’TIL da belgisi ko’rsatilmagan taqlidiy yoki tasviriy so’zlar ham uchraydi.

  7. O’TELda tilimizdagi 3ta sof taqlidiy so’zning etimologik izohi keltirilgan. Bular dikang-dikang, lapang-lapang, likang-likang so’zlaridir. Lekin lug’atda 26 ta ot, 27 ta sifat, 76 ta fe’l va 3 ta ravish turkumiga oid so’zlarning taqlidiy o’zaklardan yasalganligi etimologik jihatdan asoslab berilgan.

  8. Tarixan boshqa shaklda yoki boshqa ma’no bo’lgan ayrim taqlidiy so’zlar hozirgi tilimizda ham shakliy, ham ma’no jihatidan o’zgarishlarga yuz tutgan: sig’irchiq – chug’urchiq, urpardi – hurpaydi, og’rashdi – o’qrayishdi kabi.

  9. O’zbek tilidagi ko’pgina ot, sifat, fe’llar taqlidiy o’zaklardan yasalgan.

  10. O’TILning har ikki nashri o’ziga xos yutuq va kamchiliklarga ega. Jumladan:

-izohlar O’TILning ikkinchi nashrida birinchisiga qaraganda batafsil va o’quvchiga tushunarli tarzda berilgan;
-birinchi nashrda muayyan taqlid so’zdan hosil bo’lgan birliklar ikkinchi nashrda chiqarib tashlangan;

  • birinchi nashrda bir ma’no ostida izohlangan so’zlar ikkinchisida ajratilgan va har birining ma’nolari alohida izohlangan;

-yoki aksincha, birinchi nashrda ma’nolari ajratib izohlangan taqlidiy so’zlar ikkinchi nashrda umumlashtirilgan;
-birinchi nashrida birmuncha mavhum, uslubiy jihatdan g’aliz berilgan izohlar ikkinchi nashrida tuzatilgan;
-ba’zi izohlar har ikkala nashrda ham bir xilda berilgan;
-birinchi nashrdagi ayrim taqlidiy so’zlar ikkinchi nashrga taqlidiy so’z sifatida kiritilmagan;
-har ikki nashrda taqlidiy so’z (taql.s) belgisi qo’yilmagan, ammo mazmunan taqlidiy so’z bo’lgan birliklar mavjud. Bu esa ushbu so’zlar turkumi doirasini toraytirgan;
-har ikki nashrda ham qo’shilib bo’lmaydigan izohlar uchraydi;
-ayrim taqlidiy so’zlarning grammatik izohi noto’g’ri berilgan (xa-xa-xa
und.s, vot-vot und.s. kabi).

  1. T.Murod asarlaridagi taqlidiy so’zlar tahlili ularning matnda muhim uslubiy vosita bo’la olishini ko’rsatadi. Ularning badiiy asarda ma’noni kuchli, ta’sirli ifodalash, ekspressivlikni bildirish kabilarda roli kattadir. Taqlidiy so’zlar turli xil lug’aviy ma’nolarga, shuningdek, polesemantik va sinonimiya xususiyatlarga ega bo’lib, badiiy matnda uslubiy vazifa bajarar ekan, ularning ma’nodaridagi xilma-xillik Izohli lug’atlarda ham o’z ifodasini topishi lozim.

  2. Taqlidiy so’zlar badiiy adabiyotda, og’zaki nutqda, folklorda juda ko’p ishlatilib, ular nutqqa badiiy bo’yoq, ekspressivlik beradi. Shu bilan birga, umuman, obyektiv borliqni aks ettiruvchi, kommunikativ aloqa bajaruvchi va tilda qurilish materiali sifatida ular katta ahamiyatga egadir.

  3. Izohli lug’atlardagi taqlidiy so’zlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi o’zbek tilida ularning salmog’i yanada oshib bormoqda, qo’llanish ko’lami kengaymoqda. Bu esa taqlidiy so’zlarning ideografik lug’atini tuzishni taqozo etadi.

  4. Ushbu kichik bir tadqiqot ham o’zbek lug’atchiligini rivojlantirish va takomillashtirish yo’lida qilinishi kerak bo’lgan ishlar hali ko’p ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin