Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli



Yüklə 123,08 Kb.
səhifə4/15
tarix31.12.2021
ölçüsü123,08 Kb.
#113533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli.

1.1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar


Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkich bo`lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog`liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg`unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko`proq uchinchi yo`l xarakterli hisoblanadi.

Adam Smit


Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog`lab turuvchi va ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizm - bozorning bo`lishini taqozo etadi. Bozor to`g`risida Adam Smit ta'limotidagi asosiy g`oya iqtisodiy liberalizm g`oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g`oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o`zini-o`zi boshqarish g`oyasi hisoblanadi. Uning ta'limotiga ko`ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlash-tiradi, ularning manfaatlarini uyg`unlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti novvoyni shirin non yopishga, bog`bonni ekologik toza meva-sabzavot yetishtirishga, savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlar olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste'molchilar ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqaruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko`proq foyda olish ishtiyoqida bo`lgan tadbirkorlarning bir tomonlama manfaatlari, ularni jamiyatning boshqa a'zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi.

Adam Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqalarning erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. Adam Smitning fikricha, agar erkin raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib keladi.

Adam Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko`rsatib o`tadi. «Har xil sabablarga ko`ra, – deb yozadi u, – hukumat doimo va beistisno tarzda isrofgar. Eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o`zgalar pulini esa hamisha o`zingnikidan ko`ra behuda sarflaysan. Bundan tashqari, hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo`lgan e'tiborni ularga qarata olmaydi». Adam Smit davlatning faqat uch funksiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, jamiyat uchun zarur bo`lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta'minlash.

O`z manfaati yo`lida xizmat qilayotgan har bir odam pirovard natijada ijtimoiy mahsulotning ko`payishiga, jamiyat boyligining oshishiga yordam beradi. Shaxsiy manfaatga intilish ishlab chiqarishning rivojlanishiga, taraqqiyotga olib keladi. Har bir kishi o`zini o`ylab ish yuritadi, bundan butun jamiyat yutadi.

Adam Smit «ko`rinmas qo`l»ni bozor mexanizmi deb aytib o`tgan. U odamlarni o`z istak va xohishlariga bog`liq bo`lmagan holda maqsad sari yo`naltirib turadi. Masalan, agar qandaydir bir mahsulotga, aytaylik, nonga bo`lgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ularning daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oqib o`tib turadi, ayni chog`da, u non yopish sanoatiga oqib o`ta boshlaydi. Natijada, non ishlab chiqarish ko`payadi va narx yana pasaya boshlaydi. Bu yerda Adam Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo`jalik mexanizmining ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko`rsatib bergan.

Adam Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to`lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolinishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo`lgan milliy iste'molchilar yutqazadi.


Jon Meynard Keyns


1929–1933-yillardagi buyuk depressiya davri sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga soladi. 1929-yildan 1933-yilgacha АQShda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941-yilga qadar u 14,3 foizdan (1937-yil) pastga tushmadi. 1937–1938-yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib toʼxtatildi. Faqat 1942-yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Yevropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol ish faoliyatining pasayishi, taxminan, 1929-yil avgust oyidan boshlandi, sentyabrdan esa u fond bozorida oʼzining salbiy taʼsirini koʼrsatdi. Oktyabrda fond bozori halokatga uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga, oʼz aktivining asosiy qismini qimmatli qogʼozlarda saqlab turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi. Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. Ishlab chiqarishning real hajmi keskin pasaydi.

Buyuk depressiya nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv roliga asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Iqtisodiyotda vujudga kelgan bunday keskin vaziyat ommaviy ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari muammosini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatdan chiqish uchun keng qamrovli “umumiy nazariya” ishlab chiqarilishi zarurligini Keyns yaxshi tushungan. U iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi, unga koʼra bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan, oʼzini-oʼzi tartiblovchi tizim hisoblanmaydi, faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy oʼsishni taʼminlashi mumkin.




Yüklə 123,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin