Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Yüklə 123,08 Kb.
səhifə5/15
tarix31.12.2021
ölçüsü123,08 Kb.
#113533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

Jon Meynard Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yoʼnalish sifatida – keynschilik deb ataladi.

1929–1933-yillardagi buyuk depressiya davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti oʼzini-oʼzi tartiblovchi iqtisodiyot degan gʼoyasi ayni sharoitda notoʼgʼri ekanligini koʼrsatdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartibga soilsh mumkinligini Jon Meynard Keyns ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oʼz tahlilining boshlangʼich nuqtasi qilib ish bilan bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik oʼsha paytda nihoyatda koʼpaygan edi. Keyns yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur muammolar (shu jumladan ish bilan bandlik muammosi) yechimini taklifdan emas, balki talabdan qidirish kerak degan xulosaga keldi. Аynan isteʼmol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga boʼlgan talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Аgar yalpi talab kamaysa, ishlab chiqarishning pasayishiga va mehnatga boʼlgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. Keyns oʼzining tadqiqotiga asoslangan holda davlat yordamida ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatidagi ish haqini pasaytirishga yoʼl qoʼymaslikning zarurligini, shuningdek, insonning jamgʼarmaga boʼlgan moyilligi tufayli daromadlardan koʼra isteʼmolning ancha sekin oʼsishini tasdiqlab berdi.

Keyns taʼlimotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi koʼrsatib berildi. Keyns ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, oʼz-oʼzidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki bozor mexanizmi harakati tugʼdiradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini koʼrsatib beradi.

Keyns klassiklarning iqtisodiyotning oʼzini-oʼzi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini koʼrsatib, «davlat isteʼmolga boʼlgan moyillikka oʼzining rahbarlik taʼsirini qisman tegishli soliq tizimi yoʼli bilan, qisman foiz meʼyorini belgilash yoʼli bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan oʼtkazishi lozim boʼladi», deb yozadi.

Keynsning fikriga koʼra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining toʼla ish bilan bandligiga erishishga, foiz meʼyorini pasaytirish va belgilashga bogʼliq. Uning taʼkidlashicha, davlat investitsiyalari ular yetishmay qolgan sharoitda qoʼshimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qoʼrqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning oʼsishi va foiz meʼyorining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, Keyns konsepsiyasi boʼyicha, ssuda foizi qancha past boʼlsa, investitsiyalarga boʼlgan qiziqish shuncha yuqori boʼladi, bu, oʼz navbatida, ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.

Milton Fridmen


Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan Fridmen nazariyasiga koʼra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik oʼrtasida ichki bogʼliqlik mavjud. Faqat xoʼjalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. Davlatning xoʼjalik jarayonlarga aralashuvi iqtisodiyotning oʼzini-oʼzi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmogʼi lozim.

Milton Fridmen va uning tarafdorlari qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalar:

Birinchi qoida – bozor xoʼjaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti oʼzining ichki xususiyatiga koʼra barqarorlikka, oʼzini oʼzi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni taʼminlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi boʼlib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan boʼladigan aralashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi. Bozor xoʼjaligining barqarorligi toʼgʼrisidagi ushbu qoida Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi toʼgʼrisidagi tasdigʼiga qarshi qaratilgandir.

Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga taʼsir koʼrsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qoʼyiladi. Аynan ular iqtisodiyotni aʼlo darajada barqarorlashtirishga qodir.



Аgar Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin boʼlgan dastaklar sifatida baholagan boʼlsa, Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Fridmenning fikricha pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi[ CITATION Asa141 \l 1033 ].


Yüklə 123,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin