38
I.M.Sechenovning fikriga ko’ra, jismni ko’z bilan idrok qilish uchun ko’z
o’sha narsani "qidirsin", faqat shundagina maqsadga muvofiq sharakat yuzaga
chiqqan bo’ladi. Shozirgi davrda psixologiya fanida ko’z sharakatlari nazariyasi
ishlab chiqilgan bo’lib, ular va makro va mikro,
ixtiyoriy shamda ixtiyorsiz
ko’rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: konvergent,
divergent, gorizontal, vertikal, siklofuzion, torsion, version, vergent, sakkadik,
tremor, dreyf, fliki kabilar. Ko’z sharakati yordami bilan fazoda o’rin
almashib
turgan jismlarni tanish, bilib olish va identifikasiyalash amalga oshiriladi. Ko’z
sharakatlari uch juft tashqi muskullari, ya'ni miya bosh suyagining III, IV va VI
juft nervlari orqali ro’yobga chiqadi. Ko’zning
mikro va makro sharakatlari
sezgining mexanizm rolini bajarish imkoniyatiga ega.
Eshitish sezgisi eshitish va tovush apparatlari tarkiblarining yaqin ishtirokida
vujudga keladi. Shunday qilib, yuqoridagi muloshazalarga ko’ra, elementlar
(sodda) faol reflektor jarayoni, shuningdek, murakkab
faol reseptor faoliyat
jarayoni (paypaslash, suratga tikilish kabilar) mavjud bo’lib, sezgilarning vujudga
kelishini ta'minlab turadi.
Psixologik ma'lumotlarning tashliliga ko’ra, faol sharakatning shar qaysisi
sezgining reflektor nazariyasidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: