4. Yo’llar va yo’laklar.
Korxona xovlisini planlashtirishda avtomobil yo’llarning va piyodalar yo’laklarining eng oddiy va qullay sxemasini tanlanadi. Bunda avtomobil yo’llari bilan piyodalar yo’llari kesmashmasligiga e’tibor berish kerak. Kesmashmastirishning iloji bHlmaganda yer osti yo’llari yoki qHshimcha yo’llar qurish bilan xavfsizlik ta’minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo’llariningg eni 6 yoki 3 songa bo’linadigan qilib olinadi.
Korxonada odatda yo’llar tutash bo’lishi kerak.Ayrim xollarda tupik yo’llar bo’lishiga ruxsat etiladi. Ular xam uzunligi 100m dan oshmasa. Piyodalar uchun mHljalangan yo’lkalarning (trotuar) eni 0,75 m, dan kam bHlmasligi kerak.
Korxona xovlisini obodonlashtirish, unga daraxt gul va butalar ekish, maysazorlar ajratib quyish - yong’innning tarqalib ketmasligi uchun, shovqin va changli havoning tarqalib ketmasligi uchun ximoya lentalari xosil qilish uchun xizmat qiladi. Bino ichidagi ishchilarni yo’ldan O’tayotgan transport shovqinlaridan, quyosh radiasiyasidan saqlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochiq havoda dam olish joylari tashkil imkoni beradi va h.k.
Odatda fabrika oldi maydonlari, magistral yo’llar chetlari, qurilishdan bHsh barcha joylar, ayniqsa maishiy binolar atrofi, oshxona, zdravpunkt, dam olish joylari, suv olish nasos stansiyalari, suv havzalari toza havo olish zonalari.
Daraxt va butalarni transport vositalarining harakatiga, injenerlik tarmoqlarining O’tkazilishiga va yo’llarni yoritish uchun Hrnatiladigan chiroqlarga halaqit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo’l harakatiga halaqit bemasligi, belgilar yaqqol kHrinib turishi kerak. Mashina yo’llari, piyodalar yo’laklari, yuk tushirish va ortish maydonlari hamda korxona hovlisidagi ish joylari yoritilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |