1. Nizoning vazifalari va turlari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/8
tarix07.11.2022
ölçüsü97,5 Kb.
#119088
  1   2   3   4   5   6   7   8
Iroda Shoymardonova


Nizoli vaziyatlarni hal etish yo'llari

Reja:



1. Nizoning vazifalari va turlari
2. Nizolarni boshqarish. Nizosiz muloqot qoidalari
3. Nizolar yechimining asosiy strategiyalari
4. Muzokaralar nizolarni hal qiluvchidir


1. Nizoning vazifalari va turlari
Nizo bir-birini inkor qiluvchi tomonlar manfaatlari va nuqtayi nazarlarining ochiqchasiga qarama-qarshi turishidir.
Nizolar doimo vayronalarga sabab bo‘ladi degan tasavvurlar hozir-gi davrga uncha mos kelmaydi. Bugungi kunda nizolarning ijobiy va salbiy vazifalari mavjud.
Nizoning ijobiy vazifalari quyidagi holatlarda ko‘rinadi:

  • ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishida nizolar daro-madlilikning asosi vazifasini o‘taydi;

  • nizo yordamida o‘zaro qarorlar qabul qilib, odamlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

  • nizo tufayli ishtirokchilar o‘rtasidagi keskin vaziyat yumshaydi, tajovuzkorona kuchlar susayadi, his-tuyg‘ular o‘zgaradi;

  • nizo muxolif haqida yangi ma’lumotlar imkoniyatini baholashga yordam beradi va kelajakda sodir bo‘lishi kutilayotgan nizolarning oldini olishga zamin yaratadi;

  • nizo shaxsning guruhda o‘z o‘rnini egallashiga va maqomini belgilab olishga yordam beradi;

  • ilmiy faoliyat sohasidagi nizo ijodiy faoliyatni kuchaytiruvchi g‘ayrat baxsh etadi; guruhlararo nizo tashqi raqiblarga qarshi kurashda jamoani jipslashtiradi.

Nizolarning salbiy vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • nizoning salbiy oqibatlari ko‘p holatlarda uning ijobiy oqibat-larini bosib ketadi;

  • nizoda qattiqqo‘llik taktikasini tanlash uni keskinlashib ketishiga olib keladi;

  • nizoda ishtirok etish katta hissiy, moddiy zararlarni keltirib chi-qarishi mumkin;

  • nizo tufayli xodimlarni ishdan bo‘shatish, jamoada tartib-intizom-ning pasayib ketishi, ijtimoiy-psixologik vaziyatning yomonlashuvi yuzaga keladi;

  • mag‘lub bo‘lgan guruhni dushman deb bilish;

  • nizolarga ortiqcha e’tibor berish tufayli ishga zarar yetkazish;

  • nizo bartaraf etilgach, xodimlarning bir qismi o‘rtasida o‘zaro munosabat susayadi;

  • biznesga doir munosabatlarni tiklash qiyin kechadi.

Nizo manfaatlarning ehtimoliy farqlanishi sifatida ikki tomonning talabini qoniqtiruvchi muqobil yo‘l yo‘qligi tufayli yuzaga keladi. Ko‘p holatlarda bu bir yoki har ikki tomon talablari me’yordan ortiqcha bo‘l-ganda, yuzaga keladi. Agar bir tomon o‘z talabini qonuniy deb hisob-lasa, unda nizo yanada keskin tus oladi.
Nizoning yuzaga kelishiga yana bir qator sabablar turtki bo‘ladi.

  1. Huquq, majburiyat va mas’uliyat nisbatlarining noaniqliqligi, lavozim ko‘rsatmalarining yo‘qligi yoki uning sifati pastligi ishlab chi-qarish topshiriqlarini taqsimlashda noaniqlikka olib keladi.

  2. Tashkillashtirishda qadriyatlar tizimining moslashmaganligi (tashkiliy madaniyatning qarama-qarshi turi). Bu esa tashkillashtirishda ijtimoiy me’yorlarning susayishiga olib keladi va ba’zi bir xodimlarning boshqa xodimlar tomonidan kutayotgan harakatlarida nomuvofiqlik kuzatiladi.

  3. Kuchlar nisbatini baholashdagi noaniqlik. Bu har bir tomon o‘z kuchini ortiqcha baholashiga olib keladi.

  4. “Hamma narsaga ega bo‘lish yoki hamma narsadan voz kechish” tarzida fikrlash. Bunday holatda har bir tomon o‘z yutug‘ini raqib tomonning mag‘lubiyati, raqib tomonning yutug‘ini o‘z mag‘lubiyati, deb hisoblaydi.

Nizoning kelib chiqishiga bir qator nizo keltirib chiqaruvchilar (so‘zlar yoki harakatlar yoki harakatsizlik) sabab bo‘ladi. Ularning aksariyati ataylab yoki bexosdan etik normalarni buzilishiga olib keladi. Ularni quyidagi turlardan biriga qo‘shsa bo‘ladi:

  1. Ustuvorlikka intilish.

  2. Tajovuzkorlikning yuzaga kelishi.

  3. Egoizmning paydo bo‘lishi.

Ustuvorlikka erishish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi.

  • Buyruq, qo‘rqitish, tanbeh yoki boshqa salbiy baholar berish, tanqid, ayblash, ustidan kulish, masxaralash, haqoratlash ko‘rinishida ustuvorlikka erishish namoyon bo‘ladi.

  • “Xafa bo‘lmang”, “Tinchlaning”, “Nahotki siz buni tushun-maysiz?”, “Sizga tushunarli til bilan aytilgan-ku”, “Siz aqlli bo‘la turib, shunday ishni qilyapsizmi?” kabi yaxshi ma’nodagi so‘zlar bilan us-tuvorlik amalga oshiriladi.

  • maqtanish, ya’ni o‘zining bo‘lgan va bo‘lmagan yutuqlari haqida maqtanish maqtanchoq uchun o‘z o‘rnini bildirib qo‘yish istagini yuzaga keltiradi.

  • “Shunday deb hisoblayman”, ”Men ishonaman”, “Sen nohaq-san”, kabi gaplar ko‘rinishida o‘zidagi ortiqcha ishonchning namoyon bo‘lishi. Undan ko‘ra “Men o‘ylaymanki...”, “Mening fikrimcha”, “Men sening fikringga qo‘shila olmayman” kabi iboralarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  • o‘zining maslahatini, fikrini o‘tkazish. Maslahat beruvchi aslida ustuvor holatni egallaydi. Shunday qoida bor: sendan maslahat so‘rasa, maslahat ber. Sherikni xafa qilmaydigan muloqot taktikasini tanla. Sherikning gapini bo‘lish. Bunday holatda bir kishi doimo ikkinchi ki-shining gapini to‘g‘rilab boradi va bu bilan o‘zining bilimdonligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, o‘ziga quloq solish kerakligini bildiradi, shuning-dek, u baland ovozda gapiradi.

  • ma’lumotni yashirish. Ma’lumotning yo‘qligi hammani tashvish-lantiradi, mish-mishlar, turli xil gaplar ma’lumot bo‘shlig‘ini to‘ldiradi, ma’lumotlarga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi.

  • hazil qilish. Hazilning obyekti zarba berolmaydigan kishi bo‘la-di. Kulgiga qolgan shaxs xafa qilgan shaxs bilan hisob- kitob qilishga tushadi, ya’ni nizo boshlanadi.

  • nopok yo‘l bilan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan aldash yoki aldashga harakat qilish eng kuchli nizo chiqaruvchi hisoblanadi.

Agar nizo uzoq vaqt davomida avj olmasa, u yashirin shaklga o‘tadi. Yashirin nizolarning quyidagi turlari mavjud:

  • tashkilotning tashqi muhitga moslashishi pasayib ketadi;

  • nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi va tashkilot uchun doimiy xavfli holat yuzaga kelishi;

  • sust kechayotgan shakldagi yashirin nizoning oshkor bo‘lishi. Ular ko‘rinishdan bir-biri bilan bog‘lanmagandek tuyuladi;

  • noaniq sharoitlar portlash ehtimolini yuzaga keltirishi xavfi.




Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin