1 .So’z shakli tushunchasi o’zbek tilishunosligiga qachon kirib kelgan?
a)XIX asr oxiri b)XIX asrning 2- yarimida
c)XIX asr boshlari d) XX asr boshlari
2.Gap bo’lagi bo’lishga xoslanmagan birliklar qaysilar?
1)modal 2)son 3)ko’makchi 4)undov 5)so’z-gap 6)yuklama 7)bog’lovchi 8)taqlid
a) 1,4,5,8 b) 1,4,6,7,8 c)1,2,3,4,6,7,8 d) 1,4,5
3.O’zgarmas so’zning o’zgargan holati qaysi gapda?
a) Oh ,uraman, ohlarim tutgay seni
b)Yulduzlarim talash bo’ldi
c)Qarasam ,qaramaysan,qaramasam qaraysan
d)Xilatin to aylamish jonon qizil,sariq , yashil
4.So’zlarni semantik tasnifda necha guruhga ajratamiz?
a) 4 b) 5 c) 3 d)2
5.Munosabat fe’li ishtirok etgan gapni toping.
a) Qo’lidagi shishani yerga urib parchaladi
b)Meni e’zozlaganni men ham e’zozlayman
c)Yoshligimni eslasam ,beixtiyor quvonaman
d)Doskadagi yozuvni o’chirib tashlang
6. 1) –ar; 2) –aki; 3)-ga; 4) –la; 5) –il; 6) –ay.
Yuqoridagi qo’shimchalardan qaysilari qo’shilganda asosdan tovush tushib qoladi?
a) 1,2,4,5, b)1,2,4,5,6 c) 1,4,5,6 d) 1,3,4,5,6
7.Fe’lning tasniflovchi kategoriyasi qatnashgan gapni toping.
a)Aytar gapni ayt, aytmas gapdan qayt
b) ”Telba” ni o’qib chiqdim,Zo’z asar ekan
c) Sher poylab turgan o’ljasiga birdan tashlandi
d) Barcha javob to’g’ri
8. Gapingni tugat va tashqarida turgan yigitni kiritib, unga bog’imizni ko’rsat.
Gapda nechta nisbat qo’shimchasi qatnashgan ?
a) 2 b) 3 c) 1 d) nisbat qo’shimchasi yo’q
9. Qaysi fe’l mayllari “ edi” to’liqsiz fe’li bilan qo’llana oladi?
a) shart mayli b) buyruq –istak mayli c) maqsad mayli d) hammasi
10.Fe’l turkumidan otga ko’chgan so’z qatnashgan gapni toping.
a) O’lmas ammasinikiga tez-tez borib turadi
b) Aziz ajoyib qushcha sotib oldi
c) Siltama qilgandim ,aylanay, yeb ketasiz
d) Sevgi yorilmagan yaradek mavhum
11. ”Harakat tarzi” ni birinchi bo’lib o’rgangan?
a) Byotlink b) Giganov c) Fortunatov d) Gusev
12. Asosdan anglashilgan ish-harakat ,faoliyatda qatnashuvchi shaxs oti qatnashgan gapni toping.
a) Kashtachi , dutorchi b) hasharchi , obunachi
c) paxtakorchi , xabarchi d) ginachi , lofchi
13. Ijtimoiy tasniflovchi ot qatnshgan gapni toping .
a) Yo’q bo’lsa berolmaysan , boylarni ko’rolmaysan
b) Dehqon yerga Baraka urug’ini qadadi
c) Qishloqi dema , haqqing yoq kamsitgani
d) Ezmalik yaxshilikka eltmaydi
14. “Daraja kategoriyasi” ning qo’shimchasi qatnashmagan gap qaysi qatorda?
a) Ko’p o’ylab , kam gapirsang yaxshi bo’lar edi
b)Ko’rsatilgan xizmatlardan minnatdormiz
c) Qayrilmagan qanotlarimni qayirishdi
d) Gapni ham lag’mon kabi cho’zdi –da o’ziyam
15. O’zbek tilshunosligida nisbat qachondan boshlab o’rganilgan ?
a) 1970-yildan b) 1975-yildan c) 1980 – yildan d)XX asr boshidan
16. Olmoshga otning qaysi qo’shimchasini qo’shib bo’lmaydi ?
a) kichraytirish b) erkalash c) chegara d) egalik
17. O’zbek tiliga kirgan zamonaviy hisob so’zlar qatorini toping .
a) millimeter , gegabayt b) bit, bayt, dyum
c) gradus, metr , minut d) terabayt , kilometr, qadoq
18. Miqdor ma’nosini bildirish jihatidan betaraf olmosh qatnashgan gap qaysi?
a) Bizga ko’p narsa kerak emas , siz to’ying
b) Men seni sevardim ,o’zimdan ko’proq
c) Uning gaplarida jon bore di
d) Bu testdan hammangiz “5 “ olasizlar
19. Sen shu zavod ishchilarining eng birinchisi bo’lasan . Ushbu gap qaysi zamonda ?
a) o’tgan zamonda b) kelasi zamonda c) hozirgi zamonda d ) har uch zamonda
20. “ Uchun “ ko’makchisi “ evaz” ma’nosida kelgan gapni toping .
a) Do’stim uchun yangi kitob tanladim
b) Bir ig’vo uchun shunday deyishga qanday tiling bordi
c) E’tiboringiz uchun tashakkur
d) Ochdan o’lmaslik uchun ham ovqat yeyish kerak
21Quyidagi qaysi gapda nisbiy yuklama qatnashgan?
a) Qo’ysang-chi ,yolg’onni ham qiyvorarkansan.
b) Men uchun faqat onam benuqson !
c) Nima qilay axir bir gapga ko’nmasang
d) Ba’zan ,havo ham aynib ,rosa chang bo’ladi
22. So’z –gap ishtirok etgan qatorni toping.
a) Falakning dastidan dod
b) Assalomu alekum
c) Cho’lni o’zlashtirgan mardlarga ofarin
d) Barcha javoblar to’g’ri
23.Taqlidlar tuzulishiga ko’ra necha turga bo’linadi ?
a) 2 ga b) 3 ga c) 4 ga d) 1 ga
24.” Yashirin ma’noli so’z “ qatnashgan gapni toping .
a) Telefon uzoqni yaqin ,og’irni yengil qiladi
b) Ayol –mehri cheksiz zotdir
c) Menga qilsa yuz jafoki, bir qatra faryod aylamam
d)Nelardandir ko’ngil doim g’ash
25.Tabiiy holat bildiruvchi sifat qaysi qatorda qatnashgan .
a) Cho’loq odam tez choparmidi , bolam?
b) Kambag’al odam hayotga hamisha g’amgin qaraydi
c) O’rmonga o’t ketsa ho’l u – quruq bir xil yonadi
d) Osoyishta va saranjom uyga nima yetsin
26.A .G’ulomov ma’no ko’chishini qanday termin bilan ataydi?
a) konversiya b) transpozitsiya c) okkozional ko’chish d) leksikalizatsiya
27 .O’zbek tilidagi o’n ikkita turkumdan nechtasi o’zgarmas turkum?
a) 5 ta b) 6 c) 8 d) 7
28.Kesimlik kategoriyasini son va boshqa kesimlik vazifasiga unchalik moslashmagan so’zlarda yuzaga chiqaruvchi vosita bu …..
a) bog’lama b) yuklama c) kelishik d) egalik
29. Qaysi so’zlar bog’lama vazifasini bajarib kelganda sifatga kesimlik kategoryasini moslaydi ?
a) qil, et, bo’l b) sanaladi, hisoblanadi
c) edi, emish, ekan d) bunday so’z yo’q
30) Asosdan anglashilgan ish-harakatga mo’ljallangan joy oti qaysi qo’shimcha yordamida yasaladi?
a) –goh b) –xona c) –iston d) -loq
Dostları ilə paylaş: |