1. «Xalq pedagogikasi»



Yüklə 138,75 Kb.
səhifə1/3
tarix18.11.2023
ölçüsü138,75 Kb.
#132838
  1   2   3
8-mavzu

savollar
1.  «Xalq pedagogikasi»  fani buyicha berilgan mavzuga


reja asosida nazariy javob yozing. 
Xalqimizning milliy raqs san’ati haqida ma’lumot bering. 
O’zbek milliy raqs san`ati ham xalq hayotini ma`lum darajada aks ettiradi. O’ziga xos ma`noni anglatuvchi chiroyli mutanosib harakatlar tarbiyaning muhim vositalridan biri bo’lib kelgan. Bizgacha saqlanib kelgan, qarsaklar yoki milliy cholg`u asboblari ijrosidagi kuylar va qo’shiqlar jo’rligi ostida ijro etiladigan xalq raqslari yoshlarning badiiy tarbiyasida o’zgacha ahamiyat kasb etgan. O’zbek raqslarining farg`onacha, xorazmcha va buxorocha dastalari bir necha avlodlardan bizgacha etib kelgan va xalqimiz orasida keng tarqalgan.
O'sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi. O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari madaniyat va san'at taraqqiyotida o'ziga xos tarixiy voqea bo'ldi. Ayni qarorlar asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta'lim muassasasi shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “O'zbek milliy raqs san'atini targ'ib qilishga bag'ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari to'plamini yaratish” mavzusida tayyorlangan ilmiy-amaliy loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining olimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot lo­yihalari tanlovi g'olibi sifatida barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tib, moliyalashtirishga tavsiya etildi. Bugungi kunda loyiha ustida ilmiy izlanish­lar olib borilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi o'zbek raqs san'atining tarixi, tarixiy an'analari, nomlari va usullarini tiklash hamda boyitish, milliy raqs tarixini vatanimizning o'tmishi, jahonga mashhur allomalarimizning hayoti va ijodi bilan bog'liq holda o'rganishdir. Shuningdek, millatimizning o'zbekona fazilatlari, milliy qadriyatlari, boy ma'naviyatini aks ettiruvchi raqslari va sahna liboslari, bezak va taqinchoqlarini keng jamoatchilikka, xususan, xorijiy davlatlar va sayyohlarga namoyish qilish ham muhim o'rin tutadi. Milliy raqs san'ati sohasida maktab yaratgan ustozlarning ijodiy faoliyatini, raqs nomlarining ma'no-mazmunlarini, elementlari, ramz, harakat va ishoralarining mohiyatini o'rganish, o'zbek milliy raqsining tarixiy ildizlarini aniqlab, raqslar va atamalarning hududiy xaritasini va kartotekasini tuzish, uning jahon madaniyatida tutgan o'rnini mustahkamlash borasida ham e'tiborga molik ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Yo'qolib borayotgan noyob raqs namunalarini to'plash, ularning tarixi va tavsifining izohli lug'atini yaratish, respublikaning barcha viloyatlari va tumanlariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish esa loyihaning muhim yo'nalishlaridan birini tashkil qiladi. Audio va videomahsulotlar doirasida jonli interv`yular tayyorlash hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning o'zbek madaniyati, jumladan, o'zbek milliy raqs san'ati an'analarini saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida ular bilan madaniy hamkorlikni kuchaytirish ham asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi. 
Mamlakatimizda milliy va umumbashariy ahamiyatga molik milliy raqs san'atini yanada yuksak mavqega ko'tarishga xizmat qiladigan, tarixiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy raqsimiz millat tarixini, ruhiyati, orzu-umidlari va armonlarini aks ettiradigan san'at namunasi hisoblanadi. Uning tarixini o'rganish xalqning urf-odatlari, an'analarini, buguni va kelajagini o'rganish, tadqiq qilish demakdir. Akademiya ilmiy jamoasi sa'y-harakati milliy raqs millatning o'zligini, qadim orzu-umidlarini aks ettirishini yoshlarga tushuntirish milliy raqslarimizni bebaho madaniy merosimiz, mamlakatimizning tashrif qog'ozlaridan biri sifatida asrab-avaylashga qaratilgan. SHuningdek, o'zbek raqs san'atini targ'ib qilishga, iste'dodli talabalarning xorijdagi nufuzli oliy dargohlarda tahsil olishlariga, bu borada xalqaro aloqalarni kuchaytirishga alohida e'tibor berilmoqda. Ayni kunlarda O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ­Moskva davlat lingvistika universiteti bilan o'zaro hamkorlik haqida shartnoma tayyorlanmoqda. Zero, milliy raqs san'atining madaniy hayotimizdagi o'rnini belgilash, uning yo'qolib borayotgan turlarini tiklash va noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida tanitish va targ'ib qilish eng ustuvor vazifalardan biridir.



Yüklə 138,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin