2- mavzu: lug‘at tuzish tamoyillari lug‘at turlari reja



Yüklə 401,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.06.2022
ölçüsü401,37 Kb.
#117085
  1   2
2- Maruza matni
1. Pedagogika tarixi fani nimani o’rgatadi , 2 5276306201456416275


2MAVZU: LUG‘AT TUZISH TAMOYILLARI. LUG‘AT TURLARI 
REJA: 
1.Lug‘at tuzish tamoyillari. 
2. Didaktik tamoyil. 
3. Tanlab-saralab olish tamoyili. 
4. Lug‘at turlari. 
Tayanch so‘z va iboralar: lug‘at tuzish tamoyillari, didaktik tamoyil, 
lingvodidaktik tamoyil, qomusiy lug‘at, filologik lug‘at, tanlab-saralab olish 
tamoyili.  
Har bir lug‘at amaliy xarakterga ega. Bu leksikografiyaning nazariy 
asosini belgilashda muhim. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini, ehtiyojini 
qondirish maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-qoidalari, ularni 
tuzish tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni maqsadning to‘g‘ri 
belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini belgilash, turlarning 
o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini belgilash, u yoki bu 
shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim bo‘ladi.
Leksikografiya (lug‘at tuzish nazariyasi va amaliyoti) eramizdan oldingi 
davrlarda paydo bo‘lgan va boshlanishidanoq, ta’lim-tarbiya sohasi uchun xizmat 
qilgan ekan, yaratiladigan har bir lug‘atning asosini: 1) didaktik tamoyil belgilaydi. 
Lug‘at tuzishda didaktik tamoyilni chetlab o‘tish mumkin emas. Lug‘atlar tildagi 
so‘zlarni o‘qitish-o‘rgatish, boshqa tillarga oid so‘zlar haqida, birliklar haqida 
ma’lumotlar berar ekan, demak, 2) lingvodidaktik tamoyil muhim. Lug‘at 
tuzishning asosiy tamoyillaridan biri maqsaddan kelib chiqqan holda lug‘at 
birliklarini 3) tanlash-saralab olish tamoyili. M.Koshg‘ariy o‘z lug‘ati (“Devon”) 
uchun “umumiste’molda bo‘lgan so‘zlarni tanladim” deydi. Shu tamoyilga 
aloqador bo‘lgan yana bir tamoyil, bu maqsadga muvofiq tuziladigan, lug‘atdan 
kelib chiqadigan 4) ehtiyojni qondirishga muvofiqlikni ta’minlash tamoyili. “X va 
H harflari tarkibida bo‘lgan so‘zlar lug‘ati”, “Paronimlar lug‘ati” kabilar. 
Leksikografiyadagi eng muhim va universal tamoyillardan biri – 5) lug‘atdan 
foydalanishning osonligi-qulayligini ta’minlash. Hamma lug‘atlar tuzilishi, 


mundarijasi kabilardan qat’i nazar, ana shu tamoyilga amal qilingan holda tuziladi: 
alifbo asosida tuzilganlik, mavzuiy guruhlarga ajratish, ters, morfem, terminologik 
va boshqa lug‘atlar shu tamoyil asosida yaratiladi. 6) Berilgan materialning 
aniqligi, to‘g‘riligi va to‘liqligini ta’minlash tamoyili (imlo, orfoepik, sinonim, 
omonim, antonim, frazema, paremalar lug‘atlari shu tamoyilni ham nazarda tutib 
tuziladi. Masalan, imlo lug‘ati so‘zni to‘g‘ri yozishni ta’minlashni nazarda tutib 
tuzilgan. 7) til va nutq me’yorlariga amal qilish tamoyili. Umumiy va xususiy 
me’yorlarni nazarda tutuvchi lug‘atlar: dialektal, eskirgan so‘zlar, okkazional 
birliklar lug‘atlari kabilar. 8) o‘quv lug‘atlarida alohida ahamiyat kasb etuvchi 
ta’limiy tamoyil. Bu tamoyil o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, til 
bo‘yicha ko‘nikmalarini hosil qilishda ahamiyatli. 9) o‘quv lug‘atida, alohida 
ahamiyat beriladigan tarbiyaviy tamoyil muhim. Bunday lug‘atda ma’naviy-
axloqiy, estetik tarbiya kabilar ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Leksikografiya tamoyillari lug‘atlarning turlariga mos ravishda o‘zgarishi 
mumkin. Qaysi tamoyilning tayanch vazifasini bajarishi lug‘atning maqsad va 
ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, “O‘zbek tilining orfoepik 
lug‘ati” o‘zbek tilidagi lug‘aviy birliklarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini 
ta’minlashni nazarda tutilib tuziladi, ya’ni so‘zni oson – qulay talaffuz qilishni 
ta’minlash tamoyiliga amal qilish muhim. SHu kabi lingvistik (filologik) yoki 
ensiklopedik (qomusiy) lug‘at yaratishning o‘ziga xos umumiy va xususiy tamoyili 
bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ichki jihatdan olib belgilasak, lingvistik 
lug‘atlarning izohli hamda tarjima turlarida umumiy tamoyillardan tashqari 
(foydalanishga qulaylik tamoyili), so‘z ma’nolarini to‘la yoki qisman izohlash kabi 
o‘ziga xos xususiy tamoyillar katta ahamiyat kasb etishi ham mumkin.
Lug‘atlarda maqolalarning joylashtirilishi har bir lug‘atda ko‘zda tutilgan 
maqsaddan, qaysi tamoyilga asoslanganlikdan, lug‘at turi, xarakteri, hajmi kabi 
jihatlarni hisobga olgan holda tartiblashtiriladi. Masalan, omonimlar lug‘atida, 
avvalo, tayanch so‘z beriladi: OT 1 – “ism” ma’nosida; OT 2 – “hayvon” 
ma’nosida; OT 3 – “ish-harakat” ma’nosida. Yoki sinonimlar lug‘atida betaraf – 
dominant so‘z asos sifatida joylashtirilib, uning ma’nodoshlari navbat bilan 


joylashtiriladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bosh ma’nodagi so‘z berilib, 
uning ko‘chma ma’nolari navbat bilan keltiriladi. Tarjima lug‘atlarida belgilangan 
til so‘zlari berilib, o‘zga til birligi keyin joylashtiriladi. Etimologik lug‘atda tahlil 
uchun tanlangan so‘z berilib, uning kelib chiqishini belgilovchi, izohlovchi so‘zlar 
navbati bilan keltiriladi. Tarkibida “X va H harflari ishtirok etgan so‘zlar 
lug‘ati”da avval bosh harflari X yoki H bilan kelgan so‘zlar tanlanib, “X” harfi 
qatnashgan so‘zlar oldin, “H” harfi qatnashgan so‘zlar keyin joylashtiriladi. 
Demak, lug‘at maqolalarini joylashtirish tartibi maqsad va ehtiyojdan kelib 
chiqqan holda belgilangan lug‘at turlarining xarakteriga qarab, shuningdek, lug‘at 
materialini o‘zlashtirishning oson bo‘lishini, foydalanishning qiyinligi va 
samaradorligi ko‘zda tutib belgilanadi. Yana boshqacha tarzda tartib belgilash ham 
mumkin.
Leksikografiya (lug‘atchilik) tarixiga nazar tashlansa, har bir lug‘atning 
amaliy xarakterga ega ekanligi kuzatiladi. Bu leksikografiyaning nazariy asosini 
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini, 
ehtiyojini qondirish maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-
qoidalari, ularni tuzish tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni, 
maqsadning to‘g‘ri belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini 
belgilash, turlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini 
belgilash, u yoki bu shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim 
bo‘ladi.
Leksikografiya tamoyillari lug‘atlarning turlariga mos ravishda o‘zgarishi 
mumkin. Qaysi tamoyilning tayanch tamoyil vazifasini bajarishi lug‘atning maqsad 
va ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, “O‘zbek tilining 
orfoepik lug‘ati” o‘zbek tilidagi lug‘aviy birliklarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini 
ta’minlashni nazarda tutilib tuziladi, ya’ni so‘zni oson – qulay talaffuz qilishni 
ta’minlash tamoyiliga amal qilish muhimdir. Xuddi shu kabi lingvistik (filologik) 
yoki ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlarni yaratishning o‘ziga xos umumiy va 
xususiy tamoyillari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ichki jihatdan olib belgilasak, 
lingvistik lug‘atlarning izohli lug‘atlar turlarida hamda tarjima lug‘atlar turlarida 


umumiy tamoyillardan tashqari (foydalanishga qulaylik tamoyili), so‘z ma’nolarini 
to‘la yoki qisman izohlash kabi o‘ziga xos xususiy tamoyillar mahim ahamiyat 
kasb etishi ham mumkin.
Lug‘atlarning 
yaratilishi 
uzoq 
tarixga 
borib 
taqaladi. 
Turkiy 
leksikografiyada dastlabgi lug‘atlar XI-XII asrlarda yaratilgan bo‘lsa, Evropada, 
xususan, Rossiyada lug‘at tuzish ishlari XVII asrlardan boshlangan.
Lug‘atlar izohlash materiali, xarakteri va tuzilishiga, mohiyat-mazmuniga 
ko‘ra, avvalo, ikki turga ajratiladi: ensiklopedik lug‘atlar (qomusiy lug‘atlar) va 
filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Ensiklopedik lug‘atlarda til birliklari emas, balki so‘z va birikmalar bilan 
ifodalangan narsalar, tarixiy voqealar, tarixiy va alohida mavqega ega bo‘lgan 
shakllar, ijtimoiy va tabiiy hodisalar, geografik nomlar (mamlakatlar, shaharlar, 
okeanlar, dengizdan va hokazolar) haqida ma’lumot beriladi. Ularda so‘zlarning 
ma’nolari, uslubiy va grammatik xususiyatlari izohlanmaydi. Ensiklopedik 
lug‘atlarda faqat ot turkumiga mansub birlik – atoqli ot ifodalagan tushunchaga 
izoh beriladi. Ya’ni so‘zga hodisa ifodachisi sifatida ta’rif-tavsif beriladi. Ularda 
tushunchlar: mamalakatlar, shaharlar, ayrim shaxslar, narsa, hodisa-voqealar 
haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bu lug‘atlar sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi 
tarixida qomus deb yuritiladi. “O‘zbek sovet ensiklopediyasi”, “Tibbiyot 
ensiklopediyasi”, “Diniy ensiklopediya” kabi lug‘atlar shu tipga kiradi.
Lingvistik lug‘atning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan so‘zlar, 
frazemalar, paremalar – ya’ni til birliklarining ma’nolarini, turli lisoniy 
xususiyatlarini ochib berish.
Har ikki turdagi lug‘atlarning umumiy jihatlari shundaki, ular ma’lum 
tartibda (alifbo tartibida) tuzilgan so‘zlikka, materialga ega bo‘ladi. Shuningdek, 
har ikki tip lug‘at ham hajm jihatdan katta, o‘rtacha va kichik lug‘at 
ko‘rinishlarida, umumiy va xususiy lug‘at shaklida bo‘lishi mumkin. Shunga 
qaramay, ular bir-biridan tubdan farq qiladi: lingvistik lug‘atning ob’ekti lug‘aviy 
birlik ko‘rinishidagi materilani qamrab olib, so‘z, uning ma’nosi, grammatik, 
uslubiy va boshqa xususiyatlari, so‘zdan katta birlik (frazema, parema, grammatik 


ko‘rsatkich (grammatik ma’lumot), toponim birliklar kabilar haqida ma’lumot 
beradi. Shunga ko‘ra, lingvistik lug‘atning so‘zligi barcha so‘z turkumiga aloqador 
birliklardan tashkil topadi.
Har ikki lug‘at tipi turli jihatiga ko‘ra, yana ichki guruhlarga ajratiladi. 
Jumladan, lingvistik lug‘at turli maqsadda tuzilganligiga ko‘ra alohida turlarga 
ajratiladi.
1) umumiy lug‘at; 2) xususiy (maxsus) lug‘at.

Yüklə 401,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə