2. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix11.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqboljon-Hamkorbank







Mundarija 
Kirish………………………………………………………………………........3 
1. O`zbekiston 
Respublikasi 
aksiyadorlik 
tijorat 
Hamkorbank 
haqida 
ma’lumot………………………………………………………………………..5 
2. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani
filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar……………….10 
3. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani
filiali bo`limlari faoliyatida foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya 
tizimlari va texnologiyalari……………………………………………………15 
4. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani
filialining so`nggi yillardagi iqtisodiy-moliyaviy ko`rsatkichlari tahlili………24 
Xulosa…………………………………………………………………………30 
Ilovalar………………………………………………………………………...32 



Kirish 
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki 
banklar xo`jalik sub`ektlarini kredit mablag`lari bilan ta`minlab, ijtimoiy sarmoyani 
qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida 
umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Bizga ma`lumki, banklar, asosan, jamiyatdagi bo`sh pul mablag`larini 
jamlaydilar va bu pullarni iqtisodiyotning eng samarali sohalariga joylashtiradilar. 
Shunday ekan, hozirgi sharoitda banklar mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomirlari 
– Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda “lokomotivi” hisoblanadi. 
Bu borada, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o`z ma’ruzasida bank 
tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish 
ham dolzarb masala bo`lib qolayotganini ta’kidlab, quyidagilarga to`xtaldi: 
“Banklarning bosh vazifasi – bundan keyin o`z ish uslublarini o`zgartirib, 
fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy 
ko`makdosh bo`lishga erishishdan iborat. Shu bois davlat banklari oldiga bir qator 
vazifalar qo`yilmoqda. Banklar har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali 
fuqaqolarning tadbirkorlik bilan shug`ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi 
kerak”. Shu maqsadda tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari, o`z 
imkoniyatlaridan kelib chiqib tadbirkorlarga moliyaviy ko`mak va madad berishni 
zimmasiga oladi. 2020-yil 17-dekabr kuni Sh Mirziyoyev O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisida ishtirok etib, 
ta’kidladilarki: “Banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o`rgatishi va 
shunga yetaklashi lozim bo`ladi”.
1
Malakaviy amaliyotning asoiy maqsadi yuqorida 
ta’kidlanganidek biz talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarimizni amaliyot bilan 
bog`lash, bank tizimidagi o`zgarishlarni inobatga olib, Prezident Farmonlari va 
1
2020-yil 17-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma majlisida. 



Vazirlar Mahkamasi Qarorlarini chuqur o`rgangan holda O`zbekistonda bank ishining 
rivojlanishiga o`z hissamizni qo`shishidir. 
Malakaviy amaliyotning ilk kuni bank boshqaruvchisi va bankning boshqa 
rahbarlari hamda bank tarkibi bilan tanishuvdan boshlandi. Bank bsohqaruvchisi biz 
talabalarga biz talabalarga bankning ichki intizomi, uning bo`limlarining ish faoliyati 
va jamoat ishlari bo`yicha qisqacha ma’lumot berdi.Shu bilan birga biz amaliyot 
davomida qisqa va uzoq muddatli kreditlash, hisob kitoblarni tashkil qilish va amalga 
oshirish, marketing izlanishlar hamda bankning boshqa sohalarida talabalarning 
mustaqil faoliyat ko`rsata olish qobillyatimizni shakllantirdik.Bundan tashqari, biz 
malakaviy amaliyot o`tash davrida bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida 
muntazam ishtirok etdik. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin