Chust tumani MTBga qarashli 9-DMTTda 2021-2022 o’quv yilining sarhisobi va 2022-2023 o’quv yilini samarali tashkil etish bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish BAYONNOMASI TAKLIF ETILDI: Og`asaroy MFY raisi 28-maktab direktori I.Ergashev QATNASHDI: 9-DMTT direktori M.Nabiyeva Uslubchi G.Umirzoqova 9-DMTT jamoasi KUN TARTIBI 1.90-sonli DMTTda 2021-2022-o’quv yilida olib borilgan ishlar sarhisobi. 2.90-sonli DMTTda 2022-2023 o’quv yilida olib borilishi lozim bo’lgan masalalar chora-tadbirini ko’rib chiqish. 3.Yil davomida fidoiy hizmat qilgan DMTT hodimlarini taqdirlash. ESHITILDI Kun tartibining birinchi masalasi yuzasidan 9-DMTT direktori M.Nabiyeva so’zga chiqib,muhtaram prizidentimiz Shavkat Miromonovichning «Maktabgacha talim- ertangi kunimizga zamin.Kelajak-bog’chadan boshlanadi.Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan,yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib,dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi,baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishimiz darkor» degan edilar.Davlat rahbarining bu so’zlari biz sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarga g’urur bilan birgalikda kata ma’suliyat yuklashini aytib o’tdi.Soha o’ta mashaqqatli bo’lishiga qaramay sharafli ekanligi aytib o’tildi.DMTTda 2021-2022 o’quv yilida kata o’zgarishlar bo’lganligi, DMTTning bola qamrovi oshganligi sababli Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti Bo’limi tomonidan yana bir gurux qo’shib berilishi,2019-2021 o’quv yillarida aniqlangan qarzdorliklarning to’lanishi va 2022 yilning yanvar oyidan boshlab davlatga to’lanadigan badal puli har oyda 12 mln dan oshirilganligi aytib o’tildi. 2021-2022 o’quv yilida DMTTning salohiyatli kadrlar bilan taminlash bo’yicha ham kata ishlar bo’lgani aytib o’tildi. DMTT rahbari tashabbusi bilan DMTT ga ertak qaxramonlari tashkillandi. DMTT direktori M.Nabiyeva xo’jalik mudiri X.Doliyev tashabbusi bilan DMTT kirish qismiga mo’jazgina so’ritok tashkillandi. DMTT hovlilari tekislanib sement qilindi. Ushbu amalga oshirilgan barcha ishlar zamirida DMTT rivojini ta’minlash,yosh avlodga sifatli ta’lim berish yotadi.
Kunning ikkinchi masalasi yuzasidan 9-sonli DMTTda 2022-2023 o’quv yilida olib borilishi lozim bo’lgan masalalar chora-tadbirini ko’rib chiqish bo’yicha DMTT psixolog D.Mirzamatova so’zga chiqdi. Respublikamizda bo’layotgan o’zgarishlar qatorida barcha hujjatlar adliya tomonidan ko’rib chiqilib tasdiqlansagina amalga qo’llanishi tushuntirildi.Shu munosabat bilan yil boshidan yillik mexnat tatilini yil boshidan aniqlab ta’tillar jadvalini adliya tomonidan tasdiqlatish lozimligi tushuntirib o’tildi.Yangi o’quv yiliga DMTT da nomutahassis tarbiyachining o’zi yo’qligi munosabat bilan yangi o’quv yiliga puxta tayyorgarlik ko’rish,barcha tarbiyachi o’zining didaktik materiallar va sohaga oid adabiyotlar va hujjatlar bazasini ko’rib chiqishi,yangi o’quv yiliga innavatsion ta’lim shakli bilan kirib borish lozimligi tushuntirildi.
Kun tartibining uchinchi masalasi yuzasidan DMTT hamshirasi S.Ergasheva tomonidan DMTTda ishlab kelayotgan hodimlar taqdirlandi. Uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan M.hakimova. D.Abdunazarova. X.Umarova. M.To`ychiyeva, S.Mirxonova va N.Abduvaliyeva o’z mahoratini ishga solib barcha tadbirlar kiyimlarini tikib beruvchi yordamchi tarbiyachi K.Mirxonova, Sh.Abdunazarova. S.Turg`unova faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.