Amerika Qo`shma Shtatlari
Reja:
Amerika Qo`shma Shtatlari
AQSH qishloq xo`jaligi
Braziliya Federativ Respublikasi.
AQSH maydoniga ko`ra dunyoda 4- o`rinda turadi (9529 mln km2). U tarkibiga ko`ra 3 qismdan iborat: AQSH ning asosiy qisim, Alyaska, Gavayi orollari. Iqtisodiy geografik o`rni juda qulay. 12 ming km masofada 2 okean orasida joylashganligi, Kanada va Meksika bilan chegaradoshligi va h.k. AQSH ning Karib havzasi (Puerto-Riko, Virgin orollar) va Tinch okeanida (Sharqiy Samoa, Guam) bir qator orollar va vosiylikdagi territoriyalaridan: Marshal, Mikroneziya, Palau kabilar 1990-95 yillari mustaqil davlatlarga aylandi, lekin Mariana orollari hamon vosiy. AQSH ning chekka janubiy subekvatorial, asosiy qismi subtropik, shimoliy qismi mo`tadil iqlim mintaqasida joylashgan. AQSH da barcha foydali qazilmalar uchraydi, ayniqsa toshko`mir, neft, gaz, uran, alyuminiy, mis, oltin va h.k.
Aholisi 266 mln (1998 y), 291,5 mln kishi (2003 y) bo`lib, aholi soniga ko`ra dunyoda 3- o`rinda turadi. Tug`ilish koeffisienti 14 ‰, o`lim 9‰ . 15 yoshgacha bo`lganlar jami aholining 21 % ini, 64 yoshdan o`tganlar 13 % ini tashkil etadi. O`rtacha umr 74-80 yosh. 1 ayolga 2 bola to`g`ri keladi. YAMD 34280 $ (2001y).AQSH aholisini asosan Yevropadan ko`chib kelganlar, Afrikadan qul qilib olib kelingan negrlar tashkil etar edi. Hozirda aholisining 95 % ini AQSH da tug`ilganlar tashkil etadi. Hozirda negr aholi 29,2 mln kishini (12%) ispan tilida so`zlashuvchi amerikaliklar 17 mln, indeyeslar esa 1,4 mln kishini tashkil etadi. Davlat tili ingliz tili.
Ma`lumki, XVI asrda SHimoliy Amerika Ispaniya, Angliya, Fransiya mustamlakasi edi. XVII asrning 1- yarmida negrlar keltirilgan. AQSH – rasmiy jihatidan 1776-yil Angliyaning 13 mustamlakasini birlashishidan tashkil topgan. AQSH da 50 ta shtat va 1ta federal okrug (Kolumbiya) dan tashkil topdi. Aholisining o`rtacha zichligi 1 km2 ga 30 kishi. AQSH uchun shahar aglomerasiyalari xos xususiyat bo`lib, hozirda AQSH da 7 ta millioner shahar va 40 ta millioner aglomerasiyalar mavjud. Ularda AQSH aholisining yarmi yashaydi. AQSH uchun megopolislar xosdir. Davlat tuzumiga ko`ra – AQSH federativ respublika. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1990 – yillargacha AQSH dunyoda militarizmning markazlaridan biri bo`lgan va bir qator harbiy-siyosiy bloklarga bosh bo`lgan. Masalan, NATO, SEATO, ANZYUS, SENTO.
AQSH da qonun chiqaruvchi organ – AQSH kongresi, kongres vakillar palatasi va senatdan iborat. Siyosiy partiyalari:
Respublikachilar partiyasi.
Demokratik partiya.
Kommunistik partiya.
AQSH XIX asrning oxiridayoq sanoat mahsulotining hajmi bo`yicha Buyuk Britaniyadan o`zib ketib dunyoda birinchi o`ringa chiqib oldi va hamon birinchi o`rinda. AQSH sanoatning deyarli barcha sohalari bo`yicha dunyoda etakchi, ayniqsa aviaraketa – kosmos, hisoblash texnikasi, harbiy, AES lar quvvati va h.k.
AQSH sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish va xududiy konsenrasiyasi (to`planganligi) bilan ajralib turadi. Masalan, Michigan (avto), Kaliforniya (kosmos), Texas (kimyo), Arizona (makka) va h.k. AQSH da barcha sanoat tarmoqlari mavjud, lekin AQSH sanoatini avvalo avtomobilsozlik, aviaraketa-kosmos, elektrotexnika va neft sanoati belgilaydi.
AQSH qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning hajmiga ko`ra dunyoda etakchi. Masalan: g`alla yalpi hosilining 1/3 qismi, g`alla eksportining yarmiga yaqini AQSH ga to`g`ri keladi.
AQSH barcha transport turlarining rivojlanganlik darajasiga ko`ra ham jahonda etakchi. Uning xarakterli hususiyatlari – transportning barcha turlarini rivojlanganligi, yuk va yo`lovchi tashish hajmining kattaligi, yuklarning uzoq masofaga tashilishi, avtotranspotning alohida mavqega ega ekanligi. Masalan: 90-yillarda mamlakatda avtomobillar avtoparklarda 200 mln ga etdi. AQSH xo`jaligining xozirgi geografik qiyofasi uchun iqtisodining asosan okean bo`yi va ko`lbo`yida to`planganligi xosdir. Misol: uch megopolis mamlakat jami sanoat mahsulotining 60 % ini beradi. Mamlakat xo`jaligining rivojlanishiga tabiiy resurslar xam katta ta`sir etadi. Misol: rivojlangan davlatlar orasida AQSH ko`mir, neft, tabiiy gaz, uran, temir, marganes, oltingugurt, fosforit va gidroenergiya zapaslari jihatidan 1- o`rinda.
AQSH dehqonchiligida asosiy donli ekinlar 1- navbatda bug`doy ekiladi. Bug`doy jami ekin maydonining 2/3 qismiga ekiladi. Bundan tashqari makkajo`xori, oqjo`xori, soya, qand lavlagi, shakar qamish, sabzavot va mevalar muhim o`rin tutadi. AQSH chorvachiligidagi etakchi yo`nalishlar: sut-go`sht uchun qoramol, cho`chqachilik, parrandachilik (broyler) keng tarqalgan. 1994-yil AQSH da 101 mln qoramol (3-o`rin), 54 mln cho`chqa, 10,4 mln qo`y bor edi. AQSH qishloq xo`jaligida yiliga 300 mln t. dan ortiq boshoqli va dukkakli don (1986-yil 31,7 mln t) etishtiriladi. Shu jumladan 1986 –yil 56,8 mln t. bug`doy (O`zbekistonda yiliga 4,5-5 mln t.) 3,7 mln t. paxta tolasi etishtirilgan. (O`zbekistonda don mustaqilligini ta`minlash uchun 6 mln t.bug`doy kerak).
AQSH da transport tarmoqlarining asosini kenglik va meridional yo`nalishdagi transkontinental magistrallar tashkil etadi. Temir yo`llarining umumiy uzunligi 245 000 km, avtoyo`llar esa 5 mln km.
AQSHda tashiladigan jami yukning 18,2 % i dengiz transportida, 25,4 % i avtomobil transportida, 30,3 % i temir yo`l transportida, 16,5 % i quvur transportida, 9,3 % i ichki suv transportida, 0,3 % i havo transportida tashiladi.
AQSHda tashiladigan jami yo`lovchining 88,2 % i avtomobil transportida, 0,3 % i temir yo`l transportida, 11,3% i havo transportida, 0,2 % i boshqa transport turlarida tashiladi.
AQSH 1990 yil yiliga 365 mln t neft (dunyoda 2-o`rinda) qazib olgan bo`lsa, 400 mln t. chetdan sotib oldi (sotib olish bo`yicha dunyoda 2- o`rinda Yaponiya 160 mln t.). 90-yillari AQSH 500 mln m3 qazib olgan (dunyoda 2-o`rinda) lekin sotib olishda 1- o`rinda. 860 mln t. ko`mir qazib olgan (dunyoda 2-o`rinda) va chetga sotgan. 55 mln t. temir qazib olgan va chetdan sotib olish hisobiga 98 mln t. (2001 y) po`lat eritgan (2-o`rinda).
Asosiy eksporti: “kapital”, mashina va jihozlar, g`alla, ko`mir, sanoat mahsulotlari, to`qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat, qurol-yaroq, qishloq xo`jaligi texnikalari, samolyotlar (Boing), kemalar, sholi, paxta tolasi, tamaki.
Asosiy importi : neft, tabiiy gaz, temir, shakarqamish, tabiiy kauchuk.
Dostları ilə paylaş: |