Anatatsiya. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tushunishi murakkabroq bo’lgan shu o’rinda hayotimiz uchun muhim sanaladigan tushuncha



Yüklə 112,72 Kb.
səhifə1/3
tarix13.07.2022
ölçüsü112,72 Kb.
#117395
  1   2   3
4275-Текст статьи-10423-1-10-20211206
Davronbekovna (2) Oto\'m 194, DALOLATNOMA, JARAYONLARI. TAFFAKURNING MANTIQIY SHAKLLARI.INTELEKT

Boshlang’ich sinflarga vaqt, yil, oy, hafta, kun, soat, minut, sekunt tushunchalarini o’rgatish.
Sayfiyeva Nargiza-JDPI Boshlang’ich ta’lim fakulteti 303-guruh talabasi
Esmirzayev Gulom-JDPI o’qituvchi

Anatatsiya. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tushunishi murakkabroq bo’lgan shu o’rinda hayotimiz uchun muhim sanaladigan tushuncha. Ushbu maqola, boshlang’ich sinf o’qituvchilarning o’quvchilarga vaqt mavzusini tushunarli va samarali o’tishi uchun qanday metod va usullardan foydalanish kerakligi haqidagi yo’llanma.


Kalit so’zlar: Vaqt, asr, yil, oy, fasl, hafta, kun, soat, minut, sekunt
Boshlang’ich sinflarda vaqt tushunchasi va birliklari o’quvchi yoshiga qarab o’rgatiladi. 1-sif darsligida: Vaqt tasavvurlari, Hafta. Hafta kunlari va sanog`i kabi mavzular o`tiladi. Bu mavzularni o`tish jarayonida o`quvchilar kun tartibini tuzish vaqtni to`g`ri taqsimlay olishni o`rganadi. Hafta hafta kunlari va sanog`i mavzusida o`quvchilar hafta kunlar, bir hafta necha kundan iboratligi, dushanbadan keyin seshanba kelishi, qaysi haftaning kunida maktabga yoki qo`shimcha to`garakka kelishini o`rgamadi. 1-sinfga bu mavzuarni o`tishda “Savol javob” metodidan foydalangan bo`lar edim. Misol uchun :
--Sizning bir kunlik kun tartibingizni qanday tuzasiz?
--Tuzgan kun tartibingizda nimalarga ulgurolmay qolasiz?
--Dushanba va yakshanba hafta kunlarida tuzgan kun tartibingiz nimalari bilan bir-biridan farq qiladi?
1 h (soat) =60 min (minut), 1 min (minut) =60 s (sekund)
1 d (sutka) = 24 h (soat)

Tug`ilgan kun oy yilingizni ayting ? Hozir yoshingiz nechida? Ya’ni tug`ilganingizga necha yil o`tgan? Savolga o`quvchilarning har birining javobini eshitib hatolarini to`g`irlayman.




Yil – Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishiga ketgan vaqt. 1 yil 12 oydan iborat. 1oy 31 yoki 30 sutka. Fevral oyi 28 yoki 29 sutka. 1 yil 365 yoki 366 sutka.

O`quvchilarga oqshomgi soat 1 va kunduzgi soat 13 ni tushuntirishda:


1 kun 24 soatga teng ekanligidan foydalanamiz. Yangi kunimiz oqshom 00:00 dan keyin kirib keladi va soat mili 1 soat yurgach soat 1:00 bo’ladi. Shu tariqa 12 soat vaqt o`tdi soatimiz 12 raqamda ifodalangan 12 soat o`tgach yana 1 soatdan keyin soat mili yana 1 raqamiga boradi ammo endi buni 1:00 demaymiz 13:00 deymiz chunki, bir kunimiz 12 soatdan emas 24 soatdan iborat. Qolgan soat mili ham shunday oqshomgi 2:00 kunduzgi sotda 14:00 bo`ladi deb tushuntiramiz.

Tushuntirishimizning yana bir usuli: Soatni doskaga chizamiz yoki ko`rgazmali qurol, plakat yordamida tushuntiramiz. Rasmimizda soatdagi 1 sonining yonida 13, 2 soninig oldida 14, 3 sonining oldida 15, 4 sonining oldida 16 5 sonining oldida 17, 6 soninig oldida 18, 7 sonining oldida 19, 8 sonining oldida 20, 9 sonining oldida 21, 10 sonining oldida 22, 11 sonining oldida 23, 12 sonining oldida 00 yozamiz. Tushuntirib bo`lib ilib qo`yamiz ko`z xotirasi orqali o`quvchilar yodida saqlab qoladi.






Yüklə 112,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə