Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/4
tarix01.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#120259
  1   2   3   4
7-sinf-informatika


1-Mavzu: AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA


Darsning maqsadi:
1) ta’limiy: O`quvchilarga axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish
DTS: Axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida tushunchaga ega bo`lish
Kompetensiya:

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2 TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter,
Darsning borishi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash

15 minut

3

Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish

25 minut

5

Uyga vazifa va topshiriqlar

3 minut



I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
6-sinda o`tilganlarni takrorlash.


III. Yangi mavzu bayoni:
«Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborotdeb tushuniladi. IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich – aqliy bilishva hissiy bi lishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi elementhisoblanadi. Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo‘lib, unga ko‘ra, odam ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar «tashqi talablar» bo‘lib, ular bevosita tashqi ta’sir
natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri orqali sezgi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi. Forobiy «Ilm va san’atning
fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bi lishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatgaqarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
AXBOROTdeganda biz barcha sezgi a’zolari miz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz.


III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baxolash:
1. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan?
2. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering.
3. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahlil qilib be ring.
4. Axborot tushunchasini tahlil etib bering.
5. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida
so‘zlab bering.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin