Bolalikning hamrohi – o’yin. Annotatsiya



Yüklə 19,71 Kb.
tarix16.08.2022
ölçüsü19,71 Kb.
#117560
o\'yin


Bolalikning hamrohi – o’yin.
Annotatsiya.Ushbu maqolada o’yinning psixo-fiziologik xususiyatlari,bolalar hayotida tutgan o’rni,shaxs shakllanishining asosiy usuli sifatida yoritilgan.O’yinning olimlar tomonidan berilgan ta’riflari berilgan.
Аннотация.В данной статье освещаются психофизиологические особенности игры,ее роль в жизни детей,как основного способа формирования личности. Даны определения игры, данные учеными.
Annotation.This article highlights the psychophysiological features of the game, its role in the life of children as the main way of personality formation. The definitions of the game given by scientists are given.
Kalit so’zlar:O’yin,ilk yosh,markaz,o’yin xususiyati,yetakchi faoliyat,o’yin turlari.
Ключевые слова: Игра,первый возраст,центр,характеристика игры,ведущая деятельность,виды игр.
Keywords: Game,first age,center,characteristics of the game,leading activity,types of games.
Maktabgacha ta’lim ta’lim ilm zinapoyasining birinchi boshlang’ich qismi hisoblanadi.U bolaning sog’lom bo’lib o’sishi va jamiyatda shaxs bo’lib shaklanishida yordamchi omil hisoblanadi.Shu sababli ham davlatimiz rahbari ushbu sohani rivojlantirish bo’yicha qator normativ hujjatlarni imzoladilar va Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish bo’yicha PQ-3305-sonli qarorni tasdiqladilar.Vazirlikning tashkil etilishidan maqsad maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish,davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish va shu kabi qator muammolarni hal etish maqsadida.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kunlarining asosiy qismini maroqli va mazmunli tashkil etish maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi.Bolalar tashkilotlarda erkin va xavfsiz faoliyat olib borishlari lozim.Ularning erkin faoliyat olib borishlari va ta’lim tarbiya jarayonida dunyoni anglashga ko’maklashuvchi bilimlarni egallashlari uchun rivojlantiruvchi markazlar ham tashkil etilgan.Ular quidagilar:

  • Qurilish,konstruktorlik va matematika markazi;

  • Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi;

  • Til va nutq markazi;

  • Ilm,fan va tabiat markazi;

  • San’at markazi

Ushbu markazlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi.Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini dunyo haqidagi tasavvurlarini shakllantirib borishadi.Chunki o’yin bolaning yetakchi faoliyati hisoblanadi va maktabgacha yoshdagi bola hayotining asosiy mazmuni hisoblanadi.Bolalar shug’ullanadigan ko’pchilik ishlar o’yin shaklida bo’ladi.
Y.A.Komenskiy,K.D.Ushinskiy,A.S.Makarenko,P.F.Lestgaflarning g’oyalari hozirgi zamon bolalar o’yinlari nazariyasi uchun ahamiyatlidir.,,Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixga ega,-deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o’zi tomonidan ishlab qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan’’.Bolalar o’yinining o’ziga xosligi shundaki ,u tevarak-atrofdagi hayotni,kishilarning faoliyati,ishlari,harakatlarini,ularning ish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini aks ettiradi.
O’yinning vazifalari:

Xulosa qilib aytganda o’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi,uning takomillashuv usuli demakdir.Pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri tashkil o’yin bolaning axloqiy,irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga,atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg’otadi.O’yin bolaning erkinlik,yangilik olish dunyoni anglash omili.Turli xil o’yinlarni o’ynash orqali bola diqqati o’yinga qaratiladi va boshlang’ich bilimlar uchun zamin yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Shavkat Mirziyoyev.,,Erkin va farovon,Demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’.Toshkent - ,,O’zbekiston’’-2016.


2.Xo’jaev N.,Xoshimova M.,Hakimova M. va boshqalar.Pedagogika.(darslik)-T.:TDIU,2007.
3.Ismailova Z.K.Pedagogika.Darslik.T.:-Moliya,2008.
4.F.Qodirova ,Sh.Toshpo’latova ,M.Kayumova, M.A’zamova. Maktabgacha pedagogika.Toshkent-2019.
5. O.U.Hasanboyeva, M.X.Tojiyeva va boshqalar ,,Maktabgacha ta’lim pedagogikasi’’.Toshkent-,,Ilm Ziyo’’-2012 y.
6.G’oziyev E.G.Psixologiya.- T.:O’qituvchi,2006.
7. 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
8. ,,Ilk qadam’’ davlat dasturi.
Yüklə 19,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin