Boshqaruvning asosiy funksiyalari Reja: Menejment funksiyalari



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə1/6
tarix12.11.2022
ölçüsü34,31 Kb.
#119369
  1   2   3   4   5   6
Boshqaruvning asosiy funksiyalari


Boshqaruvning asosiy funksiyalari


Reja:

  1. Menejment funksiyalari 

  2. Texnologik funksiyalar 

  3. Boshqaruv uslublari


    Menejment funksiyalari —bu boshqaruv faoliyatining bajarilgan ishlarni mazmunan bir turda bo‘lishi va ularning maqsadli yo‘naltirilishi

alomati bo‘yicha ajratiladigan ixtisoslashgan turlari.
Menejment funksiyalari boshqaruv faoliyatini maqsadlar, harakatlarning yoki ular tatbiq etiladigan obyektlarning bir turdaligi bilan tavsiflanadigan ixtisoslashgan turlarining barqaror tarkibini belgilab beradi.
Menejment funksiyalarining tabaqalanishi (differensiatsiyasi) ularni amalga oshirishning oqilona qoidalari va muolajalarini reglamentga solish imkonini beradi.
Farmatsevtika menejmenti uchta guruhga ajratiladi:

umumiy;

ijtimoiy-psixologik;

texnologik.

Farmatsevtika menejmentining umumiy funksiyalari iyerar­xiyaning barcha pog‘onalarida tashkilot faoliyatini boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari mohiyatini aks ettiradi:

rejalashtirish;

tashkilotchilik;

asoslanganlik;

nazorat;

muvofiqlashtirish.

Umumiy funksiyalar farmatsevtika tashkiloti boshqaruvining umumiy tartibini aks ettiradi.

Menejmentning funksiyasi sifatida rejalashtirish butun tash­kilot va uning tuzulmaviy bo‘linmalarini rivojlantirish maqsadlari, chora-tadbirlari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, vosita (resurs)larni, muddatlarni va ularni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Bu tashqi muhitning vaziyatlari va omillarini tahlil qilish; istiqbolni belgilash, maq­bullashtirish va maqsadga erishishning muqobil variantlarini baholash; rejaning eng yaxshi variantini tanlash bo‘yicha bajari­ladigan ishlar majmuasi. Bu tashkilotning siyosati va strategiyasini shakllantirish hamda tanlash demakdir.




Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin