Dars turi: yangi bilim beruvchi Darsning jihozi



Yüklə 18,76 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü18,76 Kb.
#137586
5-sinf Adabiyot fanidan Fonarchi ota hikoyasi mavzuda dars ishlanma



Mavzu: Oybek."Fonarchi ota " hikoyasi
Darsning maqsadi:
-Oybek hayoti va ijodi bilan tanishtirish, “Fonarchi ota” hikoyasining matnini o’rganish;
- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozi: darslik,Oybek portreti,asarlari
Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida so’zlaydilar.
1. Hikoyada qaysi davr voqealari tasvirlangan?
2. O`g`rini tun qorong`usida hovli oshib o`g`rilikka tushishga nima majbur qildi?
3. Qora buvining olti oydan buyon uyqusi kamligiga sabab nima?
4. O`g`ri nima uchun boshqa kasb bilan shug`ullanmadi?
5. Nima uchun o`g`ri boylarnikini emas, kambag`alning uyini tanladi?
6. O`g`ri nima uchun buvi bilan choy ichishga unamadi?
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Taniqli o’zbek adibi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo’zchi oilasida tug’ilgan.Avval maktabda ,keyin pedagogika texnikumida o’qigan.1925-1930-yillarda O’rat Osiyo davlat dorilfununi (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan Oybek o’qishni bitirib,shu dorilfununda muallimlik qilgan.
She’rlar yozish bilan ijodini boshlagan Oybekning dastlabki to’plami “Tuyg’ular”nomi bilan 1926-yilda chop etildi.Shundan so’ng shoir yirik she’riy janr hisoblangan dostonchilikka qo’l uradi. Birin-ketin “Dilbar –davr qizi”(1931), “O’ch”(1932), “Baxtigul va Sog’indiq”(1933) singari turli mavzudagi o’nlab dostonlari e’lon qilinadi.
Oybekning keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari – “Qutlug’ qon”(1940), “Navoiy”(1944), “Quyosh qoraymas”(1958) singari romanlarining “Xamirturushi” ham kichik-kichik hikoyalar bo’lgandi.
Ular sirasiga “Fanarchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”, “Gulnor opa” kabi hikoyalarni kiritish mumkin.Shunisi muhimki ,bu asarlarning aksariyat qahramonlari keyin ham yozuvchi o’y va fikrida yashahsni davom ettidi,ijodiy o’sib bordi.Ma’lum vaqat o’tib esa ,yuqorida sanaganimiz yirik romanlarda to’la qonli qahramonlar bo’lib maydonga chiqishdi.Shunday asarlardan biri o’tgan asrning 30-yillarida yozilgan “Fanarchi ota ”hikoyasidir.
(Hikoya matni o’qiladi)
4.Mustahkamlash: (10 daqiqa)
1.Oybek qachon va qayerda tug’ilgan?
2.Uning dastlabki she’riy to’plami qanday nomlanadi?
3.Oybek qanday dostonlar yozdi?
4.Oybekning romanlarini ayting.
5.Oybek qanday hikoyalar yozdi?
6. “Fanarchi ota” hikoyasi qachon yozilgan?
7.Hikoyani so’zlab bering.


5.Baholash.(2 daqiqa)
6.Uyga vazifa:(3 daqiqa) Hikoyani o’qish.
O’TIBDO’
Yüklə 18,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin