Farg`ona viloyati Bag`dod tumani 10- umumiy o`rta ta’lim Maktabi 2-“D” sinf O`qituvchisi Sarimsoqova Zulfiyaxonning Matematika Fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
tarix18.03.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#114911
Matematika 2-sinf Vaqt birliklari. musthkamlash



Farg`ona viloyati

Bag`dod tumani

10- umumiy o`rta ta’lim

Maktabi 2-“D” sinf O`qituvchisi

Sarimsoqova Zulfiyaxonning

Matematika Fanidan

Vaqt birliklari.



O`tilganlarni mustahkamlash”

Mavzusidagi bir soatlik

Ochiq darsi
F a
sana_______ 2-sinf

MAVZU: vaqat birliklari. O`tilganlarni mustahkamlash

Darsning ta’limiy maqsadi;

  1. O`quvchilarga vaqt birliklari: soat,minut haqida bilimlarini mustahkamlash.Qisqa yozuv asosida masala tuzish va uni yechish malakasini oshirish.

  2. FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Vaqtdan unimli foydalanish, yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o`rgatish

TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.

TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.

TK6 murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan foydalana olish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi;O’zlashtirilgan bilimlar silsilasining kamchiliklarini aniqlashga, chuqurroq o’zlashtirishga erishish.

FK2 o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy masaladagi maqsadni ifodalay oladi, o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Darsning turi: Mustahkamlovchi dars.

Darsning jihozlanishi:

2-sinf «Matematika» darsligi; darsga va masalalrga oid ko`rgazmalar, slayd,AKT


Darsning borishi:

Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Navbatchi axboroti tinglanadi. Bolalar, bugungi darsimizni sayoxat darsi deb tashkillaymiz.

Keling do`stlar birlashib,

Darsimizni boshlaymiz.
Hisob kitob ilmini

Aqlimizga joylaymiz.

Avtobusga chiqamiz.

Vaqt shahriga boramiz.

Yo`lda duch kelsa to`siq,

Osonlikla o`tamiz.

Darsimizning har bir shartini bajarish uchun yo`lda turli vaziyatlar bo`lishi mumkin.

O`ylaymanki sizlar barcha shartlardan a’lo darajada o`ta olasiz.

Qani yo`lga otlandik va 1-shartni bajaramiz. 1 o`quvchi Ichki ishlar xodimi sifatida o`quvchilarni to`xtadi.

---To`xtang, to`xtang qayyerga ketyapsizlar?

---Salom militsiya amaki. Sizni bugungi 25 oktabr kunidagi kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Siz va sizning hamkasblaringiz yurtimiz tinchligi uchun hormay tolmay xizmat qilasiz. Biz bolalar sizlardan minnatdormiz. Biz vaqt shahriga ketyapmiz.

---Unda sizlarga oq yo`l. Faqat yo`l harakati qoidalariga qatiy amal qiling. Yo`ldagi xavfsizligingiz sog`ligingiz garovidir.



O`tgan darsni so`rash

Uy vazifasini tekshirish.

O`quvchilardan soat modelidan vaqtni so`raladi


Yangi mavzuning bayoni.


  1. Soat modelida soat 1 ni, soat 4 ni, soat 7 ni, ko‘rsating. So‘ng shu vaqtdan 5 min,

15 min, 20 min, 3 min o‘tganini ko‘rsating.

O`quvchilar bu topshiriqni bajarishgach Avtobus 1 ta manzil oldinga siljiydi.


2-masala.

Masalani yechamiz.

Marra tomon shoshamiz
Masal sharti o`qitiladi va ko`rgazma slayd orqali tushuntiriladi.

Nazira uydan non do‘konigacha 15 minut, non do‘konidan maktabgacha esa 8 minut yo‘l yurdi. Nazira uydan maktabgacha qancha vaqtda yetib kelgan?





Yechish: 15 minut+8 minut=23 minut

Javob 23 minut yo`l yurdi.
3-misol orqali yan bir dovondan o`tamiz.

Misolllarni bajarib

Bir dovondan oshamiz.

27 + 18=45 42 – 5=37 42 + 17=59 57 – 26=31

54 – 13=41 28 + 5=33 34 + 20=54 64 – 23=41

4.masala orrqali daryoli to`siqdan o`tamiz.

Qisqa yozuv bo‘yicha masala tuzing va uni yeching.

Qisqa yozuvni yeching

Manzilni qisqartiring.



Osma soat – 18 ta
Qo‘l soat – ? ta kam ?ta soat

18 ta ?ta


? ta

5. Soat ikki yarimni, o‘n besh minut kam oltini, sakkizdan o‘ttiz minut o‘tganini boshqacha

nima deyish mumkin?


Ikki yarim-2 dan 30 minut o`tdi

O`n besh minut kam olti. 5 dan 45 munut o`tdi.



Sakkizdan o`ttiz minut o`tganini- sakkiz yarim deyishimiz mumkin
Darsni mustahkamlash.

Darsni yakunlash.O'quvchilarning bilimini baholash, faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.

Uyga vazifa. 6-misol va masal
Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin