Grammatik lug‘aviy-grammatik turlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari



Yüklə 37,94 Kb.
səhifə1/5
tarix31.12.2021
ölçüsü37,94 Kb.
#112777
  1   2   3   4   5
2-amaliy mashg`ulot
1-MA`RUZA MASHGÙLOTI, когнитив, 1473150228 64813, 1473150228 64813, eda, eda, Документ Microsoft Word, 7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz, 7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

2- amaliy mashg`ulot

Grammatik lug‘aviy-grammatik turlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq.

Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari.



Ishdan maqsad: Grammatik ma’no turlari va fe’lning lug’aviy-grammatik turlari haqida tasavvurga hosil qilish. Fe’l turkumi yuzasidan tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi mavzu yuzasidan keltirilgan mashqlarni bajarishi.

Ishni bajarish uchun namuna
Mazkur amaliy ish davomida bir necha topshiriqlar keltirilgan. Ishni bajarilish tartibi ham ko’rsatilgan. Dars davomida mashqlardan foydalanisib, mavzu bo‘yicha ko‘nikma hosil qilinadi.
1-mashq. Matnni oqing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Hikoyat

Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga «Majnun al-haq»(«Haq yo‘lidagi devona») deb laqab qo‘ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mahbub edi. Biror so‘z aytmoqchi bo‘lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar edi.

Bir bahor ayyomida u baytulloh – Ka‘bani ziyorat qilish niyatida safarga chiqdi. Yo‘lda ko‘p mashaqqat tortdi, bundan jismi ozor topdi. U mingan ulov ham g‘oyat zaif edi.

Atrofga qorong‘ulik tushib, yomg‘ir yog‘a boshladi. Devona endi yo‘lni davom ettirish qiyinligini bildi. Shu yaqin o‘rtadagi bir vayrona joyni ko‘rdi va eshagidan tushdi. Eshagini xudoga topshirib: «Ey tangrim, eshakdan xabardor bo‘lib tur?»-dedi.

Ulovini tashqariga qo‘yib, o‘zi vayrona ichiga kirdi. Bir ozdan so‘ng uyqu g‘olib kelib, boshi ostiga bir kesak qo‘ygancha ko‘zi uyquga ketdi. Eshak tashqarida qoldi.

Devona uyquga ketgach, bahor bulutlari sharros quya boshladi. Vayrona ichiga har yondan tomchi o‘tib, telbaning uyqusini uchirib yubordi. U o‘rnidan turib, yomg‘ir tinishini vayronada kutdi. Nihoyat, yomg‘ir tinib, telba tashqariga chiqdi. Qarasa, eshagi yo‘q! Bundan u behad iztirobga tushib, tangriga g‘azab bilan xitob qila boshladi:

-Men senga eshagimni topshirib edim, sen esa menga bag‘oyatda yaxshi karam ko‘rsatib, uni qoyil qilib asrading! El sening mehmonligingga borsa-yu, eshagini vodiyga qo‘yib yuborib, ixtiyoringa topshirsa, sen esa beparvolik ko‘rsatib, g‘aflat ichra unga qarashni unutib qo‘ysang?! Eshagimni asramoqni o‘zingga or bilib, qorong‘u tunda uni ko‘rinmaydigan qilib qo‘yding!!!

Telba achchig‘langancha g‘o‘ldirab, yo‘qolgan eshagini pastu balanddan qidirardi. Shu payt juda ravshan bir chaqmoq chaqilib, butun olamni nurga to‘ldirib yubordi. Qarasa, eshagi xas-xashakka og‘iz urib o‘tlab yurgan ekan. Telba uni ko‘rib, quvonib ketdi va eshagiga minib yana yo‘lga ravona bo‘ldi. Qahridan tushib, haqqa endi lutf bilan mehribonchilik ko‘rsata boshladi:

-Ey, mening jism aro jonim xudo, balki senga yuz jonim fido bo‘lsin! Garchi o‘shanda eshagimga qaramay, ko‘zdan yashirib, bo‘yniga arqon bog‘lamagan eding. Shu vajdan menda beqarorlik yuzladi, qahrim bilan senga oliftalik qildim. Chunki men eshakni senga topshirgan edim-da, sen esa omonatni menga topshirishda hayallading. Ammo meni g‘amgin holda ko‘rib, tadbir ham topding. Chorasozlik qilib chaqmog‘ingni chaqib, ko‘z yoritar mash‘alangni yoqding.

Garchand men sening bu ishingdan g‘azablanishimga to‘la haqli bo‘lsam ham, lekin qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni qila oladigan, tushunish qiyin narsalarni tushunadigansan; shuning uchun menga e‘tibor berib, yo‘qolgan narsamni topib berding. Bu bilan sen aytgan gaplarim uchun meni majolsiz bir holga solding, sharmandai sharmisor etding.

Devona shu so‘zlarni aytib, har dam o‘zini maqtar, xudoga ham turli mehribonchiliklar ko‘rsatar edi. Telba aytgan bu so‘zlar garchand nomaqbul bo‘lsa-da, muhabbat tufayli sodir bo‘lgani uchun maqbul edi.

Agar har bir majnun xudoga shuningdek sir aytsa, u beibolik va erkalik qilmog‘i lozim. Chunki bunday kishilarning tangriga ishonchi, e‘tiqodi samimiy, o‘zi esa tangriga suyuklidir. Suyukli kishining esa har bir qilgan ishi yoqimlidir. («Lison-ut tayr»dan)

1-toshiriq. Grammatik ma’no hosil qiluvchi vositalarni guruhlang.

2-topshiriq. Matn tarkibidagi fe’l so’z turkumiga oid so’zlarni topib, leksik-grammatik turini ajrating.

2-mashq. Berilgan gaplar asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring.

1. Talant sukunat qo‘ynida yetiladi, xarakter hayot bo‘ronlarida toblanadi. (I.Gyote) 2. Halol odamni ta‘qib etish mumkin, ammo uni badnom qilib bo‘lmaydi. (F.Volter) 3. Yangi do‘st orttirsang, eskisidan yuzingni burma. (Qobusnoma) 4. Xulq har kim o‘z qiyofasini ko‘rsatadigan ko‘zgudir. (I.Gyote) 5. Hayot saboqlarin etolmasang yod, Uni o‘rgatolmas hech qanday ustod. (Rudakiy) 6. Uzluksiz shodlik ham keltiradi g‘am, Haddan oshgan bazm misoli motam. (Bedil) 7. Osmon bo‘lsang yerga egilmoq yaxshi, Tuproq bo‘lsang ko‘kka intilmoq yaxshi. (Bedil) 8. Kumushbibi qizarindi. (A.Qod.) 9. Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yo‘lchini ohista yotqizishdi. 10. Odamlar to‘planishib, ho‘kizning o‘g‘irlangani haqida gaplashishardi.

1-topshiriq. Gaplar takibidagi harakat va uning bajaruvchisi orasidagi munosabatni bildiruvchi shakllarni aniqlang.

2-topshiriq. Gaplardagi har bir nisbat shaklining ma‘noviy xususiyatlarini alohida sharhlang.

3-topshiriq. Nisbat shakllarini o‘zaro qiyoslang. Nisbat shakllari qo‘shilishi natijasida yuz bergan sifatiy(so‘z yasash) va sifatiy bo‘lmagan (grammatik shakl hosil qilish) o‘zgarishlarni aniqlang.

4-topshiriq. Barcha nisbat shakllari uchun umumiy bo‘lgan tomonlarni aniqlang.

5-topshiriq. Nisbat shakllarining bir-biridan farqli tomonlarini aniqlang.

6-topshiriq. Nisbat kategoriyasi haqida umumlashma xulosa chiqaring.

3-mashq. O‘zlik va majhul nisbat shakllarini farqlashda sintaktik qurshovning rolini aniqlang.

1. Operatsiya uchun xona tayyorlandi. 2. Abiturient test sinovlariga puxta tayyorlandi. 3. Yo‘l chekkasidagi gullar ochildi. 4. Xonani tozalashdan oldin eshik-derazalar ochildi. 5. Moxinur xayolga berildi. 6. Intizomli, a‘lochi talabalarga mukofot berildi. 7. Masala ikki yo‘l bilan ishlandi. 8. Bahorda yerlar ishlanib, chigit qadaldi. 9. Yerning unumdorligi ko‘tarildi. 10. Parda yopilishi bilan qarsak ko‘tarildi. 11. Qizcha nariroq surildi. 12. Ish ancha ilgari surildi. 13. Qaror o‘qildi. 14. Daryo chayqaldi. 15. Nutq plyonkaga yozildi. 16. U yosh havaskorlar to‘garagiga yozildi. 17. Qush o‘ljasiga o‘qdek tashlandi. 18. Uning ayblari ochib tashlandi.

4-mashq. Bir necha nisbat shaklining bir so‘z tarkibida qo‘llanish sabablarini aniqlang.

chiqartirdi, yotqizdirildi, oldirtirishdi, go‘zallashtirildi, kiyintirishdi, jonlantirildi, kelishtirishdi, yozdirtirdi, uxlatildi, o‘ylantirishdi, yurdirtirishdi, surishtirildi, soddalashtirildi, bezantirishdi.

5-mashq. So‘z tarkibida yaxlitlangan nisbat shakllarini ajrating. Nisbat shakllarining o‘timli-o‘timsizlikka ta‘sirini aniqlab, qavs ichida izohlang.

tortinmoq, qarashmoq, ko‘rishmoq, yarashmoq, kelishmoq, yetishmoq, cho‘qinmoq, botinmoq, achinmoq, sevinmoq, kechirmoq, o‘ynashmoq, to‘ldirmoq, sog‘inmoq, kelin, yig‘in, kirish, tuzat, yupat, surishtir, uyg‘ot, uyg‘on, solishtir.

6-mashq. Fe‘llarning bo‘lishli-bo‘lishsiz shakllarini ajrating. Ularning tasdiq/inkor shakllaridan farqini bayon qiling.

1. Sevgi menga bo‘ylama, Mehring bilan siylama. (M.Yusuf.) 2. Bu yerlarga nega keldim men, qiziqmasam unut chiroyga. (A.Orif.) 3. Ketishi ham, ketmasligi ham noma‘lumligini aytdi. (Mirm.) 4. Majlis yarim soat o‘tmay tugadi. (O.Mux.) 5. Uzoqdan Navoiyning qorasi ko‘ringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi. (Oyb.) 6. Na xotin, na farzand ko‘rmagan, kimsasiz bechora bir yigit. (Uyg‘.) 7. Mening farzandim yo‘q, gulbog‘larim yo‘q. (S.Nur.) 8. Ertoev bir nimani sezmasa, bunchalik talvasaga tushmas edi. (O.Yoqub.) 9. Bilmayin bosdim tikanni… 10. Bilmam adashdimmi, yo to‘g‘ri qildim…11. Bilmaslik ayb emas, bilmaganini tan olmaslik ayb. 12. U hozir hammaning kallasini g‘ovlatgan shum xabarni yo hech o‘ylamayapti, yoki bu gapning menga sira daxli yo‘q, deb ko‘rsatmoqchi. (A.Mux.) 13. Domlaning yer olgani rost, buni Saidiyga bildirmoqchi emas edi. (A.Qah.) 14. Barno yo‘q ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, o‘tirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. (O. Yoq.)

7-mashq. Berilgan gaplardagi harakat tarzi shakllarini aniqlang. Shaklning lug‘aviy ma‘noga qay darajada ta‘sir etayotgani va paradigmatik munosabatlarini bayon qiling. Harakat tarzi shaklining yasalish qolipini qavs ichida bering. Quyida berilgan topshiriqlar asosida harakat tarzi kategoriyasining UGMsini oching.

1. Men ham doim qishloqda turganimda, mashinani o‘rganib olardim. (H.Naz.) 2. Kapalagini uchirib yuborgan. (H.Naz.) 3. O‘rinda ham gaplashaveramiz, sen juda charchab ketgansan. (I.Rah.) 4. Suv endi yerga singmay, muzlab qolgan edi. (A.Qah.) 5. Hali dushmanlarimiz tinchigani yo‘q, hushyorlikni qo‘ldan berding, kallangga solaman deb poylab turibdi. («Qashq.») 6. Hali kelishgani yo‘q, o‘zim ham xavotir olib o‘tiribman. (A.Qah.). 7. Quyoshki falakda kezib yuribdi, umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.(G‘.G‘ul.) 8. Bo‘liq yer «tayyorman» degandek ko‘pchib yotibdi. («Qashq.») 9. O‘zbek qizlari sevigisini aytib qo‘ymaydi, bir umr pinhon tutadi. (Sayyor). 10. Bolang uch-to‘rt qiynaladi, keyin o‘rganib ketadi. (A.Qah.) 11. Shu atrofda yurgandir, kelib qolar. (S.An.)

1-topshiriq. Gaplar takibidagi harakat tarzi shakllarini kuzating.

2-topshiriq. Lug‘atlardan va nutqiy zahirangizdan foydalangan holda harakat tarzi shakllariga misollar keltirib sirani boyiting.

3-topshiriq. Gaplardagi har bir harakat tarzi shaklining ma‘noviy xususiyatlarini alohida sharhlang.

4-topshiriq. Barcha harakat tarzi shakllari uchun o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlang.

5-topshiriq. Berilgan harakat tarzi shakllarini yetakchi va ko‘makchi fe‘lning birikish usuli va ma‘noviy xususiyatlariga ko‘ra tasniflang.

6-topshiriq. Harakat tarzi kategoriyasi haqida xulosa chiqaring.

8-mashq. Lug‘aviy va sintaktik shakllarning harakat tarzi shakllarida voqelanishini aniqlang. Qo‘shimchalarning ko‘makchi yoki yetakchi fe‘l tarkibida qo‘llanishiga diqqat qiling.

kiyintirib qo‘ymoq, urishishib qolishdi, o‘ylantirib qo‘ydi, ishlatib yubordi, ovqatlantirib quydi, aytib yuborishdi, kiyinib oldi, ayirib tashlandi, unutib yuborildi, o‘ranib olmoq, bilib qo‘yishsin, gapira qolmadi, aytmay qo‘ymadi, kirmay turishdi, aytishib qolish, qichqirib yuborib, ketib qolgan, aynib qolmas.

9-mashq. O‘zgalovchi kategoriyasi shakllarining fe‘lni nutqqa olib kirishini berilgan misollar asosida tushuntiring. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllarining gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang.

1. Yuzni yerga qaratish bundan ortiq bo‘ladimi? (O‘.H.) 2. Uning esiga haligi mish-mishlar tushib, yuragi bigiz sanchganday og‘ridi. 3. Tergamay - tergamay boshiga chiqarib oldi. 4. Yurtimizda alanga porlar sevmoq uchun sevilmoq uchun (qo‘shiqdan). 5. Kumush Otabek nomini eshitgach, sekingina ko‘tarilib qo‘ydi. (A.Q.) 6. Erkalatgach onasi, taltayadi bolasi. (Maqol) 7. Biroq arava yaqinroq kelganda poxol shlyapasini bostirib olgan semiz odamni ilg‘adimu hammasini angladim (O‘.H.) 8. Biz chiqqan arava No‘g‘ayqo‘rg‘ondan Ko‘tarmaga yetguncha qorong‘u tushdi (O‘.H.) 9. Otasi kelavermagach, bolalar vahimaga tusha boshladilar. 10. Ketar odamga yo‘l yaxshi. 11. O‘lar ho‘kiz boltadan qaytmas 12. Aytar gapni ayt, aytmas gapdan qayt. 13. Mol topmas yigit bo‘lmas, o‘g‘il tug‘mas ayol bo‘lmas. 14. Kelin bo‘lmish qiz qo‘shni qishloqdan ekan. 15. Otabek qo‘llarini bo‘shatuvchi qo‘rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o‘z raqiblaridan bittasi shu ekanini payqadi (A.Q.)

Yüklə 37,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə