«hosil bayrami» ssenariysi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə1/4
tarix31.12.2021
ölçüsü1,45 Mb.
#112697
  1   2   3   4
«hosil bayrami» ssenariysi

«HOSIL BAYRAMI» ssenariysi

“Hosil bayrami”ni xalqimiz qadim zamonlardan beri kuz faslida yig’im-terim ishlari paytida o’tkazib kelganlar. Bu bayramda dehqonlar, bog’bonlar, chorvadorlar, miroblar, cho’ponlar bilan birga usta hunarmandlar, kosiblar, kulollar hattoki savdogarlar, ilmu fan ulamolari ham ishtirok etganlar. Chunki, yillik hosilning mo’l-ko’l bo’lishi barchaning dasturxoni to’kin, ro’zg’ori but, kasbu korida qut-baraka bo’lishining muhim omili sanalgan. Oradan qancha vaqt o’tishiga qaramay bu bayram tobora sayqallanib, hanuz nishonlanib kelinadi. Barcha davrlarda ham tabiat ne’matlariga shukronalik, xalqimiz dasturxonining to’kin bo’lishini ta’minlaydigan mirishkor bog’bonu zahmatkash bobodehqonlarga hurmat bu bayramda o’z aksini topgan.

Umumta’lim maktablarida biologiya fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda II-chorak boshida bu bayramni barcha sinflar o’rtasida tashkillab o’tkazish o’quvchilarning bu fanga qiziqishlarini orttirish, tabiatni sevish va oqilona munosabatda bo’lishga o’rgatish bilan birga diyorimizda yetishtirilayotgan shirin-shakar meva va sabzavotlarni xususiyatlari, salomatlikka ta’siri, sog’lom turmush tarzini tadbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Hosil bayrami”ga tayyorgarlik ko’rish uchun barcha sinflarda o’quvchilar ijodiy ishlari- devoriy gazeta, fotorasmlar albomi, referatlar shuningdek,yurtimizda kuz faslida yetishtiriladigan mevalar, sabzavot va poliz ekinlari, donli va dukkakli ekinlardan namunalar aks etgan ko’rgazmalar tashkil etiladi. Bayram tadbirini o’quvchilar tomonidan tashkil etilgan kuy va qo’shiqlar, she’rlar, qiziqarli viktorina savollari asosida tashkil etish mumkin.



1-Boshlovchi:

Assalomu-alaykum, aziz ustozlar, muhtaram o’quvchilar! Har yili an’anaviy o’tkaziladigan “Hosil bayramiga” xush kelibsiz!



2-Boshlovchi:

Jannatmakon yurtimiz, betakror tabiatga ega ona zaminimiz turfa ne’matlaridan tashkil topgan bugungi yarmarkani ochiq deb e’lon qilamiz!



1-Boshlovchi:

Zavqi baland azamat paxtakoru dehqonim,

Mo’l hosildan to’kindir dasturxonda but nonim,

Seni jahon tanidi, qadding rostla Turonim,

Kulib boqqin olamga ozod O’zbekistonim!

2-Boshlovchi:

Darhaqiqat, jannatmonand vatanimiz, tuprog’I zar, suvi gavhar ona zaminimiz bag’ridan rango-rang nozu-ne’matlar undirayotgan dasturxonlarimizni rizqu ro’zga to’ldirgan bobodahqonlarga ming tasanno, ming ofarin!



1-Boshlovchi:

Davraga kechamiz qahramoni Dehqonboboni taklif etamiz!

(Davraga qo’lida savat to’la mevalar bilan Dehqonbobo kirib keladi)

Dehqonbobo:

Assalomu alaykum, mening aziz bolajonlarim! Barchangizga “Hosil bayrami” muborak bo’lsin! Bugungi bayram kechangizga taklif qilganingizdan minnatdorman. Aziz nabiralarim, sizlar aqlli dono, zukko bolalarsiz. Yonib turgan ko’zlaringiz, jo’shqin shijoatingiz buni yaqqol aytib turibdi. Qani bugungi bayram tadbiriga qanday tayyorlandingiz, yurtimiz tabiati, shifobaxsh ne’matlari haqida nimalarni bilasiz?


2-Boshlovchi:

Bobojon, bizning bolajonlarimiz bugungi bayram tadbiriga ajoyib sher va qo’shiqlar, raqslar tayyorlaganlar. Marhamat, kechamizning mehmoni bo’lib bunga o’zingiz guvoh bo’ling!

(O’quvchilar tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etiladi)


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə