Ib-3 Qosimov Abduqodir



Yüklə 157,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.12.2022
ölçüsü157,74 Kb.
#120592
  1   2
Maxsus fanlar Qosimov Abduqodir
Investitsiyalarni iqtisodiy baholash Qosimov Abduqodir


IB-3 Qosimov Abduqodir 
20-VARIANT 
1. Muammoli o‘qitishning asosiy maqsadlari va ularni amalga oshirish.
2. Ijodiy izlanishga yo’naltirilgan mustaqil ishlar. 
3. O’zbekistonda ta’lim tizimini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish 
sabablari. 
Javoblari 
1.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim 
yo’nalishi sanaladi. 
Muammo-grekcha πρόβλημα. so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal 
qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday 
hodisalarni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar 
ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan 
qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda 
shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga 
erishish kerakligi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum . 
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga 
yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va 
mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki 
o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.
Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va 
jadallashtirishga asoslangan. 
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli 
vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish 
va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim 
o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy 
ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usullari: 
- O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntirish 
va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish; 
- Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish; 
- Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki 
savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish. 
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: 
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; 
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda 
topadi; 
- O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. 
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: 
- Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish; 
- Solishtirish, umumlashtirish; 
- Dalillarni aniqlash va qo’llash; 
- Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; 
- O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar. 


Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. 
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini 
tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali). 
Muammoni hal etish bosqichlari: 
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan 
bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi. 
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil 
bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi 
sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi 
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 
yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida 
bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy 
etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan 
bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya 
yotadi. 
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va 
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan 
ishlab chiqilgan. 
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega. 
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 
2. Muammoning qo’yilishi. 
3. Muammoning yechimini topish. 
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish 
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. 
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga 
(muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi. 
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga 
keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida 
nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy 
faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda 
tutadi. 
Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, 
evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi. 
Bunda: 
• nostandart masalalarni tuzish bo’yicha; 
• shakllantirilmagan savol bilan; 
• ortiqcha ma’lumotlar bilan; 
• o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 
• yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; 
• olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; 
• hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash; 
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. 
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, 


yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan 
yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi 
zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan 
iboratdir. 
2. Ijod deganda keng ma’noda obyektga (butun atrof muhit yoki uning
ozmi ko’pmi ajratib olingan, alohida bo’lagiga) subyektning (alohida shaxs, 
ijtimoiy tabaqa, jamiyatning) faol, izchil ta’siri tushuniladi. Mazkur ta’sir
jarayonida subyekt o’zini qurshagan muhitni o’zgartiradi, shu paytgacha
ko’rilmagan, bilinmagan, o’rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi
yoki kashf etadi.
Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o’zgartiradi, ham o’zini 
yaratuvchi, ijodkor sifatida kashf etadi. Insonning ijodi bu shaxsning tub
xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va 
ko’nikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ijtimoiylashganlik 
darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi.
Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqaradi.
Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo’yadi va
hal qiladi, ularning o’ziga xos yechimlarini, ba’zan bunday yechimlarga nisbatan
betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, 
yaratuvchi, olim shaxsining o’ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo’ladi. 
Fan - bu rivojlanuvchi, o’sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va 
kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o’zini 
qurshagan olamni surunkali va chuqur o’zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy 
voqelikning borliq qonuniyatlari to’g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish
bunday axborotni o’zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga 
yo’naltirilgan alohida shaklidir.
Ilmiy ijod - bu ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan
foydalanish, ilmiy bilimni yangi qonunlar va qonuniyatlar, yangi ilmiy prinsiplar 
va nazariyalar, inson faoliyatining xar xil sohalaridagi amaliyotga faol chiqishlar
bilan boyitish bilan bog‘liq bilish va bunyodkorlik faoliyatidir.
Ilmiy ijod bu asosiy jihati o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning,
ularning harakat va rivojlanish qonunlarining mohiyatini abstrakt tushunchalar, 
sxemalar, formulalar, tenglamalar va hokazolar shaklida ifodalashdan iborat
bo’lgan obyektiv voqelikni subyektiv aks ettirishdir. 
Ilmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi ilmiy bilimlarni 
umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta’biri bilan 
aytganda, «insoniyat bilishdan lazzat oladi». Hozirgi zamon qobiliyatli olimi 
yuksak umumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma’lumotli
odam bo’lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko’nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga, 
keng hayot tajribasiga ega, o’tkir zehnli bo’lishi kerak.
Tanqidiy tafakkur - ilmiy izlanish, mustaqil fikr, o‘z pozitsiyasi va 
yondashuvi, qarashlarini dalillash va isbotlash, ijodiy axborot almashish, ijodiy 
munozara, bag‘rikenglik, boshqalar fikrini eshitish o‘z ilmiy natijalarini tanqidiy
baholash, ilmiy muammoga shaxsiy yondashuv, muammo yechimini yaxshi 
tushunishga olib keladi. 


Ilm-fan- inson faoliyatining maxsus sohasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqida 
obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tizimlashtirishdan iborat. 
3. Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-oktabr kuni imzolangan “O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonda “respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim 
muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World 
University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World 
Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari 
ro‘yxatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-
bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish” belgilab berilgandi. 

Yüklə 157,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə