|
Tushunchalar
|
|
Tushunchalar sharhi
|
1.
|
Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari
|
a.
|
Inklyuziv ta’limning maqsadi – har bir bolaga teng huquqlilik asosida bilim olish imkoniyatini yaratish barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish
bolalarning har tomonlama rivojlanishi ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish
|
2.
|
Ijtimoiy moslashuv
|
b.
|
Shaxsning jamiyatda qabul qilingan insoniy qadriyat, maqsad, ahloqiy me’yorlarni qabul qilishi va egallashi yo‘li bilan ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishidir.
|
3.
|
Inklyuziv ta’lim tamoyillari
|
c.
|
Insonning qadr-qimmati, uning qobiliyati va yutug’iga bog’liq emas
Har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega
Har bir kishi muloqot qilish va boshqalar tomonidan eshitilish huquqiga ega
Hamma insonlar bir-birlariga muhtojlar
Shaxsning to’liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi
Hamma insonlar o’z tengdoshlarining qo’llab-quvvatlashi va do’stona munosabatiga muhtoj
Barcha ta’lim oluvchilar uchun yutuq bu ularning nimanidir qila olishidadir
Xilma-xillik hayotning barcha tomonlarini kuchaytiradi
|
4.
|
Inklyuziv ta’lim
|
d.
|
ta’lim tizimi rivojlanishining yangi ijtimoiy fenomeni, maxsus ta’limning sо‘nggi strategiyasi bu imkoniyati cheklangan insonlarni faol ijtimoiy hayotga kiritish jarayonidir.
“bolalarning xilma-xilligiga pozitiv munosabatda bo‘lish va ularning individual o‘ziga xosliklarini muammo sifatida emas, balki ta’lim jarayonini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lgan dinamik tarzda rivojlanuvchi yondashuv.
|
5.
|
Integrasiyalashgan
ta’lim
|
e.
|
bolaning umumta’limga kelib ketishi
bolani o‘zgartirish
ta’limga qo‘yilgan talablarni bajarish
|
6.
|
Maxsus pedagogika
|
f.
|
pedagogik fanlar sirasiga kirib, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish xususiyatlarini, ularning ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlarini о‘rganadigan fandir.
|
7.
|
Maxsus pedagogikaning predmeti
|
g.
|
jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va ularning ta’limi va tarbiyasi masalalari
|
8.
|
Maxsus pedagogikaning maqsadi
|
h.
|
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar differensial va inklyuziv ta’limini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni о‘rganish, psixojismoniy kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yо‘llarini aniqlashdan iborat
|
9.
|
Maxsus pedagogika fanining rivojlanishi natijasida uning quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan:
|
i.
|
Surdopedagogika
Tiflopedagogika
Oligofrenopedagogika
Logopediya
|
10.
|
Nuqsonlarning kelib chiqish sabablari
|
j.
|
(prenatal nuqsonlar, nasliy nuqsonlar
(natal, postnatal nuqsonlar)
|