Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə1/23
tarix23.10.2017
ölçüsü1,76 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


Oпрямоугольник 4‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR KAEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI”

FANIDAN

o‘quv -uslubiy majmua

Toshkent -2016

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

«Tasdiqlayman»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor f.f.n S.U.Aliev ____________________________

«___» _______________2016 yil
IQTISODIYOT NAZARIYASI”

FANIDAN

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Toshkent-2016

Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi.

Tuzuvchi: Professor X.M.Mamedov

Taqrizchi. Dotsent. K.K.Ismailov


O‘quv -uslubiy majmua Bosh ilmiy-metodik markaz Ilmiy-metodik kengashining 2016 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.

MUNDARIJA


I.ISHCHI DASTUR 5

II Sillabus 28

III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI. 33

IV.NAZARIY MATERIALLAR 36

147

V. SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI 152



VI. KEYSLAR BANKI 197

VII.MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 201

VII.TESTLAR 202

IX.GLOSSARIY 211

X.ADABIYOTLAR RO‘YXATI 216



I.ISHCHI DASTUR


Kirish

Har tomonlama kamol topgan yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi fan iqtisodiyot nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining tarkib topish xususiyatlari, o‘tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonlari, iqtisodiy o‘sish va unga ta'sir etuvchi omillar, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendensiyalari kabi masalalarni qamrab olgan.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir a'zosini g‘oyaviy jihatdan yo‘naltirish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko‘maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida Seminar ko‘nikmalarni hosil qilish. Mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar taqsimoti

Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar.

«Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: -iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi kerak;

- talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni) iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga egabo‘lishi kerak; - talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Iqtisodiyot nazariyasi fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubi jihatdan uzviy ketma-ketligi.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar (moliya-kredit, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, sug‘urta va bojxona ishi dan ham ozuqa oladi. U tadqiqot usullari bo‘yicha boshqa ijtimoiy (falsafa, tarix, huquqshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik) fanlar bilan ham mustahkam bog‘liqdir.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul'timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.



“Iqtisodiyot nazariyasi ” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qarati.

Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, Seminar faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, Seminar ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari: o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “yexcel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.

Iqtisodiyot nazariyasi’’ fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:

t/r

Mavzular nomi

Jami

soat


Ma'ruza

Seminar mashg‘ulot

TMI

Jami

1

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish usullari

4

2

2

5

9

2

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

4

2

2

5

9

3

Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

4

2

2




4

4

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilish mexanizmi. Bozor va uning tuzilishi

4

2

2

5

9

5

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari va xususiyatlari

4

2

2

5

9

6

Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. Raqobat va narxning shakllanishi

4

2

2

5

9

7

Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

4

2

2

5

9

8

Korxona xarajatlari va foydasi. Ish haqi va mehnat munosabatlari

4

2

2




4

9

Agrar munosabatlar va agrobiznes

4

2

2




4

10

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. YaMM va uning harakat shakllari. Iqtisodiy o‘sish va milliy boylik

4

2

2




4

11

Iste'mol, jamg‘arma va investitsiyalar

4

2

2

5

9

12

Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik. Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik.

6

4

2

5

11

13

Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli

8

4

4

5

13

14

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli. Axoli daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


4

2

2

4

8

15

Jahon xo‘jaligi va uning rivojlanish qonunlari

4

2

2



4

16


Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari

6

2

4




6




jAMI

72

36

36

49

121

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Asosiy qismda (ma'ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chikarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-xususiy va boshqa soxalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngti yutuqlari e'tiborga olinishi tavsiya etiladi



Ma'ruza mashg‘ulotlari

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetiva bilish usullari. Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste'mol. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik. Iqtisodiyot oldidagi muammolar. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlaridagi iqtisodiy g‘oyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi. Iqtisodiy qonunlar va jarayonlarni ilmiy bilishning dialektik qoidalari. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganish usullari.

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: blits-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q”

Adabiyotlar: A1;.A2;A3;A4; Q1.Q3.Q5.



Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlar. Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar: tarixiy-formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik darajasi, iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari. Ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya. Sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari. Sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi. Ishlab chiqarishning texnologik usuli. Oddiy kooperatsiya, manufaktura va yirik mashinalashgan ishlab chiqarish. Industrlashishgacha bo‘lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan (axborotlashgan) jamiyat. Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an'anaviy iqtisodiyot, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining bosqichlari: erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni: egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish. Mulk ob'ekti va sub'ekti. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari. Mulk shakllarining tasniflanishi. Davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk, xususiy mulk va aralash mulk. Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o‘rni. Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: axborot ma’ruzasi, insert, blits-so’rov, prizintatsiya, B.B.B

Adabiyotlar: A1;.A2; A3;A4; Q2. Q5;



Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining asosidir. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari va farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari. Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati (qiymati). Tovar qiymatining miqdori. Individual va ijtimoiy zaruriy naflilik. Individual va ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari. Ijtimoiy-zaruriy ish vaqti. Mehnatning ikki yoqlama tavsifi: aniq mehnat va abstrakt mehnat. Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning asosiy vazifalari: qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, jamg‘arish vositasi, to‘lov vositasi.

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: ma’ruza, hikoya, axborot, Tovar, pul

Adabiyotlar: A1;.A2; A3;A4; Q1; Q2;Q 3;



Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor va uning tuzilishi. Bozor

iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining sub'ektlari: uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo‘llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Iqtisodiy sub'ektlar harakatining ta'minlanishi. Bozor iqtisodiyotining boshqa ijobiy jihatlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari. “Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi. Bozorning mazmuni va asosiy belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning ob'ektlari va sub'ektlari. Bozorning vazifalari. Bozorning turkumlanishi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Bozor infratuzilmasi. Bozor infratuzilmasi muassasalarini guruhlash yo‘nalishlari. Bozor infratuzilmasi tarkibi.



Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari:munozarali ma’ruza, insert, aqliy xujum, blits-so’rov, klaster

Adabiyotlar: A1;.A2;A3;A4; Q1; Q3



Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion va evolyusion shakllari. Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning xususiyatlari. O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. O‘tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. O‘zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy ta'sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Iqtisodiy islohotlarning mazmuni. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi va strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari.

Kataloq: library -> books -> majmua obshiy -> ijtimoiy
library -> Kafedrasi
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> Qrafikdizay n fənninin proqramı baki – 2013 Azərbaycan Respublikası Təhsil Nazirliyi Azərbaycan Dövlət İqtisad Universiteti “Dİzayn” kafedrası Qrafik dizayn
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İQTİsad universiteti «İQTİsadi TƏHLİl və audiT»
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İqtisad universiteti «İQTİsadi HÜquq»
ijtimoiy -> Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
majmua obshiy -> O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə