Jamiyat va oila falsafasi



Yüklə 4,87 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü4,87 Kb.
#138940
Jamiyat va oila falsafasi-fayllar.org (1)


Jamiyat va oila falsafasi

Jamiyat va oila falsafasi
Jamiyat - falsafiy tahlilning eng murakkab obyektlaridan biri. Jamiyat nima, uning tarkibiy to’zilishi qanday, jamiyatning nazariy modelini tuzish mumkinmi yoki yo’qmi, jamiyat rivojlanishining ko’rsatkichi bormi, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari faoliyati haqida nimalar deyish mumkin kabi sonsiz savollar faylasuflarning qizg’in bahslari mavzusi bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda
Mazkur savollarning bizning kunlarda yanada faolroq muhokama qilinayotganligi tabiiy. Har qanday normal odam o’zini jamiyatdan, uning buguni va ertasidan ajratib tasavvur qila olmaydi. Bu masalalarni nazariy to’g’ri hal qilish Sizning ertangi kundagi jamiyatdagi faol harakatingizning asosidir
Jamiyat kategoriyasi falsafada keng va tor ma’nolarda qo’llaniladi. Keng ma’noda bu tushuncha tabiatning yuksak darajada rivojlangan tarkibiy qismi, o’z- o’zidan rivojlanib boruvchi ijtimoiy organizmni, kishilar hayot-faoliyati va munosabatlarining jamini ifodalaydi
Tor ma’noda esa jamiyat-bu insoniyat tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq turini bildiradi. Umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish, jarayonlarni ifoda qiladi.
Jamiyatni, uning u yoki bu jihatlarini, konkret tomonlarini, qirralarini o’nlab fanlar o’rganadi. Mas, tarix muayyan mamlakat, xalqning kelib chiqishi, uning moddiy va ma’naviy hayoti, turmush tarzi, urf-odati, tarixiy shaxslar faoliyati, muhim voqea-hodisalarini xronologik tartibda bayonini beradi
Iqtisodiy nazariya fani ishlab chiqarishni boshqarish qonunlari, moddiy boyliklarni taqsimlash va ayriboshlash, mulk shakllarining amal qilish qonuniyatlarini o’rganadi. Tilshunoslik tilning paydo bo’lishi, amal qilishi va rivojlanishi qonunlarini, muomalada qanday rol o’ynashini aniqlaydi va h.k.
Jamiyatning muayyan hodisalari, ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlarini o’rganuvchi konkret ijtimoiy fanlarning barchasi tadqiqot obyektlarini tahlil qilish jarayonida ba’zi metodologik tamoyillarga amal qiladi. Bu tamoyillar esa jamiyatni yaxlit bir ijtimoiy tizim sifatida o’rganuvchi falsafa fani tomonidan ishlab chiqiladi.
Jamiyat o’zaro o’ta murakkab va serqirra munosabatlarda to’rgan ulkan miqdordagi element va tizimlar jamidan iborat. Bu ulkan dinamik tizim doimo harakatda: o’sishda, yangilanishda. Jamiyatning biz tahlil qiladigan asosiy tushunchalarining ba’zilari quyidagalardir: ijtimoiy borliq jamiyatning nazariy modeli, jamiyatning moddiy hayoti, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tashqilotlar, davlat, kishilarning ijtimoiy birliklari, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari, tarixiy jarayon va h.k.
Insoniyat tarixining muayyan bosqichlarida odamlar tabiiy va ijtimoiy birlikning irq, oila, nikoh, urug’, qabila, elat, millat, ijtimoiy qatlam siflar, xalq kabi shakllariga uyushganlar. Mazkur birliklar o’zining shakli, mohiyati, vazifasiga ko’ra bir - birlaridan farqlanadilar.
Irq (ar. - tomir, ildiz) kishilarning tabiiy birligi bo’lib, uning asosiy mezoni odamlarning o’zaro gavda to’zilishi, tashqi qiyofasi, teri, ko’z va soch rangi, ko’rinishi kabi belgilari bilan farqlanishidir. Irqlar asosan uchta: evropoid, mongoloid, negroid. Lekin hozir aralash irqlar ko’payib ketgan.
Irqlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng mavqega ega bo’lishlari kerak
Tabaqalar o’zlarining iqtisodiy, huquqiy mavqelari bilan farqlanuvchi ijtimoiy guruhlar...
Urug’ qon-qarindoshlikka asoslangan ijtimoiy - etnik guruh - birlik. Urug’ning kelib chiqishi, hayot tarzi, tili, urf - odat, e’tiqodlari bir. Urug’da qon - qarindoshlik va ishlab chiqarish aloqalari belgilovchi ahamiyat kasb etgan.
Qabila - bir necha uruglardan tashqil topgan, bir hududda yashovchi, o’z tili, urf - odatlari, turmush tarziga ega bo’lgan birlik. U iqtisodiy, madaniy, axloqiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatini kengaytirgan.
Elat (xalq - etnik qatlam ma’nosida) - kelib chiqishi, tili jihatidan qon-qardosh bo’lgan, bir hududda istiqomat qilib, bir xil madaniyatga ega bo’lgan qabilalar uyushmasi.
Millat kishilarning tarixan tashqil topgan birligi bo’lib, u xo’jalik hayoti, til, hudud, madaniyati, milliy o’zligini anglash va milliy ruhiyat xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy turmush, madaniyatdagi umumiylik -bo’lar millatning eng muhim belgilari hisoblanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Yüklə 4,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin