Mashinasozlik



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/13
tarix13.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128938
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
X-0


O`zbekiston Respublikasi
Oliy va O`rta Maxsus ta’lim Vazirligi
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


MASHINASOZLIK” FAKULTETI


YEUTTyo’nalishi 165-15 guruh talabasi


__________________________________________ ning


«INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI»
FANIDAN
_________________________________________________
_________________________________________________”


mavzusidagi


MUSTAQIL ISHI

Rahbar: ____________________
A NDIJON– 2016
REJA

KIRISH 3
I. NAZARIY QISM 5
1.1. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. 5
1.2. Masalalarni kompyuterda yechishning algoritmlash bosqichi. 12
1.3. “Algoritm” tushunchasi va unga misollar. 13
II. ASOSIY QISM 16
2.1. Delphi 7 interfeysi bilan tanishish 16
2.2. Delphi dasturlash tilida ishlatiladigan asosiy komponentlar va X-0 o’yini dasturini yaratish 26
XULOSA 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 34


KIRISH


Hozirgi vaqtga kelib kompьyuter olamida ko‘plab dasturlash tillari mavjud. Ular Basic, Paskal, C , C ++ , Delphi va boshqa dasturlash tillaridir. Paskal tili
1969 yil N. Virt tomonidan yaratilgan bo‘lib, keyinchalik amerikaning Borland firmasi tomonidan qayta ishlanib Turbo Pascal deb nomlandi. Turbo Pascal ni qayta ishlash natijasida ob’ektli dasturlash yo‘lga qo‘yildi va u Object Pascal deb atala boshlandi. Hisoblash texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi natijasida Borland firmasi tomonidan yangi Delphi dasturlash tili yaratildi.
Delphi dasturlash tili Windows uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning birinchi versiyasi Windows 3.1 operatsion sistema qobig‘ida ishlagan. Windows 95 operatsion sistema yaratilganidan so‘ng, 16-razryadli Delphi 2, keyinroq 32-razrayadli Delphi 3 versiyasi yaratildi. Windows 98 operatsion sistemasi uchun Delphi ning to‘rtinchi versiyasi va xozirgi kunda Delphi 5, Delphi 6, Delphi 7 va Delphi 8 lar paydo bo‘ldi.
Delphi dasturlash tili – bu dasturlarni qayta ishlash muxiti bo‘lib, Windows operatsion sistemasida ishlaydi. Unda ob’ektli dasturlash tili bo‘lgan Object Pascal mujassamlashgan.
Delphi vizual proektlar, turli xolat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashda vaqtdan yutish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
DELPHI dasturiy vostasi-bu Windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruxi dastur tuzuvchilari CHak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.
Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Borland Delphining paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi;

  • Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi.

  • Masalalarni yechish uchun ob’ektga yo‘naltirilgan usul.

  • Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.

  • Interpritatsiyadan emas, kompilyasiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi.

  • Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi.

Borland Delphi yuqorida bayon etilgan tendensiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskalь tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3... , Delphi 10 va h.k.).
Delphi dasturlash tili uchun Paskalь dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?
Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. YA’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphida biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphi da, agar unga foydalanuvchi nom bermasa, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga foydalanuvchi nom bermasa, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. Foydalanuvchi esa .pas kengaytmasini saqlagan holda xoxlagan nomini berishi mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin