Mavzu: Ekspeditsiya tadqiqot faoliyati va geografiyasi Reja



Yüklə 21,81 Kb.
səhifə2/2
tarix22.09.2022
ölçüsü21,81 Kb.
#117920
1   2
Ekspeditsiya tadqiqot faoliyati va geografiyasi
Milliy g‘oya targiboti, Abdulla Qodiriyning Hayoti va ijodi.
^ Dala bosqichi ekspeditsiya geomorfologik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Asosiy faktik ma’lumotlarni to‘plash, to‘plangan ma’lumotlarni dastlabki qayta ishlash, o‘rganilayotgan hududning geomorfologik tuzilishi haqida birinchi xulosalarni chiqarish, tadqiq etilayotgan hududning daladagi dastlabki variant geomorfologik xaritasi tuziladi. Olib borilayotgan tadqiqotning maqsadi va tuzilayotgan xaritaning mashsshtabiga bog’liq holda xarita tuzishning ikki metodidan biri qo‘llanilishi mumkin. Yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan tayanch hudud metodi yoki butun maydonni xaritaga tushirish metodi.
Birini ya‘ni tayanch hudud metodi qo‘llanilganda o‘rganilayotgan rayon uchun tipik bo‘lgan unchalik katta bo‘lmagan maydonlar tanlab olinadi, so‘ngra olingan natijalar o‘rganilayotgan rayonning boshqa qolgan uchastkalari uchun huddi taxlit bo‘lishi kerak deb hisoblanadi va xaritaga tushiriladi. Bu ekstrapolyatsiya metodi deb ataladi. Bunda yirik masshtabli topografik xaritalar, aerofotorasmlar, kosmik fotosuratlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Tayanch uchastkalar o‘rganilayotgan rayon uchun masalalalar yechimini ochadigan namunaviy andozalar sifatida xizmat qilishi kerak. Qo‘lanilayotgan ekspolyatsiya (metodining to‘g’ri ekanligini nazorat qilish maqsadida tayanch hududlarni bir-biriga bog’laydigan ishchi xarita marshrutlari siyrak turi tortiladi (tayanch hududlar orasidagi tayanch bo‘lmagan maydonlar tadqiqot marshrutlariga saylanma holda bo‘lsa ham tadqiqotga tortiladi.

Yirik masshtabli xaritalashtirishda butun maydon bo‘ylab tadqiqotlar olib boriladi. Bu holda tadqiqot bir qadar masofasi teng marshrutlar bo‘yicha olib borilib, marshrut va kuzatish shahobchalari yetarlicha zich bo‘ladiki, tayanch maydonlarga ehtiyoj qolmaydi. Tabiiyki, maydon bo‘ylab tadqiqotlar olib borish metodida, tayanch hududlar metodiga qaraganda vaqt ko‘proq sarflanadi, tadqiqotlarga tortilgan kuchlar ham ko‘proq bo‘lish talab etiladi. Shu narsani aniq ta‘kidlash zarurki, har ikkala holda ham dala ishlari umumiy (tanishuv va moslashuv) muvofiqlashuv marshrutlaridan boshlanadi. Bunday muvofiqlashuv dala tadqiqotlarida rekognostsirovka deyiladi. Odatda, rekognostsirovka marshrutlarining maqsadi olinishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar asosiy geomorfologik komplekslarni qamrab olsin va rayon uchun harakterli bo‘lgan relef elementlari va shakllari, tayanch geologik ochilmalar va geologik ob‘ektlar (masalan, kon belgisi, qadimgi konlar) tadqiqotga tortilmasdan qolmasin. Rekognostsirovka marshrutlari vazifasiga xaritalashtirilayotgan hudud doirasidan tashqariga, tutash maydonlarni qamrab olishi mumkin, chunki muayyan geomorfologik jarayon hamma vaqt unga tutash hududlarda ham davom etadi, bu narsa avvaldan tuzilgan tadqiqot dasturini rekognostsirovka aniqlash va muayyanlashtirish imkonini berishligini ko‘rsatadi. Rekognostsirovka marshrut ishlaridan keyin boshqa asosiy marshrutlar shahobchalari aniqlanadi, bu marshrutlar bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Zarurat tug’ilganda dala ishlarining so‘nggida bir necha yakuniy marshrutlar tashkil qilinishi mumkin. Bunday yakuniy marshrutlardan maqsad dala tadqiqotlari davomida u yoki bu sababga ko‘ra, ayrim joy yoki geomorfologik ob‘ektga qay darajada e‘tibor berilgan bo‘lishini aniqlash, xaritani tuzishda ayrim faktik ma’lumotlarni aniqlash, detallashtirish, umumiy dam tabiiy geografik landshaft va geomorfologik xaritalarini yana bir tekshiruvdan o‘tkazishdan iboratdir.

Kameral bosqich – barcha yig’ilgan faktik materiallarni qayta ishlash va ularga muayyan geomorfologik qonuniyatlar bilan bog’lash va umumiy geomofologik xulosa chiqarish bosqichidir. Bu bosqichda turli tahliliy ishlar – ya‘ni tog’ jinslari namunalari laboratoriyada turli yo‘nalishda tahlil etiladi, fotomateriallar deshifrovka qilinadi, yakuniy geomorfologik xarita tuziladi, ilmiy hisobotning matni tuziladi, tegishli faktik ma’lumot hisobot matnga ilova qilinadi.

5. Hisobot bosqichi – tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘plangan ma’lumotlar guruhlashtiriladi va tahlil etiladi. Chizmalar, lavhalar, xarialar, diagrammalar, meteoma’lumotlar, gidrologik va boshqa ma’lumot tartibga solinadi. Hisobot matni tuziladi. Matnda ekspeditsiya maqsadi, vazifasi, qaysi tashkilot yoki muassasa tomonidan uyushtirilganligi, qanday metodlarda –(tayanch maydonlar, marshrutlar) ish olib borilganligi, qanday natijaga erishilganligi ilmiy ta‘rif talabiga muvofiq bayon etiladi. Ekspeditsiya oliy o‘quv yurti tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa avval tegishli kafedra, so‘ngra fakultet ilmiy kegashida va o‘quv yurti kengashida muhokama etilib ma‘qullanadi. Ekspeditsiya rahbarlari hisobotni yoqlaydilar. Taqrizchilar ekspeditsiya olib borilgan ishlar tadqiqotlar rejaga va dasturga, maqsadga mosligi, ishlarning hisobot matnida aks etganligini yozma ravishda, tegishli kengashda og’zaki bayon etishi ham mumkin.


Ekspedetsiya tadqiqotlarining bir turi va tarkibiy qismi sifatida tabiiy geografik stadsionarlarni ko‘rsatish mumkin. MDH hududida bunday stadsionarlarni tashkil etish tashabbuskori akademik A.A. Grigorev hisoblanadi. Hozirgi Rossiya Fanlar Akademiyasi Geografiya ilmiy tadqiqot instituti Kursk, Shushensk, Tyanshan stadsionarlari ish olib bordi. Stadsionarlarda tabiiy komplekslarning reaksiya, issiqlik, suv, kirim-chiqim rejimi bilan birga biotic yo‘nalishdagi tadqiqotlar ham olib borilgan. Hozirgi vaqtda gidrometeorologiya stansiyalari; qo‘riqxona va milliy tabiat bog’larida olib boralayotgan dastur va rejimning dastlabki varianti bo‘lgan stadsionar tadqiqotlar geografik mazmundagi g’oyalarning amalda isbotlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Iqtisodiy geografiyaning tadqiqot usullari. Ma`ruzalar matn. Tuzuvchi: o`qit. X.Jumayev

  2. Soliev. A.S. «Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari». Toshkent. 1999

  3. www.ziyonet.uz

Yüklə 21,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə