10-Labaratoriya mashg’uloti Mavzu:Mato kapillyarligini aniqlash. Pardozlash jarayonida vujudga keladigan nuqsonlarni o’rganish.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI KIMYOVIY TEHNOLOGIYASI Fanidan O’qituvchi:Choriyev N
Ishning maqsadi: Pardozlashga tayyorlangan namunalarning kapillyarligini aniqlashni o’rganish.
Matoni pardozlashga tayyorlash jarayonida vujudga keladigan nuqsonlar: Tuk kuydirishda:
Chala va notekis kuydirilgan.
Xar xil ziyli kuydirish.
O‘ta kuydirish.
Oxorsizlashtirishda:
Chala oxorsizlashtirish.
Matoni b’shashib qolishi (tuzalmaydi), bu nuqsonlar mato ko‘p vaqt saqlanganda va matoni qurib qolishi natijasida vujudga keladi
Qaynatish: Notekis qaynatish.
Sovunli dog‘lar - matodagi Ca2+ va Mg2+ tuzlari cho‘kmasi.
Zangli dog‘lar.
Qo‘ng‘ir dog‘lar.
Matoni bo‘shashi.
Oqartirish Matoni cho‘zilishi
Chala oqartirilganlik
Oqlik darajasini va kapillyarligini pastligi.
Merserlash: Etarlicha bo‘lmagan yaltiroqlik
Ziylarda zanglarni paydo bo‘lishi
Ziylarni yirtilishi
Mato enini notekisligi.
Bu nuqsonlar texnologik parametrlarga rioya qilmaslik va jihozni nosoz ishlashi natijasida vujudga keladi. Nuqsonlar qaytar va qaytmas bo‘lishi mumkin. Qaytmas nuqsonli matolar gruntli gul bosishga, o‘yinchoq fabrikasiga jo‘natilishi mumkin yoki tayyor mato massada yoki lahtak ko‘rinishda sotuvga chiqarishga mo‘ljallanadi.
Mato sifati to‘liq, tanlab na nazorat bo‘yicha tekshiriladi. Tashqi ko‘rinishi, qadog‘i va tamg‘asini normativ-texnik xujjatlarga mos kelishi to‘liq 100% tekshiriladi. Tanlab tekshirish faqat standart, texnik shart yoki tegishli shartnomaga asosan o‘tkaziladi. Sifatni nazorat tekshirish savdo tashkilotlari tomonidan to‘qimachilik korxonalarida o‘tkaziladi. Bunday hollarda bozor uchun tayyorlangan matoning kamida 10%-i nazoratdan o‘tkaziladi.
Nazoratdan o‘tgan matoda nuqsonlar ip, to‘qima va pardoz bo‘yicha turlarga ajratiladi. Ipdagi nuqsonlar tolani yigirish, unga burama berish, ip olish uchun tolalar aralashmasini noto‘g‘ri tayyorlash, yaxshilab taramaslik, pilikni notenks tortish jarayonlarida vujudga keladi. Bu nuqsonlar matoning sifati tashqi ko‘rinishini yomonlashtiradi, xizmat qilish va yaroqlilik muddatini kamaytiradi.
To‘quvchilikdagi nuqsonlar to‘quv jihozini noto‘g‘ri rostlash, ipning sifati past bo‘lganda, ishchilarning xatosi bilan vujudga keladi. Pardozlash bosqichi nuqsonlari oqartirish, bo‘yash, gul bosish, paxmoqlash va yakuniy pardoz berish texnologik jarayonlarini buzilishida sodir bo‘ladi.
Mato tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlar ikki – xududiy va tarqalgan turlarga ajratiladi. Xududiy nuqsonlari bu – matoning ayrim joyida hosil bo‘lgan dog‘lar, teshiklar, rang tuslarining o‘zgargani va boshqalar. Tarqalgan nuqson esa mato bo‘lagi bo‘yicha yoyilgan bo‘ladi. Xududiy nuqsonlar o‘lchami bo‘yicha baholanadi.
O‘lchami katta bo‘lgan xududiy nuqsonlar (2 sm dan katta bo‘lgan dog‘lar, teshiklar, choklar, rangn tusini o‘zgargan qismlari) mato bo‘lagidan to‘qimachilik korxonasida kesib tashlanadi. Bunday nuqsonlar korxonada kesib tashlanmay bo‘lsa, magazinda tekshiruv chig‘ida aniqlansa, ular kesiladi va korxonaga qaytariladi va ularga jarima solinadi. Nuqsonlarni kesib tashlash orqali bir to‘pdagi mato bo‘laklari soni standart talablariga mos kelishi shart.
Tegishli xujjatning minimal talablaridan og‘ish bo‘lgan xollarda mato 2-navli hisoblanadi. Masalan zig‘ir matosi uchun 1-navga tegishli bo‘lgan minimal ko‘rsatkichlardan ko‘pi bilan quyidagi og‘ishlar (%) bo‘lganda u 2-navga qabul
qilinadi: eni bo‘yicha – 1,5; yuzaviy zichligi bo‘yicha – 5,0; 10 sm dagi iplar soni bo‘yicha – 2,0; uzilishga mustahkamligi bo‘yicha 5,0.
Tayyor mato 15 – 18°C haroratda havoning nisbiy namligi 60 ± 65% bo‘lgan sharoitda saqlanadi. Harorat va namlikni ortishi matoda mikroorganizmlarni rivojlanishiga va ular ta’sirida chirishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik matolar uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni nazorat qilish majburiy hisoblanadi: tolaviy tarkibi (%), iplarning chiziqli zichligi (teks), 10 sm dagi asos va arqoq iplarning soni, mato eni (sm), matoning yuzaviy zichligi (g/m2), uzilishdagi mustahkamligi (N), rang mustahkamligi (ball).
E’tiboringiz uchun rahmat