Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi XTMFMT va TE bo`limiga qarashli 22-umumiy o`rta ta’lim maktabining Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Tashbekova Muniraning o`qish fanidan
1 soatlik
DARS ISHLANMASI
2016- yil
mAVZU: Qor
Bajariladigan ishning mazmuni;
Darsning texnologik xaritasi
Mavzuning qisqacha ta‘rifi
|
Faoliyat mazmuni:
|
O‘lkamizda dekabr oyida oltin kuz o‘rnini qish fasli egallaydi. Bepoyon dalalarni oppoq qor qoplaydi. Hamma yoqda sovuq izg‘irin kezadi.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Suhbat, savol-javob, tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, “Zinama-zina” metodi, didaktik o‘yin, “Sinkveyn” metodi, “BBB” metodi, “Klaster” usuli.
Shakl: Jamoa, kichik guruh va har bir o‘quvchi bilan ishlash.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, qor parchalari shakllari, mavzuga oid rangli rasmlar,texnik vositalar.
Baholash: Rag‘bat kartochkalari asosida baholash.
O‘quvchilarning olgan baholarini kundaligiga qo‘yish.
|
Nazorat
|
O‘quvchilarning dars davomidagi faolligini kuzatilib, hisobga olib boriladi. O‘quvchilarga tarqatilgan rag‘bat kartochkalaridan foydalanib ish olib borish.
|
Baholash
|
O`quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to`g`ri va ravon o`qish o`qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e`lon qilinadi va faol bilimdon o`quvchilar rag`batlantiriladi.
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
Ta ‘limiy maqsad
|
O`quvchilarning og`zaki rivojlanishi, nutqini o`stirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish. Ularning o`qish texnikasini mukamimal egallashga erishish. Ifodali, ongli va diqqat bilan o`qishlariga e`tibor berish. Darsni tabiatshunoslik matematika fanlariga bog`lab o`tish.
|
|
Tarbiyaviy
|
. Tevarak atrof, yashil olam boyliklarini asrashga, ona tabiatni muhofaza qilishga, qushlar, hayvonot olamiga g`amxo`r bo`lishga o`rgatish. O`zaro hamjihat va do`stona munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash. She`rni o`qib-o`rganish orqali tabiat hodisalarini va ularning insonga ta`sirini o`rganadilar.
|
Rivojlantiruvchi maqsad
|
O‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikmalarini mustahkamlash, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish malakalarini rivojlantirish, fasllar o’zgarishi haqidagi fikrlarini kengaytirish
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish.
O‘quvchilar davomatini aniqlash. Qish fasli haqida qisqacha suhbat. Sinf jamoasini kichik guruhlarga bo‘lib olish.
“Klaster” usuli.
|
Suhbat
Savol-javob
|
5 daqiqa
|
2-bosqich
O ‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash
|
Tekshirish. O ‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
Dars davomida rioya qilish lozim bo ‘lgan qoidalar
belgilanadi.”Aqliy hujum” metodidan foydalanish. O ‘tgan darsda o‘tilgan “Qish” mavzusini savol-javob qilish.
Tarqatma varaqlar, ko‘rgazmali qurollar orqali so‘rash.
Dam olish daqqiqasi
|
O‘z-o‘zini baholash.
|
10daqiqa
|
3-bosqich.
Yangi mavzuning bayoni
|
Yangi mavzuni o‘qib berish. Mavzu haqida suhbat uyushtirish. Topishmoq.
Topshiriq bilan o‘qish.
|
Tushun-tirish, muammoli izlanish, og‘zaki savol-javob
|
15 daqiqa
|
4-bosqich.
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
“Birinchi qor” mavzusida munozara.O‘rganganlar muhokama qilinadi. Zanjir usulidan foydalanish.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir qo‘shimcha materiallar ustida ish olib boradi
|
Muammoli izlanish
|
10daqiqa
|
5-bosqich
Darsni yakunlash, baholash.
|
Rag‘bat kartochkalari orqali baholash.
Kundaliklarga ballarni qo‘yish
Darsni yakunlash
|
|
3 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish.
|
She’rni yod olib kelish topshiriladi.
She’r mazmuniga mos ravishda rasm ishlash.
|
|
2 daqiqa
|
1-bosqich.
TASHKILIY QISM:
O‘qituvchi: Bolajonlar omonmisiz,
Bugun darsga tayyormisiz?
O‘quvchilar:Biz hammamiz omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz.
Navbatchi axboroti orqali davomat aniqlanadi.
O‘qituvchi: Hozir o‘lkamizda qaysi fasl?
O‘quvchi: Qish fasli.
O‘qituvchi: Qish fasli qaysi oydan boshlanadi?
O‘quvchi: Dekabr oyidan boshlanadi va uch oy davom etadi.
O‘qituvchi:Rahmat.. Demak, darsimiz o‘qish. Bugungi darsimizni
guruhlarga bo‘lgan holda, musobaqa tarzida o‘tkazamiz.
Shiorimiz: Doimo olg‘a intilish.
1-guruh. Qor parchalari
2-guruh. Yaxmalak.
3-guruh. Qor bo’ron
O‘qituvchi: O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib olganlaridan so‘ng, Vatanimizga “Klaster’’ usuli orqali ta’rif berib o’tadilar.
1-guruh.
Qishloq xo’jaligi
Paxta
Bug’doy
Poliz ekinlari
Sabzavotchilik
Bog’dorchilik
2-guruh
Buxoro
Tarixiy obidalarga e’tibor berildi
Samarqand
Xiva
Toshkent
Muz
Qor bo’ron
3-guruh.
Qarg’a
qor
Chang’i
QISH
ni
archa
chana
sumalak
yaxmalak
Tuman n
Guruhlar javoblari baholab boriladi. Ajratilgan vaqtda yaxshi javob bergan guruhlar rag`batlantiriladi.
2-bosqich. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tganmiz?.
O`quvchilar: Qish mavzusini o`tgan edik.
O`qituvchi: O`tilgan mavzuni so`rash maqsadida sizlarga tezkor savollar beraman, to`g`ri javob bergan guruhlarni baholab, rag`batlantirib boraman.
O`qituvchi:”Aqliy hujum” metodidan foydalanaman.
-
Qish fasli qaysi oydan boshlanadi?
-
Qish faslidagi bayramlarni sanab o`ting.
-
Qish fasli qaysi oylardan tashkil topgan?
-
Qishda dalalarni nima qoplaydi?
-
Qor qachon eriy boshlaydi?
-
Qishdan keyingi fasl qaysi?
Savollarga to`g`ri javob bergan guruhlar va o`quvchilar rag`batlantirilib, baholanadi. Har bir guruh o`quvchilari savollarga birin-ketin navbat bilan javob berishadi.
Dam olish daqiqasi.
Qish-qishligin qilmasa
Ishga zarar yetadi
Qor yog`masa don-dunni
Chumchuqlar yeb ketadi
O`qituvchi: O`lkamizda qish fasli qaysi oydan boshlanadi? Qishning belgilarini ayting.
O`quvchilar:Dekabr, yanvar, fevral. Havo sovuq, yerlar muzlaydi.
O`qituvchi: Qish fasli haqida to`rtlikni kim yozgan?
O`quvchilar: Oybek domla yozganlar.
O`qituvchi: ”...kimdir quloq, burunlarini chimchilab, hazil qiladi” gapini qanday tushundingiz?
O`quvchi: Qishdagi sovuq odamlarga shunaqa ta’sir qiladi.
O`qituvchi: Matnda urug`, daraxt va hayvonlar haqida nima deyilgan? Shu
o`rinni topib o`qing.
O`quvchi: Hozir urug‘lar tinch uyquda.
Daraxt kurtaklari rohatlanib uxlamoqda. Ayiqlar ham, bo`rsiqlar, kaltakesaklar ham, tipratikanlar ham in-inlarida tinch uxlab, orom olmoqda.
3-bosqich. Yangi mavzuning bayoni.
Mavzu: Qor
Zafar Diyor
Oppoq – tiniq,
Oppoq – qor.
O`ynab tushar osmondan,
Qor qo`ynida.
O`ynoqlab,
Yurar yoshlar shod-xandon.
Mohir qo`lli
Tabiat
O`z hunarin ko`rsatar...
Marhabo –
Deb bizlarga
Sepayotir zar va zar
Issiq-issiq
Kiyinib
Qor qo`ynida o`ynaymiz...
Oyoqlarda
Konkilar,
Ham chang`ilar,
Quvnaymiz.
Oppoq – tiniq,
Oppoq – qor.
O`ynab tushar osmondan,
Qor qo`ynida.
O`ynoqlab,
Yurar yoshlar shod-xandon.
O`qituvchi she’rni ifodali o`qib, mazmunini tushintirib beradi.
” Qor” she’rini yaxshi o`qigan o`quvchi o`qib, qolgan o`quvchilar ”Zanjir” shaklida navbat bilan o`qishadi.
1-guruh. Qor parchalari
Oppoq – tiniq,
Oppoq – qor.
O`ynab tushar osmondan,
Qor qo`ynida.
O`ynoqlab,
Yurar yoshlar shod-xandon.
2-guruh. Yaxmalak.
Mohir qo`lli
Tabiat
O`z hunarin ko`rsatar...
Marhabo –
Deb bizlarga
Sepayotir zar va zar
3-guruh. Qor bo`ron
Issiq-issiq
Kiyinib
Qor qo`ynida o`ynaymiz...
Oyoqlarda
Konkilar,
Ham chang`ilar,
Quvnaymiz.
O`qituvchi: She`rni ifodali va to`g`ri o`qigan o`quvchilarni osmon jismlari va bulut aks ettirilgan rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiradi.
3
5
4
4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Savollar
-
She’rda qor qanday tasvirlangan?
-
Qor bolalarga yoqadimi? Mantdan shu o`rinni topib o`qib bering.
-
Bolalar qor yoqqanda nima uchun quvonadilar?
Topishmoq.
Kumush kapalagim ucha-ucha yerga qo`ndi. (qor).
Ko`zga ko`rinmas
Qo`lga ilinmas (havo)
Qozonda emas, qaynaydi
Qishin-yozin tinmaydi (buloq)
Qorin qo`yib qorbobo
Qo`lqopini qidirdi
Qorqiz qalin qalpog`in
Qulog’iga qo’ndirdi (archa)
Maqollar.
Qishning qori- kuzga baraka.
Qish gamini yozda ye.
Yozda harakat, qishda barakat.
O’qituvchi: ”Ofarin” deb olqishlaydi va o`tgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini aniqlab, mavzuga yakun yasaladi.
5-bosqich.Darsni yakunlash va baholash
Guruhlarning to`plagan ballari hisoblanib, darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
6-bosqich. Uyga vazifa.
She’rni yod oling. She’r mazmuniga mos ravishda rasm ishlang. She’rdan olgan tassurotlaringizdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzing. Matningizda she’r matnidagi quyidagi so`zlardan foydalaning: Oppoq tiniq, oppoq qor, o`ynoqlab.
Xulosa.
Men 3-sinf o`qish darsligidagi “Qor” mavzusiga bir soatlik dars ishlanma tayyorladim. Men bu dars ishlanmamni tayyorlashda o`quvchilarni o`qish faniga yanada qiziqishlarini kuchaytirish va bilim saviyasi darajasini ko`tarish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandim. Darsning o`tilgan mavzusini mustahkamlash bo`limida “Klaster ,” Aqliy hujum” usulidan foydalandim. Dars davomida o`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib oldim. Yangi mavzuning bayonida guruhlarda “Venn” diogrammasi , “Sinkveyn” metodi, “BBB” metodi, “Zinama-zina” metodi, “Yelpig`ch” texnologiyasi o`yinlaridan foydalandim. Yangi mavzuni mustahkamlash bo`limida “Zanjir” o`yinidan va mavzuga oid savollardan foydalanib o`tkazdim. Dars oxirida guruhlar ichida faol qatnashgan o`quvchilarni yakka tartibda baholadim. Ular olgan ballarni guruh ballariga qo`shib hisoblab, g`olib guruhni aniqladim va rag`batlantirdim.
Xulosa qilib aytganda, boshlang`ich ta`lim jarayonida interfaol usullardan hamda didaktik o`yinlardan foydalanish o`quvchilarni darsga qiziqishlarini orttirishga, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, tafakkurni o`stirishga katta yordam beradi.
Chunki, interfaol usullar ta’lim jarayonida darslarni mazmunli, sifatli va samarali tashkil etishga, o`quvchilarning tashabbuskorligiga va yangiliklarni tezkor qabul qilishga samarali ta’sir etadi.
Boshlang`ich sinf o`qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, didaktik o`yinlardan foydalanish o`quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, mavzudan kelib chiqqan holda muammolarni yechimini topishga, kerakli, xulosa qarorlar qabul qilishga, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
-
Karimov.I. “Yuksak ma ‘naviyat – yengilmas kuch” asari. Toshkent. 2008 yil.
-
Boshlang‘ich ta’lim. Davlat Ta’lim Standartlari. 2010 y.
-
Boshlang‘ich ta’lim 2012 y. Yanvar. 28-29-sahifa.
4. 3-sinf o‘qish darsligi. M. Umarova, X. Hamroqulova, R. Tojiboyeva. Toshkent 2012 yil.
5.Boshlang`ich ta`lim. 2015 yil 11-son.
6.Boshlang`ich ta`lim. 2015yil 5- son.
7.Maktab va hayot.Ilmiy metodik jurnal. 2015 yil 3-son.
8.Boshlang`ich ta`lim. 2012 yil 1-son.
9. Ziyonet.uz sayti.
10.Muallif ish tajribasidan foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: |