Mavzu qovoq, ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari. Mashg'ulotning davomiyligi



Yüklə 48,2 Kb.
tarix23.10.2017
ölçüsü48,2 Kb.
#11876

MAVZU Qovoq , ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari kasalliklari.

Mashg'ulotning davomiyligi - 5,5 soat

Bo'lajak shifokorlar, ular qaysi mutaxasislikni egallashlaridan qat’iy nazar ko'z yordamchi apparatida ko'p uchraydgan kasalliklarni bilishlari zarur. Bu qovoq va yosh bezi, yosh o'tkazuvchi yo'llari kasalliklaridir/

Ko'z kasalliklari umumiy strukturasining 10% ini qovoq kasalliklari, 3-6% ini yosh a’zolari patologiyasi tashkil etadi. Qovoklar morfologik tuzilishi jihatlarining o'ziga xosligi uni patologiyasini ham o'ziga xosligini ko'rsatadi. Qovoq terisi va qirralari, togay bezlari, mushak-nerv apparati kasaliklari alohida ajralib turadi. Patologik protsess qovoq to'qimalarining hamma qavatlariga tarkalishi mumkin. Sababi va rivojlanish mexanizmiga qarab, qovoq kasalliklari yallig'lanish, distrofik, infeksion, allergik va usmalar bo'lishi mumkin. Yosh organi kasalliklarida esa yosh o'tkazuvchi yo'llar patologiyasi ko'proq uchraydi. Uning doimiy simptomlaridan biri ko'zdan betinim yosh okishidir va bu hol ko'rishga, mehnat qobiliyatini pasayishiga, soha tanlashda chegaralanishlarga sababchi bo'ladi.

Qovok shishi juda ko'p uchraydi va fakat mahalliy emas, balki ko'pgiia umumiy kasalliklar sababli ham bo'ladi. U yallig'lanish oqibatida va yallig'lanishsiz bo'ladi. Yallig'lanish okibatidagi shish terining keskin qizarishi, mahalliy temperatura bo'lishi va paypaslanganda og'rik bo'lishi bilan xarakterlidir. Ba’zida paypaslab ko'rganda qattiqlashish bo'lgan sohalarni (govmichcha, furunkul) sezish mumkin. Yallig'lanishsiz shishlar yurak-qon - tomir, buyrak kasalliklarida uchraydi va u ikkiyoqlama bo'lib, ertalablari kuchayadi hamda ko'pincha oyoq shishisi va assit bilan birgalikda bo'ladi.

Allergik qovoq shishi Kvinke angionevrotik shishi ko'rinishida bo'lib, birdan paydo bo'lib birdan yo'qolishi xarakterlidir. Og'riq va sub’yektiv tuyg'ular bulmaydi. Asosida allergik reaksiya yotadi

Davolash: asosiy sababchini yo'qotish, allergiyada esa antigistamin preparatlar, maxalliy esa kortikosteroidlar tomchi va surtma sifatida beriladi.
Blefaritlar

Blefarit - qovoq, qirg'oqlarining yallig'lanishi bo'lib, ko'p uchraydigan va uzoq davom etadigan ko'z kasalliklaridandir. Kasallikning oddiy, qipiqsimon va yarali turladi bor.



Etiologiya va patogenezi.

Blefaritni kelib chiqish sabablari ko'p va turlidir. Umumiy sabablardan vitaminlar yetishmasligi, anemiya, oshqozon-ichak kasalliklari, gijja, endokrin va modda almashinuvining bo'zilishi, allergik kasalliklar aloxida ahamiyatga egadilar. Ko'pgina hollarda tonzillit, burun polipi, adenoidlar, refraksiya anomaliyasi ham sababchi bo'ladilar, Balog'atga yetish vaqtida neyroendokrin o'zgarishlar tog'ay va yor bezlarining funksiyasining buzilishiga olib keladi.

Davolash: Blefaritlarni davolash umumiy va mahalliy tadbirlardan iboratdir. Avvalo kasallikni kelib chiqish sabablari aniqlab ularni yo'qotish. Organizmni sog'lomlashirish va chiniqtirish. Mahalliy davo: oddiy va chiranoksimon blefaritlarda tog'ay va yog' bezlarining funksiyasini yaxshilash uchun qovoqlarni shisha tayoqchalar yordamida massaj qilish, antibakterial surtma dorilar va tomchilar berish. Qovoq qirg'oqlarini 1% li brilliant yashilning spirtli eritmasi bilan surtib chiqish kerak. Yarali blefaritlarda esa qovoqlarni oldin yiringli po'stloqlardan tozalash va 1% brilliant yashil bilan surtib turish kerak.

Qovoq nerv-mushak apparati kasalliklari.

Ailanma mushak spazmi - blefarospazm, shox parda kasalliklarida uchraydigan reflektor holatdir. Yorug'likdan qo'rqish oqibatida qovoqlar yumilib qolgan, bemor ko'zlarini ocholmaydi. Shox pardadagi protsesslar davolanib bo'lgandan so'ng bu holat yo'qoladi.



Lagoftalm.

Shu bilan birga qovoqlarning tug'ma kisqarishida, travmadan keyin chandiqli kontraktura oqibatida ham uchraydi. Davolash: Yuz nervi paralichini nevropatologlar davolaydilar. Oftalmologik yordam ko'zni qurib qolishidan va infeksiyalanishidan saqlashdir. Buning uchun kuniga bir necha marta 0,25%li levomitsitin eritmasi, steril vazelin yog'i yoki tarkibida antibiotik bo'lgan surtma dorilar tomiziladi. Kechqurun uyqudan oldin qovoqlar leykoplastir yordamida tortib ko'niladi. Agar lagoftalm uzoq saqlanadigan bo'lsa, qovoqlarni bir-biriga qisman tortib qo'yish operatsiyasi (blefarografiya) yoki atonik pastki qovoqni plastika yo'li bilan qo'tarish operatsiyasi o'tkaziladi.


YUqori qovoqni pastga tushib turishi - ptoz deb ataladi.

Ptoz tug'ma va ortirilgan bo'ladi. Tug'ma ptozga asosan yuqori qovoqni ko'taruvchi mushakni yaxshi rivojlanmaganligi sabob bo'ladi. Ortirilgan ptozga sabab yuqori qovoqni ko'taruvchi mushakning parezi yoki paralichidir. U ko'pincha ko'zni harakatga keltiruvchi nerv innervatsiyasi doirasidagi mushaklar parezi bilan birgalikda uchraydi. Ptoz bo'yin simpatik nervi paradichida ham uchraydi, chunki yuqori qovoqni ko'tarishda shu nerv innervatsiya qiladigan sillik mushaklar ham ishtirok etadi. Bunda ptoz bilan birgalikda, ko'z olmasining orqaga surilishi (enoftalm) va qorachiqni toratishi ko'zatiladi. Ptoz, mioz, enoftalmdan iborat bu simptom kompleksga - Gorner sindromi deb ataladi. Davolash: davolash ptozni keltirib chiqargan sabablarga qaratilan bo'lishi kerak. Agar yuqori qovoq qorachiq sohasini berkitib tursa va ko'rishga xalaqit borsa uni xirurgik davolash zarur. Teri orasidap ip o'tkazib, yuqori qovoqni peshona mushaklariga tortish va yuqori qovoqni ko'taruvchi mushaklarni qisqartirish eng keng tarqalgan operatsiyalardandir.


Epikantus.

Ko'z tirqishining ichki burchagiga yarim oysimon teri burmasining bo'lishi. Teri burmasi yuqori qovoqdan pastki qovoqqa birikib, ko'z tirqishi ichki burchagi qisman yopib turadi va deformatsiya kiladi. Epikantus har doim ikki taraflama bo'lib u mongoloid qiyofasini berib turadi.



Koloboma.

Qovoq kirrasining uchburchak yoki yarim dumaloq shaklda defekti borligidir. Ko'pincha yuqori qovoqda bo'lib, yuz sohasidagi boshqa anomaliyalar bilan birga uchrashi mumkin.

Davolash. Yukorida ko'rsatilgan hamma anomaliyalar plastik operatsiya qilish yo'li bilan davolanib, yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Yosh qopchasi kasalliklari kasalliklari

O'tkir dakriotsistit

Yosh kopchasining atrofdagi to'qima­lari bilan o'tkir yallig'lanishi yoki flegmonasi. U surunkali dakriotsistit, burun shilliq kavatlarining yallig'lanishi, burun atrofi bushliklarining yiringli yallig'lanishi natirjasida yuzaga keladi.



Talaba bilishi kerak:

- qovoq va ko'z yoshi a’zolari kasalliklari tasnifini;

- qovoq va ko'z yoshi a’zolari kasalliklari etiopatogenezi va diagnostikasi;

- qovoq va ko'z yoshi a’zolari kasalliklari klinikasi va davolash;

- qovoq va ko'z yoshi a’zolari kasalliklari asoratlari va profilaktikasi.
Talaba qila olishii kerak:

Amaliy ko'nikmalarni bajarish - yon tomondan yoritib ko'rish, qovoqlarni ag'darib ko'rish.



Vaziyatli masala:

1. Bemor 32 yoshda. Qovoqlarining qiynoqli qichishidan, yorug'likdan qo'rqishidan shikoyat qiladi. Bemor surunkali gastrit bilan xastalangan. Ob’yektiv ko'rganda qovoq qirralari qizargan, yo'g'onlashgan. Kiprik ildizi atrofida mayda oq-kul rang, quruq, qazg'oqni eslatuvchi qoplamalar bor. Ular olib tashlanganda ostidagi teri yupqalashib, qizargan.

Tashhis qo'ying.

Tavsiya bering.

Javob. Qipiqsimon blefarit

1. Gastroenterologda davolanish.

2.Qovoqlarni massaj qilish. Dezinfeksiyalovchi tomchi­lar. Antibakterial surtmalar. Kortikosteriod tomchilar. Qovoq chetlarini 1%li brilliant yashilning spirtli ergitmasi bilan surtib chiqish.


2. Bemor 38 yoshda.O'ng ko'zidan tinmay yosh oqishidan shikoyat qiladi. Ob’yektiv ko'rganda: OD- ko'z tirqishining ichki burchagi yosh xalqob bo'lib turibdi. Yosh qopchasining proyeksiyasidagi teri nuxatdek shishib qolgan. Uni barmoq bilan bosganda yosh nuqtasidan sarg'ish yiringli ajralma chikdi. Yosh yo'lini yuvib ko'rganda suyuqlik burun bo'shlig'iga o'tmadi.

Tashhis qo'ying.

Tavsiya bering.

Javob.OD-Surunkali dakriotsistit

1. Burun atrof bo'shliqlarining rentgenografiyasi

2. Otorinolaringolog konsultatsiyasi.

3. Stomatolog konsultatsiyasi.

4. Dakriotsistorinostomiya operatsiyasi.


3. Bemor 68 yoshda. Chap ko'zining yoshlanib turishi, yiringli ajralma bo'lishidan shikoyat qiladi. Ob’yektiv ko'rganda chap ko'z pastki qovog'i yosh nuqtasi bilan birgalikda ko'z olmasida ajralib pastga osilib turibdi. Kon’yunktiva dag'allashgan va qizargan. Yosh qopchasi proyeksiyasiga bosilganda yosh nuqtasidan yiringli ajralma chiqmadi.

Tashhis qo'ying.

Tavsiya bering.

Javob. OS-Pastki qovoqni atonik tashqariga burilishi. Surunkali kon’yunktivit.

1. Ko'zga dezinfeksiyalovchi tomchilarni tez-tez tomizib turish.

2. Qovoqni xirurgik usul bilan to'g'rilash ya’ni Kunit-Shimanovskiy operatsiyasini o'tkazish zarur.



4. Bemor 16 yosh. Shikoyatlari: chap ko'zning yuqori qovog'i sohasida og'riq va shishga.

Anamnez: bemor o'zini 2 kundan beri kasal deb hisoblaydi, kasalligini shamollash bilan bog'laydi.

Tashhis qo'ying.

Davolash prinsipini ko'rsating.

Javob. OS- yuqori qovoq govmichchasi, yiringli boshchani yorish, antibakterial terapiya (maxalliy va umumiy)

Nazorat uchun savollar

1. Qovoqlar, tuzilishi, qon bilan ta’minlanishi, innervatsiyasi, vazifalari

2. Ko'z yosh a’zolari, qon bilan ta’minlanishi, innervatsiyasi, tekshirish usullari

3. Qovoq nerv-mushak apparatining kasalliklari, klinikasi, diagnostika, davolash va asoratlari.

4. Qovoq qirrasi kasalliklari, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, davolash va

asoratlari.

5. Qovokda yallig'lanish bilan kechadigan kasalliklarni davolash prinsip

lari.


6. Qovoqni tashqariga burilishi kasalligining sabablari va turlari

7. O'tkir dakrioadenitning klinikasi va davolash.

8. O'tkir dakriotsistit, uning klinikasi va davolash usullari.

9. Qovoqning nerv-mushak apparati kasalliklari, ularning kelib chiqish

sabablari.

11. Adabiyotlar

Asosiy

Yeroshevskiy T.I., Bochkareva A.I. «Glaznыye bolezni», 1989g., 263s.

Xamidova M.X. «Kuz kasalliklari», 1996 y.,334 s.

Kovalevskiy YE.I. «Glaznыye bolezni» 1995 g., 280 s.

4. Fedorov S.N.i dr. «Glaznыye bolezni» M. 2000g., 125 s.

5. Jack J. Kanski. /Clinical Ophthalmology. A systematic Approach. Atlas/ "Butterworth Heineman", Oxford, UK 2005 y., 372 s.

6.Jack J. Kanski. /Clinical Ophthalmology. A systematic Approach./ "Butterworth Heineman", Oxford, UK 2005 y., 404 s.

7. Ma’ruzalar materiallari.



Qo'shimcha

8.Sidorenko YE.I. «Oftalmologiya», M. 2003g., 404 b.

9.Kapayeva L.A. «Glaznыye bolezni», M. 2002 g., 512 b.

10.Chensova O.B. «Tuberkulez glaz». M.Meditsina 1990g., 255b.

11.Astaxov YU.S. «Glaznыye bolezni», spravochnoye posobiye, 2004, 183 b.

12.Kovalevskiy YE.I., "Glaznыye bolezni", Atlas, Moskva,"Meditsina"1985 g.,273 b.

13. M.N.Emerah, "Fundamentals of ophthflmology", Egypt,1994., 497 b.

14. Nesterov A.P. "Glaukoma" 1995 g, 168 b.

15. Internet ma’lumotlari kuyidagi saytlardan olindi: www.ophthalmology.ru/articles/120_html,www.nedug.ru/ophthalmology/34art -html www.eyenews.ru/html- 67,www.helmholthzeyeinstitute.ru/articles/1.2html

www.eyeworld.com/ophth.articles/html-89,www.scientific-vision.com/html-ophth


MAVZU 4. Shox parda , sklera va tomirli parda kasalliklari.

Mashg'ulotning davomiyligi - 6,5 soat
Keratitlar, uveitlar va sklera xastaliklari ko'ruv a’zosining eng keng tarqalgan xastaliklaridan biridir. Buning sababi shoh pardaning o'ziga xos joylashish natijasida tashqi muxit bilan doimiy muloqatda bo'lishidadir. Bulanday xastaliklarning o'ziga hos klinik kechishi shakllarini tashhislash kasallikning kechish xususiyatlari, ko'rinishi va maxsus tekshiruvlarga asoslanadi. Ularni davolash etiologik va simptomatikdir. Kasallik natijalari davolash taktikasi to'g'riligi va o'z vaqtida o'tkazilishga bog'liq.

Shox parda ko'zning muhim optik muhitlariga kiradi. Shox parda ko'z tirqishining ochiq qismida joylashganligi sababli yorug'lik, issiq, mikroorganizmlar, yot jismlar ta’siriga uchraydi va natijada unda morfofunksional o'zgarishlar vujudga keladi. Ayniqsa, shox pardaning posttravmatik va yallig'lanishli xastaliklari og'ir kechadi, chunki ular ko'zning boshqa qismlari bilan qon aylanish va innervatsiyasi bo'yicha bog'liq.

Keratitlar (keratitis) ko'z kasalliklari orasida 0,5% ni tashkil etadilar, lekin o'zidan keyin qoldiruvchi xiralanishlar sababli ko'rishning o'ta pasayishiga olib keluvchi ko'rlik va ko'rish sustalashuv bo'yicha 20% ni tashkil etadilar.

Keratitlarning asosiy belgilariga yorug'likdan qo'rqish, blefarospazm, yosh oqishi, ko'zda yot jism hissi borligi, og'riq va perikorneal in’yeksiya kiradi. Shox parda yallig'lanishi uning xiralanishiga olib kelishi sababli ko'rishning turli darajada pasayishi kuzatiladi. Infiltrat rangi uning xujayra tarkibiga bog'liq. Agar leykotsitlar soni kam bo'lsa infiltrat kulrang, yiring miqdori ko'paysa - sariq, u so'rilgandan so'ng esa - oqish tusda bo'ladi. Yangi infiltratlar chegarasi noaniq, yallig'lanish qaytishida - aniq bo'ladi. Yuza keratitlarda infiltrat yuzasida epiteliy buzilishi, ko'chishi va eroziya xosil bo'lishi kuzatiladi. Chuqur joylashgan infiltratlar esa yaraga aylanishi mumkin.

Shunday qilib, keratitlarni to'g'ri tashhislash va o'z vaqtida o'rinli davolash va profilaktik muolajalar ushbu kasallik bo'yicha ko'rishning pasayishi hamda ko'rlikning kamayishiga olib keladi.

Talaba bilishi kerak:

- Shox parda , sklera va tomirli parda kasalliklari tasnifini;

- Shox parda , sklera va tomirli parda kasalliklari etiopatogenezi va diagnostikasi;

- Shox parda , sklera va tomirli parda kasalliklari klinikasi va davolash;

- Shox parda , sklera va tomirli parda kasalliklari asoratlari va profilaktikasi

Talaba qila olishii kerak:

Amaliy ko'nikmalarni bajarish - yon tomondan yoritib ko'rish, qovoqlarni ag'darib ko'rish.


Vaziyatli masala:

1. Bemor 35 yoshda. Ikki kun avval o'ng ko'z shox pardasiga yot jism tushgan. Yot jism navbatchi shifokor tomonidan olib tashlangan. 2 kun ko'zga dori tomizgan, lekin ko'z ta’sirlanib, qattiq og'riq, yosh oqishi, yorug'likdan qo'rqish kuzatilgan. Ob’yektiv: OD Blefarospazm, aralash in’yeksiya. Shox parda markazida to'qima nekrozi, yiring defekt, old kamerada 3 mm yiringli kuzatiladi. µorachiq toraygan. Ko'rish o'tkirligi 0,05.

Tekshiruv natijasida diagnoz qo'ying.

Davolash.

Javob. Shox parda suriluvchi yarasi, maxalliy levomitsetin, xinin, atropin, mushak orasiga katta miqdorda antibiotiklar.
2. Bemor 21 yoshda. Daraxtsimon gerpetik keratit bilan 2 yil davomida og'riydi, florenal bilan davolanadi. Shifokor deksametazon tomchilarini maxalliy buyurgan. Ob’yektiv: OS ko'z ta’sirlangan. Soat 9 da paratsental shox parda defekti kuzatiladi. Yiring yo'q. µorachiq toraygan. Shoh parda endoteliysida kulrang mayda nuqtasimon pretsipitatlar bor. Shox parda sezuvchanligi yo'q. Tomirlanishi yo'q.

Tekshiruv natijasida diagnoz qo'ying.

Davolash.

Javob.Shshox pardaning gerpetik yarasi , maxaliy atsiklovir 3% surtmasi buyurildi.


3. Bemor 43 yoshda 3 kun avval angina o'tkazgan va isitmasi ko'tarilgan. Bir kun oldin yorug'likdan qo'rqish, yosh oqishi, ko'z qizarishi va ko'zda bir oz og'riq paydo bo'lgan. Davolanmagan.

Ob’yektiv: OD ko'z ta’sirlangan, shox pardada epitelial qavatida kulrang nuqtasimon infiltratlar bor. Shox parda sezuvchanligi pasaygan. Ko'rish o'tkirligi = 0,8.

Ob’yektiv tekshiruvlar natijasida diagnoz qo'ying.

Davolash.

Javob. OD nuqtasimon gerpetik keratit, maxalliy Oftan-idu va Florenal surtmasi buyurildi.
Nazorat uchun savollar

1. Aholi o'rtasida keratitlarning tarqalishi qanday.

2. Keratitlarning va uveitlarning asosiy turlari aytib bering.

3. Keratitlarning va uveitlarning asosiy belgilarini aytib bering.

4. Keratitlarning va uveitlarning asosiy tashhislash usullarini kelti­ring.

5. Keratitlarning va uveitlarning davolash yo'nalishlarini aytib bering.

6. Keratitlarning va uveitlarning g qanday asoratlari uchrashi mumkin.

7. Keratitlarning va uveitlarning oldini olish maqsadida qanday mahalliy va umumiy profilaktik muolajalar o'tkazilishi zarur.


Adabiyotlar

Asosiy


Yeroshevskiy T.I., Bochkareva A.I. «Glaznыye bolezni», 1989g., 263s.

Xamidova M.X. «Kuz kasalliklari», 1996 y.,334 s.

Kovalevskiy YE.I. «Glaznыye bolezni» 1995 g., 280 s.

4. Fedorov S.N.i dr. «Glaznыye bolezni» M. 2000g., 125 s.

5. Jack J. Kanski. /Clinical Ophthalmology. A systematic Approach. Atlas/ “Butterworth Heineman”, Oxford, UK 2005 y., 372 s.

6.Jack J. Kanski. /Clinical Ophthalmology. A systematic Approach./ “Butterworth Heineman”, Oxford, UK 2005 y., 404 s.

7. Ma’ruzalar materiallari.

Qo'shimcha

8.Sidorenko YE.I. «Oftalmologiya», M. 2003g., 404 b.

9.Kapayeva L.A. «Glaznыye bolezni», M. 2002 g., 512 b.

10.Chensova O.B. «Tuberkulez glaz». M.Meditsina 1990g., 255b.

11.Astaxov YU.S. «Glaznыye bolezni», spravochnoye posobiye, 2004, 183 b.

12.Kovalevskiy YE.I., “Glaznыye bolezni”, Atlas, Moskva,“Meditsina”1985 g.,273 b.

13. M.N.Emerah, “Fundamentals of ophthflmology”, Egypt,1994., 497 b.

14. Nesterov A.P. “Glaukoma” 1995 g, 168 b.

15. Internet ma’lumotlari kuyidagi saytlardan olindi: www.ophthalmology.ru/articles/120_html,www.nedug.ru/ophthalmology/34art -html www.eyenews.ru/html- 67,www.helmholthzeyeinstitute.ru/articles/1.2html



www.eyeworld.com/ophth.articles/html-89,www.scientific-vision.com/html-ophth
Yüklə 48,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin