Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ishini bajarishdan maqsad – professor o’qituvchilarning
bevosita
rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz
o’zlashtirishini ta’minlash, olingan bilimlarni mustahkamlash, zaruriy ko’nikmalarga
ega bo’lish, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyati, yangi
bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda “Dasturlash II”
fanining xususiyatlarini,
shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni turli xil
o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, berilgan mavzu bo’yicha dastur
tayyorlash, laboratoriya va amaliyot mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko’rish, kurs ishini
bajarish
va tayyorlash, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash, fan
olimpiadalarida
ishtirok etish, ilmiy jamiyatlar va to’garaklarda ishtirok etish,
kafedralarning ilmiy ishlarida ishtirok etish.
“Dasturlash II” fanini o’rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlash va iqtisodiyotdagi amaliy masalalarni yechishda ko’nikma hosil qilish
uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o’qituvchilari rahbarligida mustaqil
ish bajaradilar. Bunda ular qo’shimcha adabiyotlarni o’rganishadi
hamda internet
saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar. Laboratotiya
mashg‘uloti mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar. Ko’rgazmali
qurollar va
slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan
holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi:
Kompyuter texnologiyalari va tizimlari bilan ishlash;
Maxsus adabiyotlar bo’yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
Berilgan vazifalar bo’yicha dasturlar tuzish;
Talabaning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo’lgan
adabiyotlar, monografiya va ilmiy to’plamlarni chuqur o’rganish;
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan mavzularini o’rganish;
Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
Interaktiv va muammoli o’qitish jarayonida faol qatnashish;
Masofaviy (distatsion) ta’lmni tashkil etishda qatnashish.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar
tayyorlanishi va uni taqdimot qilinishi tavsiya etiladi.