O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
San’atshunoslik fakulteti
“Musiqa ijrochiligi va madaniyat” kafedrasi
9-1MUZS-20 guruh talabasi
OLLONOV ASADBEK ning
“MUSIQA TARIXI” fanidan
MUSTAQIL ISH
BUXORO-2023
Mavzu: Maqom turkumlari
REJA
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
Maqom tushunchasi.
Buxoro “Shashmaqom”i,Xorazm maqomlari va Toshkent-Farg’ona maqom yo’llari
III.Xulosa
KIRISH
O’zbek maqomlari - mumtoz qadriyatlar asosida taraqqiy topgan o’zbek musiqa madaniyatining muayyan tizimi. Amalda bu tizim o’zbek Maqomoti deya yuritiluvchi Buxoro shashmaqomi, Xorazm Olti Yarim maqomi va Dutor maqomlari, Farg’onaToshkent maqom yo’llari nazarda tutiladi. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining o’zbek musiqa nav’lariga bo’lgan qiziqishi, musiqashunos olimlarining musiqa merosimizga bo’lgan yangidan-yangi izlanishlari va qarashlarini kashf etmoqda.
Milliy maqom san’ati musiqa madaniyatining eng yorqin namunasi bo’lib, o’zida butun bir tizimni tashkil qiluvchi maqomlar majmui hisoblanadi. Uning umumiy tuzilishi, amaliy asoslari musiqa ahliga ma’lumdir. Biroq, ayrim ochilmagan qirralari, xususan, nazariyasiga oid muhim xususiyatlari keng ilmiy o’rganilishni talab etmoqda. Bir necha davrlar mobaynida mumtoz musiqa durdonalari o’z hajmi va ko’lamini kengaytirib, xalqimizning amaldagi musiqiy urf odatlarida o’zining yetakchi o’rniga ega bo’ldi. Zamonaviy o’zbek olimi, maqom bilimdoni Otanazar Matyoqubov - “shashmaqomning amaldagi shaklini, jumladan, Buxoroda ijro etilib kelinayotgan andozasini ham, bizning uchun “jonli musiqiy meros”, amaliyotda pishib yetgan mo’tabar urf-odat (mutaorif udum) deb ta’rifladik” deydi . Ma’lumki, musiqaning nazariy tarmog’ini uning mustahkam poydevori sifatida belgilash lozim. Turli xalqlar musiqasini o’rganishda ham avvalo, uning nazariyasi, ya’ni musiqaning tarkib topishida qo’llaniluvchi muhim unsurlar o’rganiladi.
Buyuk shoir, olim, sozanda Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) ijodi nafakat Hindistonda, balki ko’plab Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida ham mashhurdir.Uning tulik ismi Yaminiddin Abul Xasan Amir Xusrav ad-Dexlaviydir. U 1253 yili shimoliy Hindistonning Ganga sohili yaqinida joylashgan Patyala tumanida dunyoga kelgan..Otasi Amir Sayfuddin Mahmud O’rta Osiyoning Lochin (Kesh-SHaxrisabz) qabilasidan kelib chiqqan bo’lib, onasi esa hindistonlik edi.
Amir Xusrav Dehli sultonlari sulolasi xukmronligi davrida yashab ijod etgan. Bular: Nasriddin Mahmud (1246-1265), G’iyosiddin Balbana (1260- 1287y), Qaykubod (1287-1290) xiljiy sulolasidan sulton Jaloliddin Firuzshoh (1290-1296), Alouddin Xiljiy (1296-1316), Tug’liqshox (1320-1325) hamda Hindistondagi ko’plab tarixiy vokealariing shohidi bo’lgan. U 1325 yili Dehlida vafot etadi.
Amir Xusrav ko’plab she’riy, adabiy va tarixiy asarlarni yozib qoldirgan. Uning lirikasi beshta devondan iborat: «Tuxfat - as-sig’ar» (Yoshlik tuhfasi), «Vasat - al-hayot» (“Umr o’rtasi”), «G’urrat ul-kamol» («Tulik, mukammallik»), «Baqiyae noqiya» («Tanlangan qoldiqlar») va «Nihoyat al-kamol») («Mukammallik yakuni»). U Nizomiy Ganjaviyning dostoni asosida «Hamsa» asarini yaratadi. «Matla’ al-anvor», («Erug’likning chiqishi») «SHirin va Xusrav», «Layli va Majnun», «Oynai Iskandari» («Iskandar oynasi»), «Xisht bexisht» («Sakkiz jannat bog’i»).
XVII asrning olimi, mashhur xonanda, sozanda Darvesh Ali CHangiy o’zining «Risolai musiqiy» («Musika risolasi»)ning kirish so’zida o’z ustozlari orasida Amir Xusrav Dehlaviy nomini ham yodga oladi, hamda uning musiqa haqida yozilgan asarlaridan keng foydalanganligini aytib o’tgan.
Xusrav Dehlaviy Hindistonga fors kuylarini olib kelganligi setor va tabla kabi mavjud bo’lgan cholg’ularni mukammallashtirganligi haqida fikrlar mavjud.
Uning badiiy va ilmiy merosida fan va san’atning ko’plab tarmoqlari haqida ma’lumotlar olinishi mumkin. Xusrav Dehlaviy asarlarida musika haqida ma’lumotlar ham mavjud. Bu ma’lumotlar turli xil xarakterga ega bo’lib, ko’p hollarda musiqa haqidagi ma’lumotlar badiiy ko’rinishda yetkazilgan, ayrim hollarda ilmiy xarakterga egadir.
Bu ma’lumotlar musiqaning turli masalalariga doir: musiqiy cholg’ular yoki musiqiy janrlar, musiqiy asarlar haqidadir.
Dehli sultoni Allauddin Xilji xukmronligi davrida buyuk shoir va musiqachi Amir Xusrav Dehlaviy ijodiniig yorqin davri to’g’ri keladi. U hind mumtoz musiqasi sarchashmasi sanalmish «Raga»ni ustozona tarzda (professional darajada) o’rgangan. O’sha davrda hind mumtoz musiqasida raganing uchta asosiy uslubi mavjud edi: ular «Dhrupad», «Dxamar» va «Xayal»dir. Raganing uchinchi uslubi, ya’ni «Xayal»ning asoschisi Amir Xusrav Dehlaviy sanaladi.
Dxrupad asosiy, qat’iy va doimiy hisoblanib, to’rt qismdan iborat. Dhamar uslubi asosan «Holi» milliy bayramida ijro etiladi. SHovqinli olomon, bayramona kiyingan kishilar shahar va qishloq ko’chalarini to’ldirib, o’tib ketayotganlarga rangli suv, qizil kukunlarni yuqoriga sepishadi. Uchinchi «Xayal» uslubi lirik xarakterga ega bo’lgan janrdir.
Amir Xusrav o’zining ko’plab qo’shiqlarini xalq folьklori namunalari asosida ijod etgan, ularni SHimoliy Hindistonning turli viloyatlarida ijro etishadi.
«Savt ul-muborak» kitobining muallifi Vojid Ali va «Amir Xusrav Dehlaviy xayoti va ijodiy faoliyati» kitobining muallifi professor Vohid Mirza o’zlarining kitoblarida Amir Xusrav ko’plab kuylar bastalaganligi haqida ma’lumot beradilar.
U setor va tabla kabi cholg’ularni va «kavvali» mumtoz janrini yaratgan. Bu janrda masnaviylar, ilohiy madhiyalar, she’r va g’azallar ijro etiladi.
Hozirgi vaqtda ham Amir Xusrav Dehlaviyning «Xayal», «Tarona», «Yaman» va boshqa ragalari Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg’oniston musiqachilari tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.
Uning she’riy ijodini diqqat bilan o’rganishda Amir Xusrav musiqa ilmining nazariy asoslarini va musiqa an’analarining o’ziga xos xususiyatlaridan chuqur bilimga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. U she’riyat va musiqani bir xil darajada mukammal bilganligini o’zining asarlarida aytib o’tgan.
Amir Husrav Dehlaviy “Qavvali” jarining asoschisi hisoblanadi. Hindiston va Pokistonning tarixchi va musiqashunoslari «qavvali» mumtoz vokal musiqa janrining asoschisi buyuk shoir, olim, musiqachi Amir Husrav Dehlaviy deb hisoblaydilar. SHu bilan bir qatorda u zarbli cholg’u «Tabla» va torli cholg’u «Setor»ning ixtirochisi hamdir.
«Qavvali» musiqiy janrining ilk ko’rinishi XIII asrga borib taqaladi. Hindistonda fors she’riyati va hind musiqasi uyg’unligida «Qavvali» san’ati paydo bo’lgan. Amir Xusravning ustozi va murabbiysi Nizomiddin avliyo (XIII) uning mashxur, iste’dodli shogirdi, sozanda Amir Xusravning nazariy va amaliy tadqiqotlari tufayli «Qavvali» janri yangi shaklga ega bo’lgan deb hisoblaydi. U mavjud bo’lgan kuylarni mukammallashtirgan, ularni «qavl» va «qalbana» kuylarining musiqiy bezaklari bilan uyg’unlashtiradi, qo’shiqchilikda yangi uslub yaratgan. U ushbu musiqiy janrda ijro etiladigan ko’plab she’r va g’azallar yozgan.
XIII-XIV asrlarda mumtoz musiqaning bu janri Hindistonning butun shimoliy qismida keng tarqalgan va Dhrupad, Bheyrav hamda Darpan kabi mumtoz ragalar qatorida hind mumtoz musiqasida alohida o’rin egallaydi. Amir Xusrav va uning izdoshlaridan so’ng «qavvali» janri xalq orasida qanday holatda bo’lganligini aytish mushkul, chunki musiqaning bu sohasida ishonarli manba va ilmiy izlanishlar juda kam olib borilgan.
«Qavvali» inson ruhiy kayfiyatiga ta’sir etuvchi musiqa bo’lib, islom ta’limotini chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. «Qavvali» o’zbek tiliga tarjima qilinganida - mumtoz shoirlar she’rlarini kuylash yoki guruhli ijro etish ma’nosini bildiradi. «Qavvali» ansamblida ishtirok etuvchi yakkaxon xonanda yuqorida ta’kidlanganimizdek, «qavval» deb ataladi, tarjimasida sozanda yoki xonanda ma’nosini anglatadi. Ular Xudo, uning payg’ambarlari va avliyolarini madh etib kuylashadi.
Qavvali dastasi 10-15 kishidan iborat bo’lib, «Qavvali» kuylashda asosiy (ikki) yakkaxon xonanda yetakchi o’rin egallaydi. Qavvali yakkaxon xonandasi gilamga o’tirib, uning atrofida turli puflama va urma sozlarda ijro etuvchi sozandalar o’tirishadi. Avvallari qavvali ijrochilari gilam ustida yozilgan oq ipak chodirda o’tirishgan, hozir esa tartibga ko’ra baland sahnada gilamda o’tirib ijro etishadi. Qavvali ijrochisiga fisgarmoniya va tabla kabi cholg’ular jo’rsoz bo’ladi.
«Qavvali» tarkibi oddiy bo’lib, ikki yakkaxon xonanda bir-biriga savol- javob tarzida kuylashadi. Aniq hisoblangan vaqtda guruh ijrochilari qo’shiladilar. Ijro sekin tempda boshlanadi va sekin-asta tezlashtiriladi. «Qavvali» g’azal yoki ruboiy asosida ijro etilishi mumkin. Qavvali she’rlari fors, urdu yoki panjob tillarida yozilgan. Qavvalchilar tomonidan ijro etiluvchi qo’shiqlar XSH-XIX asr urdu mumtoz shoirlarining she’r, g’azal va qasidalaridan iborat. Qavvali janri hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. XX asrning mashhur ijrochilaridan biri – Nusrat Fotix Ali Xon bo’lib, mazkur ijodkor qavvali janrining rivojiga katta xissa qo’shgan deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi.
Amir Xusrav Dehlaviy ijodini tadqiq etish jarayonida uni hind mumtoz va xalq musiqasi rivojiga katta hissa ko’shganiga guvoh bo’lamiz.
1. Maqom san’ati ko`pchilik Sharq xalqlari musiqa merosida mavjud bo`lib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Maqomlar ma’lum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmua bo`lib, bastakorlik ijodiyotining o`ziga xos sayqal berilgan turidir. Maqomlar keng
ma’noda xalq musiqasi qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda o`zbek va tojik xalqlari musiqasiga xos vazn xususiyatlari, sado-ohanglar, doira usullari, she’riyat bilan xalq ashula yo`llarining bog`lanish qoidalariga asoslangan qator jabhalar o`z to`laqonli ifodasini topgan.
Maqom nima? Maqom arabcha «joy», «o`rin», «makon», musiqa tushunchasida esa cholg`u asboblarida tovush hosil etiladigan joy, ya’ni aslida parda ma’nosini bildiradi. Maqom muayyan pardadan boshlanadigan lad — tonallikni, hamda ularga mos keladigan kuy va ashulalar majmuasini ham ifodalaydi. «G`iyosul-lug`at» qomusining muallifi G`iyosuddin o`tmish olimlarining mulohazalariga tayanib, maqom iborasini quyidagicha ta’riflaydi: «Maqom – pardai surudro go`yand» – «Maqom deb kuy va ashulalar pardasiga aytiladi». Bu erda kuy va ashulalar boshlanadigan parda hamda ular harakat etadigan lad tovushqatorlari hisobga olingan albatta.
Musiqaga doir eski manbalardan ma’lumki, maqomlarning tarixiy — nazariy va amaliy tamonlari bor. Ularning nazariy masalalari IX-XV asrlarda yashab ijod etgan Kindiy, Farobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Urmaviy; Sheroziy, Marog`iy, Jomiy va Husayniy kabi buyuk olimlarning risolalarida chuqur ilmiy asosda sharhlab berilgan. Shuni qayd etish lozimki musiqa nazariyasi hamma Sharq xalqlarida ba’zi tafovutlarni hisobga olmaganda deyarli bir xil mazmunda bo`lgan. Hatto maqomlar, sho`’balar nomi ham o`xshash edi. Lekin, ularning musiqiy mazmuni har bir xalqning o`ziga xos bo`lib, bir-biridan tubdan farq etgan.
O`tmishdagi musiqiy nazariy risolalarda O`n ikki maqom (Duvozdah maqom) majmuasi va unga kirgan 24 sho`’ba va olti ovoza haqida mulohaza yuritiladi.
Ma’lumki, Temur davridan boshlab, to XVIII asrgacha yaratilgan musiqa risolalarida, adabiy, tarixiy va badiiy manbalarda maqomlar ustida ijodiy ish olib borgan sozanda-bastakorlar, ular yaratgan kuy va ashulalar nomlari keltiriladi, ularning qaysi maqomga tegishli ekani, doira usullari haqida gapiriladi. Musiqa risolalarida keltirilgan o`n ikki maqomlarning pardalari olti maqomdagi shakligi deyarli mos keladi yoki ular juda yaqindir.
XVI-XVII asr olimlaridan Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiy kabi olimlarning risolalarida Buxoro xonligi davrida joriy etilgan O`n ikki maqom va ular asosida kuy ashulalar bastalagan san’atkorlar haqida gapiriladi.
O`n ikki maqomning Shashmaqomga munosabati masalasiga kelsak ulardagi maqom va sho`’balar nomi ko`pincha bir xil. Bu esa O`n ikki maqomdagi ayrim maqom va sho`’balar olti maqomga birlashtirilib, yaxlit turkum holiga keltirilganidan darak beradi. Shashmaqom tarkibida O`n ikki maqomdagi nomlar uchrashini hisobga olib, bu erda O`n ikki maqom va ularning sho`’balarini sanab o`tamiz. O`n ikki maqom majmuasiga quyidagi maqomlar, ularning ma’lum ko`rinishlari — ovozi va sho`’balar kiradi: Ushshoq, Navo, Busliq, Rost, Husayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfahon, Zirafkand, Buzruk.
Ovozlar: Navro`z, Salmak, Gardoniya, Gavasht, Moya, Shashnoz.
O`n ikki maqomning sho`’balari quyidagicha ataladi: Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiyran, Bayotiy, Navro`zi Arab, Navro`zi Xoro, Navro`zi Bayotiy, Hisor, Nuxuft, Uzzol, Avj, Nayriz, Mubarka’, Rakb, Navro`zi Sabo, Humoyun, Zovuliy, Isfaxonak va Ro`yi Iroq, Bastai Nigor, Nihovand, Javziy, Muxayyar.
2. Shashmaqom (fors. — olti va maqom) — o‘zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o‘rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan o‘zaro uzviy bog‘langan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan sharsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo‘nalishlarida orttirilgan ko‘p asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an’analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi san’atining qomusiy mahsulidir.
O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni o‘n ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan so‘ng O‘n ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida shashmaqom uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. O‘zbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Farg‘onaToshkent maqom yo‘llari, shuningdek, yovvoyi (erkin ko‘rinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yo‘llari va boshqalar shashmaqom ta’sirida rivojlandi. O‘tgan zamon bastakorligida keng qo‘llanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.
Xorazm maqomlarining yaralishi va ijro uslublari haqidagi bahslarga quloq tutmoq zarur bo’ladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, xorazmlik sozanda va bastakor Niyozjon Xo’ja XIX asr boshlarida Buxoroga borib «Shashmaqom»ni o’rganib, Xorazmda uni targ’ib qilgani, Xorazm maqomlari «Shashmaqom»ning o’zginasi ekanligi aytib o’tiladi.
Ikkinchi bir manbalarda Xorazm maqomlarining ayrim qismlaridagi parchalar tuzilish jihatidan va xarakter jihatidan bir-biridan farq qilinishi aytiladi. Qanday bo’lmasin, Xorazm maqomlari Muhammad Rahimxon Soniy - Feruz davrida mashhur shoir va musiqashunos Komil Xorazmiy va o’g’li Muhammad Rasul Mirzo hamda shogirdlari tomonidan Xorazm olti yarim maqomi «Tanbur chizig’i»ga notalashtirilganligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud.
Xonning o’zi ham etuk shoir, sozanda, bastakor, hofiz bo’lganligi, qadimiy maqom kuylari asosida «Navo», «Segoh», «Dugoh»larga bog’lab kuylar yaratgani, u yaratgan Feruz I, II, III ijrolari xalq ichida mashhur bo’lib ketganligi aytib o’tiladi. Hatto Xorazm maqomlarini xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilib, maqomlarni kamsitgan yoki buzib ijro etganlarni qattiq jazolash haqida farmoni oliy chiqarganligi aniq manbalar asosida ko’rsatiladi.
Xorazm maqomlarini notalashtirishga qator musiqashunos olimlar qo’l urishgan. Mulla Bekjon bilan mashhur musiqashunos Matyusuf Devon 1925 yilda Moskvada chop etilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi» asarida Xorazm maqomlarining tuzilishi, shakllari, ijro yo’llari haqida ma’lumotlar berishgan va ayrim nota ko’rinishlari bilan to’ldirishgan. Xorazm maqomlari bilan taniqli musiqashunos E.E. Romanovskaya ham shug’ullangan bo’lib, shunday yozadi:
«So’nggi xonlar davrida (XIX asr) Xivada ijro etib kelingan maqomlar ham 1934 yilda O’zbekiston san’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti ekspeditsiyasi yozib olgan maqomlar aslida Buxoro maqomlaridir. Bu maqomlarni bundan taxminan 130 yil burun Niyozxo’ja degan sozanda, mashshoq Buxorodan Xivaga olib kelgan».
Bu haqda qanday fikrlar aytilmasin, baribir, Xorazm maqomlari ijrosida alohida uslub va shakllarga ega bo’lgan, usul va ritmi jihatidan «Shashmaqom»dan farq qiladigan alohida ijro maktabini kuzatamiz. O’z davrida Xorazm ijrochilik maktabining buyuk namoyondalari etishib chiqdilar. Muhammad Yoqub devon, Bobo bulomon, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Bayoniy, Qurji ota, Polli do’zchi, Muhammad Rasul Mirzo, Xudoybergan Muhrkan, Muhammad Yusuf Devon-Chokar, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ulug’ san’atkorlar shular jumlasidandir.
Xorazm maqomlarini Matpano ota, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov va boshqa ustozlardan o’rganib notaga olgan, uni avval bir jild, keyin 1980 yilda uch jildlik etib chop qildirgan, yana bir ulkan bastakor Matniyoz Yusupovdir (1925-1992).
Xorazm maqomlari quyidagi tartibda keladi:
Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq, Panjgoh.
Xorazm maqomlarining bevosita tuzilishi va ijroviy xususiyatlariga kelsak, avvalda Shashmaqom yo’llarining aytim bo’limidagi sho’hbalar saqlab qolingan. Lekin keyinchalik Xorazm ijrochilik maktabining tez rivojlanishi natijasida ashula yo’llarida juda ko’p o’zgaruvchanlikni kuzatamiz.
Ba’zi sho’hbalarning nomlanishida ham ijro xususiyatlarida ham o’zgaruvchanlik mavjud. Masalan, tarona qismlari «Rost» maqomida, «Suvora», «Naqsh», «Faryod»; «Buzruk»da esa «Sayri gulshan», «Navo»da - «Suvora», «Faryod», «Naqsh»; «Dugoh»da - «Suvora»; «Segoh»da - «Naqsh» va «Muqaddima» deb nomlanadi. Aytim bo’limlarining bosh sho’hbasi bo’lgan Sarahborlar Xorazmda maqomlar nomi bilan - Maqomi Rost, Maqomi Buzruk, Maqomi Navo, Maqomi Segoh, Maqomi Dugoh deb nomlanadi. Shunday holat - chertim bo’limlarida ham kuzatiladi.
Xorazm maqomlaridagi aytim va chertim bo’limlarining boshlanish qismidagi bir xillik bunga sababdir. Xorazm maqomlarida Sarahborlarning ba’zi taronalari terma holda, avj qo’shilib, yirik shakldagi ashulaga aylantirilgan. «Sarahbori Rost»da uchta tarona mavjud bo’lib, «Tarona», «Suvora», «Naqsh» deb nomlanadi.
Sarahborlar taronalari bilan aytilganidan so’ng, talqin sho’hbalariga o’tiladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Talqini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi. Xorazm maqomlarida o’n beshta nasr yo’llari mavjud bo’lib, «Xorazm maqomlari» kitobida sakkizta nasr sho’hbalari beriladi. Ular «Rost» maqomida «Navro’zi sabo», «Buzruk»da Nasrulloyi, Navoda - Faryod va Orazi Navo, Dugohda Chorgoh va Bayot, Segohda - Sabo, Navro’zi Xoro, Nasri Ajam deb nomlanadi.
Xorazmda keng tarqalgan aytim ijrolaridan biri Suvora yo’llaridir. Suvora iborasi tojikcha otliq, chavandoz ma’nolarini bildiradi. Suvoralar shakl jihatdan maqom sho’hbalari kabi yirikdir va usullari Soqiynoma yoki Ufar doyra usullarida bo’ladi. Hozirda Suvora yo’llarining turli namunalari keng tarqalgan. Birinchi asosiy Katta Suvora «Ona Suvora» deyiladi yoki «O’zbek Suvorasi» deyiladi. Ba’zida «Tojik Suvorasi» deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat:
1. Ona Suvora (katta Suvora).
2. Chapandozi Suvora.
3. Yakparda Suvora.
4. Kajhang Suvora.
5. Qo’shparda Suvora.
6. Besh parda Suvora.
7. Kalta Suvora.
Savti Suvoralar: Savti Suvora I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII, XIII, XIV, XV va hokazolarga bo’linadi.
Maqomdon ustoz Xojixon Boltaev savti suvoralarni qator variantlarini yaratgan. «Ufori savti suvora» I, II hamda «Gul ufor savti suvora» yo’llari shular jumlasidandir.
Xulosa qilib aytganda, Shashmaqom Xorazm ijrochilik maktabi zamirida o’ziga xos o’zgarish va rivojlanish jarayonini kasb etdi. Chertim yo’llari, usullari ixchamlashtirildi, bastakorlar tomonidan qo’shimcha namunalar kiritildi. Xorazm maqomlari ijrochilik nuqtai-nazaridan o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Asrlar davomida ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga o’tib kelayotgan Xorazm maqomlari davrlar o’tgan sari o’zining serjilo, serqirra ko’rinishlari bilan namoyon bo’lmoqda. Xorazm maqomat san’ati ijrochiligi musiqiy madaniyatimizning ajralmas bo’lagi sifatida hamisha ardoqlanadi.
Xorazm maqomlarining birin-ketin joylashishi va tarkibiy qismida farqlar mavjud bo’lib, bunga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Muhammad Yusuf Bayoniyning «Tanbur chizig’i»da maqomlar quyidagi tartibda joylashgan:
Dugoh, Rost, Navo, Iroq, Segoh, Buzruk va o’z - o’zidan ko’rinadiki, «Shashmaqom»da joylashgan, ya’ni Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq tartibida kelmaydi.
I.Akbarov tahriri ostida chop etilgan «Xorazm maqomlari»da esa Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq tartibida keladi.
Matniyoz Yusupovning 1980 yillardagi chop etilgan 5 jildlik «Xorazm maqomlari»da ham Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh qo’shilgan tartibda keladi.
Dostları ilə paylaş: |