Nizomiy nomidagi TDPU Professional ta’lim fakulteti “Professional ta’lim” metodikasikafedra o‘qituvchisi F.A.Nasrullayeva tomonidan 60112400– Professional ta’lim (Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: tikuv buyumlari texnologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan“Tikuvchilik ishlab chiqarish praktikumi”fanidan o‘quvdasturiga
TAQRIZ Mamlakat iqtisodiyotidagi tub о‘zgarishlar, uning xom ashyo yо‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarishga о‘tayotganligi oliy ta’limga butunlay yangi vazifalarni qо‘ymoqda.
Taklif qilinayotgan fan dasturi ta’lim jarayonida hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri – bakalavriat talabalari mustahkam bilim, koʻnikmaga ega bo‘lishlarini ta’minlashga, egallangan bilimlarni nazorat qilish hamda ularni amaliyotda oqilona qo‘llashga qaratilgan.
“Tikuvchilik ishlab chiqarish praktikumi” fanini o‘qitishning informatsion uslubiy ta’minoti, didaktik vositalar shu bilan birgalikda o‘quv-uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari hamda asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yhati berilgan.
Mazkur fan dasturida mavzular atroflicha keng yoritilgan bo‘lib, u sodda va ravon qilib yozilgan. Fan bo‘yicha talabalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar to‘laqonli tarzda o‘z ifodasini topgan, hamda ular amaliy bilimlarni ham mazkur fanda o‘rganadilar.
«Professional ta’lim metodikasi» kafedra o‘qituvchisi F.A.Nasrullayevatomonidantayyorlangan “Tikuvchilik ishlab chiqarish praktikumi”faning o‘quv dasturi namunaviy о‘quv reja asosida tayyorlanib, DTS da qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va har tomonlama yetuk, malakali kadrlar tayyorlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblayman.
Buxoro Davlat Pedagogika Universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Phd: A.Sodiqova