08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
1/13
Bu səhifədəki naviqasiya:
«Axloqi Jaloliy»
Davoniy
insoniy fazilatlardan
Davoniyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq to’g’risidagi fikrlari ta’lim-tarbiya tarixida muhim
ahamiyatga ega.
Alisher
Navoiyning
ta’limiy-axloqiy
asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan
aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida
insoniy munosabatlar jarayonida takror-
takror qo’llanilib kelishi natijasida
maqollarga aylangandir.
Jaloliddin Davoniy va uning «Axloqi
Jaloliy» asari(1427—1502)
XV asrda faqat Eronda emas, balki Xuroson va
Movarounnahrda ham ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy
fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlardan
biri Jaloliddin Davoniydir. Davoniyning ta’limiy-
axloqiy
qarashlari Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiylarning ijtimoiy fikrlari bilan ko’p jihatdan
tutash keladi. Ular dunyoqarashining mag’zini
komil inson tarbiyalash uchun yuksak insoniy
fazilatlarni tarkib toptirish tashkil etadi.Jaloliddin
Muhammad Ibn Asad as-Sddiqiy al-
Davoniy
Eronning
Kazarun viloyatidagi Davon
ishlog’ida 1427 yilda dunyoga kelgan.Jaloliddin
Davoniy boshlang’ich ma’lumotni qishlog’ida
olgach, SHerozga keladi va u yerda Dorul ay-tom
madrasasida tahsil ko’radi. Madrasada u
musulmon qonunshunosligi (fiqh) bilan maxsus
shug’ullanadi hamda
ilm-fan sirlarini mashhur
odamlardan o’rgana boshlaydi.
Uning otasi Sa’diddin ham o’z zamonining fozil
kishilaridan bo’lib, o’g’lining ham ilm-fanni
chuqur egallashiga yordam beradi.
Madrasani tamomlagach,
Davoniyning ilmiy
qobiliyatidan xabardor bo’lgan eron hukmdori
Sulton YOqub Oq qo’yinli tomonidan SHeroz
shahriga qozi etib tayinlanadi. U madrasada ham
mudarrislik,
ham qozilik vazifalari bilan
shug’ullana boshlaydi. Davoniy faqat o’z yurtida
emas, balki o’zga mamlakatlarda ham shuhrat
qozonadi. Turli shaharlardan talabalar kelib, unda
tahsil oladilar va ular
orasidan ham yetuk fozilu
fuzalolar yetishib chiqadi.
Davoniy keyinchalik Eron, Iroq, Hindistonda,
Koshon, G’ilon, Tabriz, Hirot shaharlarida
sayohatlarda bo’lib, ko’plab
olimlar bilan
hamsuhbat bo’lib, o’zining bilimi, dunyoqarashini
yanada boyitgan.Davoniy umrining oxirgi yillarini
o’z qishlog’ida o’tkazgan. Olim 1502 yilda vafot