Onalar –uyimiz chirog`i (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan) I. Kirish



Yüklə 17,9 Kb.
tarix24.03.2022
ölçüsü17,9 Kb.
#114954
2- sinf tarbiyaviy yan (2)


Onalar –uyimiz chirog`i

(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)



I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Onalarni ulug`lash ,ularga g`amxo`rlik qilishga o`rgatish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Onalarning oiladagi mehnatlari aks ettirilgan tasvirlar .

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism : Turli kasbdagi onalar suratlarini namoyish etish va savol bilan murojaat qilish. Onangizni qanday tasavvur qilasiz?

II.Asosiy qism : “Onajonim” she`ri. Mahmudjon Dadaboyev

Onajonim , mehribonim

Men gul bo`lsam, siz bog`bonim.

Ko`zim ochib sizni ko`rdim,

Siz tugayli inson bo`ldim.

Duo qiling tezroq o`say,

Tinchlik uchun, hissa qo`shay.

Siz kulsangiz” Umida Abduazimova



Siz kulsangiz onajon, olam kuladi.

Akam, ukam-u tajang , qalam kuladi.

Oy, quyoshni chizamiz,sizga o`xshatib,



Yoshingizni yozamiz,

Yuzga o`xshatib.

Onajon , Siz kulsangiz,

Yashnab ketasiz,

Yuzdagi ajinlarni,

Tashlab ketasiz.

Jannat onalar oyog`i ostaidadir.

Ona bilan bola , gul bilan lola.

Rivoyat : Quyoshdan so`rashibdi:

Sening haroratingdan zo`rroq harorat bormi?

-Bor,-javob beribdi quyosh.

- “Ona mehri mening taftimdan kuchliroq”.

Onalar haqidagi qo`shiq kuylanadi.


To`kin yurt dasturxoni, Porlaydi oy, quyosh ham,

Sarishta xonadoni Kuylar daryo, soylar ham.

Rohatda bolajoni, Bu hayot go`zal har dam,

Onalar omon bo`lsa. Onalar omon bo`lsa.


  • Jannat bo`lar Yer yuzi, Yurtimizda Istiqlol,

Nurga to`lar Yer yuzi. Yozilar g`azal, ashyor.

Kuladi baxt yulduzi, Aytilar alla, yor-yor,

Onalar omon bo`lsa. Onalar omon bo`lsa.

Turli kasbdagi ayollarning tasvirlari namoyish etiladi va ularning mehnatini qadrlashga o`rgatiladi. III Yakuniy qism : Tasavvur qiling , agar bir necha kun onangiz uyda bo`lmasalar qanday holat yuzaga keladi ? Bu holatni bolalar rasmda yoki so`z bilan ifoda etib berishadi. Onalar haqidagi maqollar guruhlarda birma –bir aytib o`tiladi. Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Yüklə 17,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin