O'zbekiston respublikasi oliv va o'rta maxsus ta'lim vazirligi islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali Elekrnonika va elektrotexnika fakulteti Elektron qurilmalarni ikkilamchi ta’minot manbalari



Yüklə 252,44 Kb.
səhifə1/6
tarix25.11.2023
ölçüsü252,44 Kb.
#134325
  1   2   3   4   5   6
2 lamchi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIV VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali Elekrnonika va elektrotexnika fakulteti
Elektron qurilmalarni ikkilamchi ta’minot manbalari
fanidan
MUSTAQIL
ISH


Mavzu: Elektron trubkaning tuzilishi va ishlash prinspi
Bajardi: Obbozov Omadbek
Guruh: 5-20 EA
Tekshirdi:_________________________


Elektron trubkaning tuzilishi va ishlash prinspi


Rеjа:

1. Elektron ossillografi to’g’risida umumiy ma’lumotlar.


2 Elektron nurli trubka (tuzilishi ishlashi).
3 Elektron ossillografining blok sxemasi vа ulаrning funksiyasi.
4. Xulosa


Tаyanch so‘zlаr: elеktrоn to‘pi, оg‘diruvchi sistеmа, elеktrоn nuri, yoymа gеnеrаtоri, elеktrоstаtik fоkuslаsh, bоshqаruvchi elеktrоd, sinxrоnlаsh blоki.


Elektron ossillografi to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Elektron ossillograflari elektr signallarining (kuchlanish, tok) amplituda va oniy qiymatlarini o’lchashda, vaqtli parametrlarini, garmonik signallarni chastotasini (aylanma yoyma, chiziqli yoyma usuli, Lissaju figurali usuli yordamida); to’la qarshilikni va uning tashkil etuvchilarini o’lchashda; to’rt qutbliliklarni amplituda – chastotali, fazo – chastotali xarakteriskalarini; tranzistorlarni, diodlarning integral mikrosxemalarni, magniy materiallarning xarakteristikalarini o’rganish, kuzatish uchun qo’llaniladi. Kineskop (yun. kinesis — harakat va sropeo — qarayman) — qabul qiluvchi televizion trubka — elektr signallarni yorugʻlik signallariga aylantiruvchi qurilma; televizion tasvirlarni qayta koʻrsatuvchi elektron nurli trubka. Oqqora tasvir hosil qilinadigan K. elektron projektorli shisha kolbadan iborat boʻlib, uning old devori (ekrani) oq yorugʻlik beradigan lyuminofor qatlami bilan qoplangan. Elektron oqimi (elektron nur) taʼsirida lyuminofor yorisha boshlaydi, magnit tizim bilan ogʻdiriladigan elektron nur esa tasvirni yoyib, ekranda televizion tasvir hosil qilinadi. Tasvirning yorugʻligini va kontrastligini oshirish, shuningdek, lyuminoforning manfiy ionlar oqimidan yemirilmasligi uchun kolbaning ichki sirtiga yupqa (0,5—1,0 mkm) alyuminiy parda qoplanadi. Rangli tasvir hosil qilinadigan K.da uchta elektron projektor bor, ekrani esa kizil, yashil va koʻk yorugʻlik beradigan lyuminofor bilan qoplangan (qarang Rangli televideniye). Katta (3—4 m2) ekranda televizion tasvir hosil qilish uchun ravshanligi yuqori boʻlgan proyeksion K.dan foydalaniladi. Ok,-qora tasvirli K.ning ekrani diagonali boʻyicha 3, 6, 11, 16, 23 mm (koʻtarib yuriladigan), 35, 43, 47, 59, 61, 65 va 67 mm oʻlchamda; rangli tasvirli K. 25, 40, 59 va 61 mm va h.k. oʻlcham qilib ishlab chiqariladi.


Elektron ossillografni universal, stroboskop, maxsus va h.k. turlari mavjud. Universal ossillograflar asosan garmonik va impulsli signallarni kuzatish, qayd qilish uchun xizmat qiladi. Ular yordamida xattoki chastotasi 103 MHz gacha bo’lgan jarayonlarni tekshirish, kuzatishi mumkin.
Elektron ossillograflar bir – qancha qismalardan iborat: elektron – nurli trubka, vertikal va gorizontal og’ish kuchaytirgichlari, arrasimon kuchlanish generatori va manba bloki.

Yüklə 252,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin