O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qo`qon davlat pedagoglka instituti milliy hunarmanchilik va amaliy san`at fakulteti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/6
tarix10.06.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#116818
  1   2   3   4   5   6
kurs ishi2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QO`QON DAVLAT PEDAGOGLKA INSTITUTI
MILLIY HUNARMANCHILIK VA AMALIY SAN`AT FAKULTETI
“ Tasviriy san`at va muhandislik grafkasi“ kafedrasi
_-kurs _________-guruh talabasi
______________________________________ning
Tasviriy san`atni o`qitish metodikasi” fanidan
Umumta`lim maktablarining tasviriy san`at darslarida I.Shishkin ijodini o`rgatish metodikasi” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: N.Qosimova __________
TSMG kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchi: O.Ergasheva ____________
TSMG kafedrasi o`qituvchisi


Qo`qon-2022

Mavzu: Umumta`lim maktablarining tasviriy san`at darslarida I.Shishkin ijodini o`rgatish metodikasi


Reja:
I Kirish.
II Asosiy qism

  1. Tasviriy san`at tarixi haqida ma`lumot.

  2. Umum ta`lim maktablarining tasviriy san`at darslariga o`quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o`rgatish.

  3. Ijodkor rassom I.Shishkin asarlari bilan maktab o`quvchilarini tanishtirish.

  4. I.Shishkin "Qo'riqxona. Qarag'ay o'rmoni.", “Ignabargli o'rmon. quyoshli kun”, "Qarag'ay o'rmonida tong" asarlarining tahlili.

Umumiy xulosa………….………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………….
Ilovalar……………………………………………………………


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ilm-fan har qanday davlatning buguni va kelajagini ko‘p jihatdan hal qiladigan bebaho boylikdir. Bugungi kunda tadqiqotlar natijalarini ilmiy jihatdan tahlil qilmasdan va o‘zlashtirmasdan rivojlanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyotning biror bir tarmog‘i, jamiyat hayotining biro sohasi yo‘q. Dunyoning aksariyat mamlakatlari moliyaviy-iqtisodiy inqirozni kechirayotgan bir paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ilg‘or texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish, ilmiy–texnika salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovatsiya yo‘liga o‘tish muhim strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun O‘zbekiston Fanlar akdemiyasi oldida ko‘plab strategik vazifalar turibdi. Mamlakatimiz ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yuqori texnologiyalar, shu jumladan, bio va nano texnologiyalarni ishlab chiqish, mahaliy xom ashyodan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha energiya tejovchi, ekologik manbalardan foydalanish, suv resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik ahvolni yaxshilash, fundamental ilmiy tadqiqotlarni oldindan belgilash va uzoq muddatga rejalashtirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash shular jumlasidandir. Bu borada uzoq, o‘rta va qisqa muddatga asoslangan ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Sayyoramizning ertangi kuni , farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib kamolga yetishi bilan bog’liq.” – deydi Prezidentimiz Sh.Sh.Mirziyoyev.
Kelajakka yo‘naltirilgan yuqori texnologiyalar bilan shug‘ullanishda O‘zbekiston ilm-fanining bugungi taraqqiyotiga jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz asos solganligini unutmaslik darkor. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan o‘tmish qadriyatlarimiz, mashxur allomalarimiz Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab jahonga mashhur bo‘lgan olimlarning ilmiy an’analari mustaqqilik yillarda yangi, yanada chuqur ahamiyat va mazmun kasb etdi. Ularni rivojlantirish va davom ettirishda O‘zbekiston ilm-fani mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan yanada yuksaltirish, jamiyatimizni modernizatsiyalash va rivojlantirishni ta’minlaydigan muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi davrda taraqqiyotimiz taqdirini ma’naviy jihatdan etuk komil insonlar hal qiladi. Aqliy zakovat, ruhiy, ma’naviy kamolot insofu diyonat, mehr oqibat bular ma’rifatli, ma’naviyatli insonning asosiy fazilatlaridir. Ana shu fazilatlarni yoshlarimizda yanada shakllantirish olimlar, ziyolilar va o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san`at ta`limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o`quvchilarning tabiat va texnikani ko`rgazmali idrok etishiga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishiga, ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan jarayonlar va xodisalarni sinchiklab o`rganishga yordam beradi.
Kurs ishning dolzarbligi shundaki, manzara ishlash jarayonida izlanishlar, tadqiqotlar, yangiliklar kiritish va bunga ijodiy yondashish kerak bo’ladi. O‘quvchilarning mustahkam grafikaviy savodga ega bo‘lishi, ularning fikrlash qobiliyatlari va tasavvurlarining rivojlanishiga, iqtidorlarini o‘stirishga ko‘maklashadi va kompozitsion ijodkorlik, ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantiradi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin