O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti o‘zbekiston-finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 141 Kb.
səhifə1/4
tarix28.06.2022
ölçüsü141 Kb.
#117280
  1   2   3   4
Lingvistika nazariyasi kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
XORIJIY TILLAR VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO‘NALISHI
109-GURUH MAGISTRANTI
YUSUPOV SARDORNING
LINGVISTIKA NAZARIYASI VA AMALIY TILSHUNOSLIK FANIDAN

KURS ISHI


Mavzu: Lisoniy me’yor va uning tiplari

Mundarija
Kirish.
1-bob. Lisoniy me’yor haqida umumiy ma’lumot

    1. Me’yor va lisoniy me’yor tushunchasi

    2. Lisoniy me’yorning turlari

2-bob. Lisoniy me’yor muammolarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi
2.1. Til normasining o‘rganilish tarixidan
2.2. Lisoniy norma muammolarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi
Umumiy xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida nutq madaniyati va til normasi masalalari, nutq madaniyati sohasining predmeti, maqsad va vazifalari, mezon va belgilari ilmiy-nazariy anjumanlarda muxokama qilinmoqda, tegishli ilmiy to‘plamlar, risola va maqolalarda atroflicha yoritilmoqda. Shu holda e’tirof etish kerakki, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili rivojlangan grammatik shakllar va g‘oyat boy lug‘at tarkibi va xarakterlanadi.
Nutq madaniyati masalalari o‘zbek adabiy tilining lisoniy normasi bilan uzviy bog‘liqdir. Har qanday adabiy tilning stixiyali rivoji jarayoniga jamiyat a’zolarining ongli ravishda aralashuvi maxsuli ekanligini tilshunoslik tadqiqotlari ko‘rsatib berdi.

Mavzuning o‘rganilish darajasi.
O‘zbek tilshunoslari tomonidan yaratilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, har xil tipdagi filologik lug‘atlarning tuzilishi, o‘zbek tili fonetikasi, lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi kabi masalalarning izchil tadqiq qilinishi ancha keng tarqalgan til faktlarini norma sifatida tavsiya qilish imkonini beradi. Ayniqsa o‘zbek nutqi madaniyati va adabiy tili normalarining dolzarb nazariy-amaliy masalalarini, jumladan, o‘zbek alifbosi, imlosi, talaffuzi, lug‘aviy, uslubiy, frazeologik, grammatik normalarini tadqiq qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti 1966-yildan boshlab nutq madaniyati sohasiga alohida e’tibor berila boshlagani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbek tilshunoslari 1960-yillardan kiyngi davrda o‘zbek alfaviti, imlosi, punktuatsiyasi, o‘zbek adabiy talaffuzi normalariga bag‘ishlangan bir qator ishlarni e’lon qilishdi. Bular orasida imlo va talaffuz lug‘atlari ham bor.


Yüklə 141 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin