O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VETERINARIYA
MEDISINASIINSTITUTI
IQTISODIYOT VA AGROTEXNOLOGIYA FAKULTETI
CHORVACHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIK VA
BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI
TA’LIM YO’NALISHI: 5420100- QISHLOQ XO‘JALIGIDA
MENEJMENT
KURS ISHI
Mavzu: Fermer xo’jaligi faoliyatini diversifikasiyalashning
huquqiy va iqtisodiy asoslari
Bajardi: 405-gurux talabasi
Sadinov Javlon
Tekshirdi: M.Nazarova
Samarqand 2020
KIRISH
Respublikamizda mustaqillik yillarida agrar sohada amalga oshirilgan iqtisodiy
islohotlar mazmuniga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligida mahsulot
yetishtiruvchi dehqonning moddiy manfaatdorligi va iqtisodiy erkinligini ta'minlash
orqali mavjud yer va suv, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirishga qaratilganligini ko‘rish mumkin. Aholining yeriga, mol-mulkning haqiqiy
egasiga aylanib borishi zamirida
birinchi navbatda, mamlakat aholisining tobora o‘sib
boruvchi ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat
mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash masalasi mujassam. Bugungi kunda fermerlar
faqatgina xomashyo yetishtirib beruvchi emas, balki uni qayta ishlovchi, qishloqlarga
sanoatni olib kirib, ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan ishbilarmonga
aylanmoqda.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash hozirgi kunda dolzarb masala
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017
yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali
foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-
sonli farmonini qabul qilinishi dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarini huquq va
manfaatlarini
himoya qilish bilan birga, fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekin
maydonlaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklarini 2018-2021 yillar
mobaynida bosqichma bosqich to‘liq ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish shakliga
o‘tkazish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishidan asosiy maqsad – tabiat
omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish
asosida sifatli va
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib moliyaviy barqorarlikka erishish
hisoblanadi
1
. Shuning uchun ko‘p tarmoqli xo‘jaliklar tashkil etilganida
qishloq
joylarda yangi ish o‘rinlari barpo etiladi va uning natijasida aholini ish bilan
ta'minlaning darajasi oshadi. Shu bilan bir qatorda qishloq aholisining sanoatni qayta
ishlash va boshqa tarmoqlariga oqib o‘tish jarayoni yuzaga keladi.
Mamlakatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibi shakllanishida birlamchi
ravishda uning geografik o‘rni, tabiiy-iqlim resurslari va resurs salohiyati muhim
ahamiyat kasb etadi. Mavjud tabiiy imkoniyatlar yetarli bo‘lgan holatda, qishloq
xo‘jaligi hududiy ixtisoslashuvi shakllantiriladi hamda mamlakat aholisining oziq-
ovqat mahsulotlariga va sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga bo‘lgan talabidan kelib
chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beruvchi
samarali ishlab chiqarish tanlanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibi
tanlanganidan so‘ng, bozor qonuniyatiga ko‘ra zarur bo‘lgan tovar ishlab chiqarish
jarayoni boshlanadi, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
ishlab chiqaruvchi
tomonidan yaratilgan mahsulotga bozorda talabning bo‘lishi ishlab chiqaruvchi
1
Mamarasulov X. va boshqalar “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari”-Amaliy qo‘llanma.T-2016 y
3
daromadini ta'minlasa, mahsulotning haddan tashqari ortiqchaligi esa mavjud
bozorning to‘yinishiga va bozorda mahsulot turlarining ortishiga olib kelishi
oqibatida daromadning oshishiga aks ta'sir etadi. Shuning uchun doimiy ravishda
mahsulot ishlab chiqaruvchining oldida bir muammo turadi,
bu mamlakat qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish yo‘nalishini hisobga olgan holda daromadli ekinni
yetishtirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirilgan holda davom ettirishidir. Bu
savolga javob izlagan holda ishlab chiqaruvchi bir turdagi mahsulotdan ololmagan
me'yoriy daromadini boshqa turdagi yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga ega
bo‘lishga harakat qiladi. Bu intilish asosida ishlab chiqarishning diversifikatsiyalash
jarayoni yotadi.
Kurs ishining maqsadi Fermer xo’jaligi faoliyatini diversifikasiyalashning
huquqiy va iqtisodiy asoslarining predmeti agrar sektorda ko‘p
tarmoqli fermer
xo‘jaliklarini tashkil qilish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va fermer xo‘jaliklari
faoliyati jarayonidagi iqtisodiy munosabatlari majmuini talabalarga o‘rgatish
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar sharoitida fermer xo’jaliklarning
diversifikasiyalashgan faoliyatini rivojlantirishning maqsadi fermer xujaliklari
daromadlarini
oshirish
va
resurslardan
samarali
foydalanishda
faoliyatni
diversifikatsiyalash, qo‘shimcha va yordamchi tarmoklarni rivojlantirish bo‘yicha
zarur bo‘lgan bilimlarni shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida
iqtisodiyotni
erkinlashtirish,
agrar
sohada
iqtisodiy
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilg‘or
texnologiyalar asosida tashkil etish va optimallashtirish bo‘yicha ma'lumotlar
berishdan iborat.
4