O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə6/23
tarix16.11.2018
ölçüsü2,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Nazorat savollari

  1. Davlat ta'lim standartlari deganda nimani tushunasiz?
    Ularni ishlab chiqish zaruriyati nimada?

  2. Davlat ta'lim standartlarining maqsadi va vazifalarini aytib
    bering.

  3. O’quv jarayonini tashkil etishda tayanch o’quv rejalari qan-
    day rol o’ynaydi?

  4. Texnologik xarita nima, u qanday tuziladi? Umuman ol-
    ganda, texnologik xarita kerakmi?

  5. Ishchi o’quv dasturi nima? U namunaviy o’quv dasturidan
    qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

  6. Kalendar reja qanday tuziladi? Siz fan bo’yicha mustaqil
    ravishda uni tuza olasizmi?

  7. O’quv-uslubiy kompleksi (majmuasi) nima va uning
    tarkibiga nimalar kiradi?


ADABIYoTLAR RO’YXATI


  1. Tojiboyeva D., Yo’ldoshev A. Mahsus fanlarni o’qitish metodikasi. -Toshkent. Aloqachi, 2009. 567 b.

  2. Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. -Toshkent. O’qituvchi, 2001.

  3. Divall MV, Hayney MS, Marsh W, . Perceptions of pharmacy students, faculty members, and administrators on the use of technology in the classroom. Am J Pharm Educ. 2013;77(4):Article 75.

  4. Прoфессиональная педагогика. Учебник для студентов обучающихся по педагогическим специальностям и направлениям. -М.: Профессональное образование, 1997.

  5. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik tehnologiya va pedagogik mahorat. -T.: “Moliya”, 2003.

  6. Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии.-М.:Педагогика, 1999.

  7. Гулямов С.С., Мирбартова Л.И., Абдуллаев А.Х.Новые педагогические технологии. Рекомендации по организации дистанционного обучения. –Т.: 2002.

  8. Ларнер И.Я. Внимание о технологии обучения. – М.: Педагогика, 1990

  9. Рочинский В.М.Азбука педагогического труда. -М.: 1990.

  10. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik tehnologiyalar. -T.: “Moliya”, 2003.


Intеrnеt saytlari


  1. http://www.school.edu.ru.

  2. http://www.inter-pedagogika.ru

  3. www.newhorizons.org.

  4. http://www.pharmax.m/articles.

  5. http://www.pravoteka.ru.


3- ma’ruza

Mahsus fanlarni o’qitish mazmuni, mahsus fanlarni o’qitish mazmunini belgilab beruvchi meyoriy xujjatlar, mahsus fanlarni o’qitish metod va vositalari

Reja

  1. Didaktika va metodikaning maqsadi:

  2. Mahsus fanlarni o’qitish metod va vositalari, metodlarning o’quv-tarbiya jarayonidagi vazifalari.

  3. O’qitishning asosiy qoidalari:

  4. Mahsus fanlarni o’qitish mazmunini belgilab beruvchi meyoriy xujjatlar


Tayanch iboralar: mahsus fanlar, o’qitish mazmuni, meyoriy xujjatlar, o’qitish metod, vositalari.

Didaktika va metodikaning maqsadi: talim berish, o’qitish, o’rgatishni amalga oshirishdir. Didaktika «nimaniq» va «nima uchun?» o’qitish kerak degan savollar bilan shug’ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog’liq holda «qay tarzda, qanday?» va «nimalar yordamida o’qitish?» lozim masalalari bilan shug’ullanadi. Didakti-kaning an'anaviy «qanday o’qitish kerak?» degan savoli bizni o’qitish metodlari kategoriyasiga olib keladi. Metodlarsiz qo’yilgan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. U qo’yilgan maqsad bilan natijani bog’laydi.

«Metod» atamasi yunoncha «methodos — tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya, ta'limot» so’zidan kelib chiqqan bo’lib — tadqiqot yo’li, haqiqatga intilish, bilish, harakat qilish yo’llari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma'nosini anglatadi. Metod deganda voqelikni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish usullari tushuniladi. Faoliyat-ning turli jabhalarini o’rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo’nalishidir. Unda ta'lim va tarbiya berish usullari asosiy o’rinda turadi. Metod — o’qituvchi bilan talabalarning ta'lim-tarbiyadan qo’yilgan maqsadga erishishga qaratilgan tartibga solingan, tizimlashtirilgan faoliyatdir.

Metod nihoyatda serqirra bo’lib, juda ko’p komponentlarni jamlaydi. Uning qirralariga: ta'lim-tarbiyaning maqsadi; o’qituvchi tanlagan maqsadga yetish usullari; o’qituvchi bilan o’quvchi-talabalarning hamkorlik qilish yo’llari; ta'lim maqsadini aniq o’quv materiali mazmunida ifodalash; ta'lim-tarbiya jarayonining (qonun, prinsiplar) mantiqi; axborotlar manbasi; (o’ituvchining mahorati; ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining faolligi; o’qitish vositalari va usullari tizimi va boshqalarni yozish mumkin. Shu bois metodning mazmun-mohiyatini soddalashtirilgan variantdagi ta'riflarda berishga to’g’ri keladi.

O’qitish metodlarining serqirraiigi, murakkab tuzilishga ega. Unga turli jihatdan yondashuvlarda o’z ifodasini topadi, Metod-jarayonning o’zagi, rejalashtirilgan yakuniy natija bilan bog’lovchidir. Pedagogik amaliyotda, an'anaga o’quv - tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo’llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o’qituvchining o’qitish faoliyati usullari bilan o’quvchining o’qish faoliyatining usullari bir-biriga bog’liqligi ta'kidlanadi.

O’qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o’qitishning maqsadi, o’zlashtirish usuli, o’quv jarayoni qatnashchilari (o’qituvchh o’quvchi, talaba)ning o’zaro munosabati.

Ta'lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo’lib, qaysi pedagog qo’llashidan qa’tiy nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog’liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo’lib, u pedagog shaxsi, o’quvchi-talabalarning o’ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi.

Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to’liq subyektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo’lgan, to’la obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o’rtasida tushuniladi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo’lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko’p holatlarda esa eng yaxshi bo’lgan amaliyot yo’llari tavsiya etiladi.

Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta'riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta'lim oluvchilarning o’ziga xosligi va aniq sharoitga bog’liq.

Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo’lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo’yilgan maqsadga ko’ra erishilgan natijada o’z aksini topadi. Metodtarning obyektiv jihatini didaktik prinsip nuqtayi nazaridan talqin etish, uning nazariyasini islilab chiqjsh, amaliyotda qo’llanishi zarur bo’lgan eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqiyatli yechish imkonini beradi.

Metodlarni optimaltashtirish uchun esa pedagoglar mahorati, ijodiy yondashish zarur bo’ladi. Shuning uchun ham o’qitish metodlari yuqori darajadagi san'at bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.

Sharq mutafakkirlari ham bilishning metodlariga katta e'tibor bilan qaraganlar. O’quv jarayonini tashkil etish va o’qitish metodlariga alohida e'tibor bergan alloma Aristoteldan so’ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o’qitish metodlari haqidagi traktatlarida ta'lim oluvchilarga turli bilimlar berish bilan birga mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatgan, bilim olish zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish lozimligini ta'kidlangan.

Hozirgi terminlardan foydalanib, Sharqning qomusiy allomalarining o’qitish metodlarini bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini aniqlasa bo’ladi. Ular foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bular Ibn Sino qo’llagan ko’rgazmali-tajriba metodlari, Abu Rayhon Beraniy, Al Xorazmiy-ning ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, Forobiy va Al Xorazmiyning bilimlarni tekshirish rrietodlari va boshqalardir. Ularning hammasi o’quvchi-talabalarning faoliyatini kuchaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadini ko’zlagan.

Ma'lumki, talim-tarbiyada metodlar qator funksiyalarni bajaradi. Metodlar yordamida qo’yilgan maqsad amalga oshiriladi. O’qituvchi o’quvchi-talabalarni bilim olishga da'vat qiladi. Bilishni faollashtirishning asosiy, ayrim paytlarda esa yagona stimulyatori bo’lib xizmat qiladi. Metodlar yordamida o’qituvchi o’quv jarayonini kechishi va natijasini diagnostika qiladi, zarur o’zgartirishlar kiritadi.

Pedagog, psixolog mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, metodlar o’quv-tarbiya jarayonida quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Ta’lim berish:

Metodlar yordamida ta'limning maqsadi amalga oshiriladi. Melodlar o’qituvchi va o’quvchilarning nazariy hamda amaliy bilimini ta'lim olish borasidagi vazifalarini bajarishga qaratadi.



Kamolotga boshlash funksiyasi:

O’quvchi, talabalarni fikrlash doirasini, bilim olish, aqliy rivojlniish suratini tezlashtirishda, qiziquvchanligini oshirishda o’z ifodasini topadi.



Tarbiyalash funksiyasi:

O’quv materialini o’rganish, o’zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash, fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma'naviy qarashlarning shakllanishiga olib keladi.



Bilim olishga da'vat etish, istak, xohish uyg’otish funksiyasi:

Metodlar talabalarni bilim olishga da'vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy, gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish to’ldiruvchi yagona stimulyator vazifasini bajaradi.



Nazorat funksiyasi:

Metodlar yordamida o’qituvchi o’quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina qolmay, o’quv jarayoni natijalariga ko’ra unga zarur o’zgartirishlar kiritadi.

Dars jarayonidagi metodlar qo’llash imkoniyatlariga ko’ra quyidagi sifatlarni o’z ichiga oladi:


  1. Bilim berish, idrok etish, o’zlashtirish, e'tiqodni ta'min-
    lovchi metodlar. Bu guruhga ma'ruza, talabalarning mustaqil
    ishlari, mustaqil tahsil olish bo’yicha ishlar, ishlab chiqarish
    jarayohlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatmalar berish, ommaviy
    axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar
    kiradi.

  2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nik-
    malarni hosil qilish, e'tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu gu-
    ruhga seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat
    ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan o’qitish kabinetlaridagi
    mashg’ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.

  3. Bilimlar, e'tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tay-
    yorgarligini aniqlash metodlari. Bu o’quv jarayonining reytinglari,
    kollokviumlar, suhbat o’tkazish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari,
    davlat attestatsiya natijalarini baholash kabilarni o’z ichiga oladi. .

Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.

Metodlarni fanlami o’rganishdagi qo’llashdagi qamroviga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o’rganishda qo’llaniladigan va xususiy metodlar.

Dars o’tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o’rganishda qo’llaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar.

Ayrim metodlarni esa ma'lum turkum fanlarni o’qitishdagina qo’llash mumkin. Bularga masala yechish, munozara kiradi.



O’qitishning asosiy qoidalari:

  • tushunarlidan - tushunarsizga;

  • yaqindan - uzoqqa;

  • osondan - qiyinga;

  • aniqdan - mavhumga;

  • umumiydan - xususiyga, umumlashtirilgandan-yakkaga;

  • xususiydan - umumiyga.

O’qish va o’qitish didaktik xatti-harakatlar bilan bog’liq. Didaktik xatti-harakatlarga o’qituvchining darsga tayyorgarlik ko’rishi, uni o’tkazish va baholash faoliyati kiradi.

Bu faoliyat quyidagi savollarda o’z ifodasini topadi:

  1. Kimlar o’qitiladi?

  2. Kimlarni o’qitish kerak?

  3. O’qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin?

  4. Maqsadga erishish uehun nimani, qanday o’qitish kerak?

  1. Nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qo'Ilab, dars
    o’tish kerak?

6. Nazariy va amaliy darslarni qanday sharoitda o’tkazish kerak?

7. O’qitishni qaisi y’o’l bilan tashkil qilish kerak?

8. Qo’yilgan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar
qanday baholanadi?

Dars berishning shakllari, uslublari turli-tuman. Maqsad, o’tilayotgan dars har bir talabaning ongiga yetib borsin. Bu yerda hal qiluvchi rolni didaktik sakkizburchak va o’quv jarayonining mazmuni o’ynaydi.

O’qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars o’tsam qo’yilgan maqsadga erishaman deb o’z oldiga savol qo’yib, o’ylab ko’rsa, dars o’tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin.

Dars o’tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog’liq:


  1. O’qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi.

  2. O’rganiladigan predmet.

  3. Darsda o’tiladigan mavzu.

  4. O’tiladigan mavzuning mazmuni.

  5. Dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan texnik vositalarning
    mavjudligi va boshqalar.

Darsni qanday o’tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo’ljal olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar:

• maqsadga erishish mo’ljalga olinadigan bo’lsa, dars jara-


yonida qanday maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olini-
shi lozim;

• darsda qatnashadiganlar mo’ljalga olinsa, talabalar


(o’quvchilar) guruhi kimlardan iboratliligiga e'tibor qaratiladi;

  • o’tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt mo’ljalga olinsa,
    qanday o’quv materialini talabalar ongiga yetkazish zarur va unga
    qancha vaqt ajratilganiga diqqat qaratiladi;

  • o’quv vositalari mo’ljalga olinsa, qo’limizda qanday o’quv
    vositalari bor" va ulardan qay darajada foydalanishifniz
    mumkinligini hisobga olamiz;

  • talabalar (o’quvchilar)ning darsga faol yoki passiv qatnashuvi
    mo’ljalga olinsa, qanday dars o’tish uslublarini qo’llash kerakligini
    tanlaymiz;

  • darsni tashkil etish mo’ljalga olinsa, qanday tashkiliy shart-
    sharoitlar mavjudligini hisobga olamiz;

  • o’zlashtirishni nazorat qilish mo’ljalga olinsa, qanday tartibda
    talabalar bilimi nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga
    qaratiladi .

o’quv jarayonini tashkil qilish va uni boshqarish mashg’ulotlarda qo’yilayotgan maqsadga bog’liq.

Darsning tarkibiy qismi - darsda kerak bo’ladigan me’yoriy hujjatlar.Ularga na’munaviy dastur,ishchi dastur,o’quv rejasi,taqvimiy reja,darslik,o’quv-metodik qo’llanmalar,ma’ruzaning matni yoki dars loyixasi va boshqa didaktik materiallar kiradi. Bularning xammasi didaktika tamoyillariga asosan tuzilgan bo’lib,o’zaro bir biriga tushishi shart. Uzoq xorijiy mamlakatlarning xammasida bularni bir so’z bilan kuruyukluyum deyiladi.

Dars berishning mazmuni shu fanda mujassamlashgan obyektiv reallik bilan aniqlanadi. Metodika (uslubiyat) fanning o’quv jarayonidagi harakati, rivojlanish shaklidir. Fan bilan uni o’qitish o’rtasidagi farq shundaki, fan bevosita obyektiv reallik bo’lib, uning rivojlanish qonunlarini ifodalash bilan birga, o’quv predmeti sifatida ana shu jarayonni bevosita tasvirlaydi. Umuman olganda, o’qitish, ilm berish obyektiv dunyoni bilishni shu fan erishgan yutuqlar darajasiga ko’taradi. Fan doimo rivojlanib yangi kashfiyot-lar, bilimlar bilan boyib boradi. O’z navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib boriladi.

Hozirgi paytda o’rganiladigan bilim manbalariga ko’ra, metodlar 5 guruhga bo’Iinadi hamda qator usullarni o’z ichiga oladi.

1) Amalda sinash, tajriba metodi:


  • tajriba o’tkazish, amaliyot o’tkazish;

  • mashq qilish, mehnat, ishlab chiqarish jarayonida qatna-

shish, eksperiment o’tkazish.

2) Ko’rgazmali namoyish qilish metodi:

  • har xil rasm, suratlardan foydalanish;

  • namoyish qilish;

  • illyustratsiya qilish;

  • o’quvchi, talabalar tomonidan kuzatish, amaliyot o’tkazish.

3) Og’zaki ovo’z orqali ifodalanadigan metod:

  • tushuntirish, ongiga yetkazish;

  • hikoya qilish;

  • o’zaro fikr almashuv;

  • suhbat o’tkazish;

  • " yo'1-yo'riq, ko’rsatma berish;

  • ma'ruza;

  • munozara, mubohasa, bahs va boshqalar.

4) Kitob bilan ishlash:

* o’qish, o’rganish, tezda ko’rib, varaqlab chiqish;

  • sitata keltirish va uning ustida ishlash, bayon yozish;

  • referat yozish, reja tuzish, konspekt qilish va boshqalar.

5) Video metod:

  • kompyuterda mashq, test yechish;

  • nazorat o’tkazish;

  • internetda ishlash;

  • elektron variantlar bilan ishlash;

  • o’quv filmlarini tayyorlash va namoyish etish;

  • axborot texnologiyalariga asoslanib, ishlab chiqilgan dasturlar
    asosida kompyuterda farmasevtika ko’rsatkichlarni hisoblash, ularga
    omillar ta'sirini o’rganish;

* multimedia asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish va
boshqa shu kabilarni qamrab oladi.

Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o’tishda qanday ta'lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qo’llab dars o’tish o’quvchi-talabalarning fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o’zlashtirishga katta yordam beradi o’qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o’tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda. Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko’ra universal va maxsus texnik vositalarga bo’linadi.

Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.

Maxsus vositalar, ma'lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o’z ichiga oladi.

Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, video-magnitofon, kompyuter kabilaiga bo’lish mumkin.

Ta'lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta'lim vositalari deb ataladi.



Texnik vositalar

Real vositalar

Texnik vositalar




Chop etilgan o’quv materiallari

Mikroskop, gerbariy,mahsuot namunalari



Proektor, kodoskop, kompyuter, o’quv televizori, videofilm, disk, disketlar multimedia va bosh-qalar.




o’quv va ilmiy adabiyotlar, chop etilgan o’quv-metodik materiallar, ko'rgazmali materiallar, tarqatma mater-iallar, ma'ruza matnlari va boshqalar.

O’quv jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.

Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin: — notanish so’z, iboralarni yozish;


  • turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish;

  • rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;

  • misollar yechish;

  • formulalar yozish va boshqalar.

Doska har bir auditoriyada bo’lishi kerak. Dars paytida doskadan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o’qituvchi ilgari dars o’tmagan auditoriyada dars o’tadigan bo’lsa, doskaning o’lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:

• zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, bir-biridan ajratish,


chiziqlarni rangli bo’r bilan chizish;

• agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo’lsa, avval


xomaki nusxasini chizib ko’rish;

• doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taa’ssurot qoldiradi-


gan bo’lishi kerak.

Doskaga aniq, talabalar o’qiy oladigan qilib yozish kerak. Yozayotganda tushuntirishni to’htatib, yozib bo’lgach, gapirish kerak. Chunki auditoriyada talabalaiga orqa o’girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg’ash qiyin.

Doskada ishlashning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • ishlatishning osonligi, tayyorligi;

  • o’zgartirishlar kiritishning osonligi;

  • darsni o’tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;

—qo’shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarni
moslashtirish;

  • murakkab nisbatlarni ko’rgazmali ifodalash mumkin;

  • chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko’rsatish, qabul
    qilish va tushunishni osonlashtiradi;

  • yaxshi yodda qoladi;

  • doskadan konspektga ko’chirilgan misol va rasm, chizma,
    grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.

Kamchiliklari:

  • doskaga yozayotganda talabalarga orqa o’girib turiladi, audi-
    toriya bilan ko’z qarash kontaktini yo’qotiladi;

  • bir marta yozilgan narsa o’chiriladi;

  • yozish, chizishga vaqt ketadi.

Doska-stend—mashg’ulotlarda o’quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitish vositasi.

Stendga o’sha kattalikdagi qog’oz qo’yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mumkin.

Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, graflk, izoh-sharhlar va hokazo kartochkada aks ettirilgan ma'lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr-mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo’ladi.

Doska-bloknot yoki flipchart doskasi — bu varaqlanadigan qog’ozli doska bo’lib, unga marker bilan yoziladi. U turli~muhokama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo’llaniladi. Uning qulayligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o’quv xonasiga osib qo’yish, istagan paytda qulay joyga ko’chirish, kerak bo’lsa, devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish mumkin. Undan guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash, kerak bo’lganda ishlatish, turli masalalar bo’yicha asosiy qismlarni ajratib ko’rsatish muhokama qilinayotgan masalaga qaytish, kichik guruhlar yoki butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko’rish imkoni mavjud. Diqqatni tortish yoki fikrni ajratib ko’rsatish uchun rangli markerlardan foydalanish mumkin.


Kataloq: library -> books -> majmua obshiy
library -> Kafedrasi
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> Qrafikdizay n fənninin proqramı baki – 2013 Azərbaycan Respublikası Təhsil Nazirliyi Azərbaycan Dövlət İqtisad Universiteti “Dİzayn” kafedrası Qrafik dizayn
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İQTİsad universiteti «İQTİsadi TƏHLİl və audiT»
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İqtisad universiteti «İQTİsadi HÜquq»
majmua obshiy -> Iqtisodiyot nazariyasi
majmua obshiy -> Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə