Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy hujjatlar



Yüklə 26,04 Kb.
səhifə1/8
tarix18.05.2023
ölçüsü26,04 Kb.
#127027
  1   2   3   4   5   6   7   8
Audit kurs


Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy hujjatlar
Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish uslubiyati auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyoti va tajribasiga asoslanadi. Ammo auditni samarali tashkil etishda faqatgina audit uslubiyati emas, balki auditning huquqiy asoslari ham muhim rol oʻynaydi. Bu borada respublikamizda bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Xususan, mustaqillik yillarida respublikamizda auditorlik faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi quyidagi meʻyoriy hujjatlar qabul qilindi:
- “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni. 1992-yil 9-dekabr, Toslikent sh.;
- Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini kuchga kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori. 2000-yil 26-may, Toshkent sh.;
- “Moliyaviy nazoratni o ʻtkazish va xoʻjalik hayotiga auditorlik shaklidagi nazoratni tatbiq etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
- “Auditorlar va auditorlik firmalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish Nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 293-son qarori;
- “Yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1993-yil 10-mayda 41-son bilan tasdiqlangan.
- «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-son qarori;
- “Auditorlarga malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi Nizom”. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 13-oktyabrda 977-son bilan roʻyxatga olingan;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16- oktyabrdagi 215-son qaroriga 2-Ilova - “Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi Nizom”.
- “Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi Nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qarori).
- “Auditorlik faoliyatining milliy standartlari”.
Hozirda Republikamizda auditorlik faoliyatini meʻyoriy tartibga solish asoslari takomillashib bormoqda. Buning natijasi sifatida respublikamizda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi m eʻyoriy tizimlarni quyidagi besh bosqichda ifodalash mumkin:

Yüklə 26,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin