Paxtachilikda klasterlar va ulardan umumiy foydalanish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#140691
  1   2   3   4
Paxtachilikda klasterlar va ulardan umumiy foydalanish 23

Paxtachilikda klasterlar va ulardan umumiy foydalanish

Reja:

1. Paxta klasteri faoliyati doirasida zarur bo'ladigan aktivlar to'g'risida ma'lumotlar talabgorni davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi hujjatlar

2. sohaga oid ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar;

3. talabgor tomonidan tasdiqlangan, shu jumladan quyidagilardan iborat


Paxta-to'qimachilik klasteri O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida paxta xom ashyosini yetishtirish uchun mo'ljallangan yer uchastkalari negizida mazkur Nizomning 3-bandida ko'rsatilgan shakllarda tashkil qilinadi.Qishloq xo'jaligi vazirligi (keyingi o'rinlarda — Vazirlik), «O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari» uyushmasi (keyingi o'rinlarda Uyushma) hamda tegishligiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari o'zaro kelishgan holda yangi paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi to'g'risidagi ma'lumotlarni har yili 20 avgustga qadar o'zlarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qiladi.
Bunda, paxta-to'qimachilik klasterlari mazkur Nizomning 3-bandining ikkinchi va to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaklda tashkil etilayotgan bo'lsa tanlov ma'lumotlarida yer uchastkasining o'lchami, konturi, ball bonniteti va normativ qiymati haqidagi ma'lumotlar ham ko'rsatiladi.Paxta-to'qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10 sentyabrga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Talabgor arizada paxta-to'qimachilik klasterining shakli, paxta xom ashyosiga bo'lgan talabining hajmi va yer uchastkasining maydonini (er uchastkasini ijaraga olish istagi bo'lgan taqdirda) aniq ko'rsatib quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
a) talabgorni davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnoma va ustavi hamda ta'sis shartnomasi (agar mavjud bo'lsa) nusxasi;
b) sohaga oid ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar;
v) paxta-to'qimachilik klasteri faoliyati doirasida zarur bo'ladigan aktivlar to'g'risida ma'lumotlar;
g) talabgor tomonidan tasdiqlangan, shu jumladan quyidagilardan iborat biznes-reja:
paxta xom ashyosi yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha bo'lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz zanjirini, shu jumladan hamkorlik asosida tashkil etish;
mexanizatsiya darajasini va ekinlar hosildorligini oshirish, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan zamonaviy sug'orish usullaridan foydalanish, yerlarning unumdorligini va melioratsiya holatini yaxshilash (qishloq xo'jaligi yer uchastkasi ijaraga oluvchi talabgor uchun);
investitsiya loyihalari, shu jumladan ularning quvvatlari, moliyalashtirish manbalari, yaratiladigan ish o'rinlari hamda eksport prognoz ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumotlar;
Paxta-to'qimachilik klasteri quyidagi huquqlarga ega:
o'z faoliyatini yuritishda ishlab chiqaradigan mahsulotlarini, tijorat banklaridan oladigan kreditlarni, o'zining tasarrufidagi ko'chmas mulk ob'ektlarini, texnika vositalari va ishlab chiqarish texnologiyalari asbob va uskunalarini sug'urtalashda mustaqil ravishda xohlagan sug'urta tashkiloti xizmatlaridan foydalanib amalga oshirish;
zarurat bo'lganda, agrotexnologik xaritaga o'zgartirishlar kiritish;
g'o'za navlari urug'lik chigitlarini mustaqil ravishda ishlab chiqarish;
suv resurslarini o'z vaqtida yetkazib berishni mutasaddi tashkilotlardan talab qilish;
paxta xom ashyosini o'zining yoki ijaraga olingan paxta tozalash zavodida yoxud tegirmon usulida dastlabki qayta ishlashni amalga oshirish;
yetishtirilgan paxta xom ashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni erkin tasarruf etish (paxta tolasini eksport qilish bundan mustasno);
ishlab chiqarilgan paxta tolasining o'z ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojidan ortiq qismini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish;
paxta xom ashyosidan olinadigan chigit va boshqa mahsulotlarni mustaqil ravishda qayta ishlash yoki ularni, shu jumladan qayta ishlangan mahsulotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish.
Paxta-to'qimachilik klasteri qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
27. Qishloq xo'jaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-to'qimachilik klasteri quyidagi qo'shimcha huquqlarga ega:
g'o'za navlarini mustaqil joylashtirish;
ajratilgan yer uchastkalarida almashlab ekishni joriy etgan holda, ushbu yerlarning konturlarini tuzish;
tasdiqlangan agrotexnologik xaritadagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish;
mineral o'g'itlar va yoqilg'i-moylash materiallarini import qilish;
qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tamoyillariga asoslangan klaster — fermer, klaster — dehqon xo'jaligi, klaster — oilabay pudrat va qishloq xo'jaligida ish yuritishning boshqa zamonaviy usullarini joriy etish;
o'ziga biriktirilgan yer uchastkalarini shartnomaga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha bo'lgan muddatga ikkilamchi ijara (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) asosida berish.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin