Pul massasi va agregatlari Reja: Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi



Yüklə 81,59 Kb.
səhifə1/4
tarix29.09.2022
ölçüsü81,59 Kb.
#118045
  1   2   3   4
Pul massasi va agregatlari Reja-fayllar.org


Pul massasi va agregatlari Reja

Pul massasi va agregatlari

Reja:

1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi.

2. Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash.

3. Pul multiplikatori va pul agregati .

4. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi.

Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi

Pul massasi - yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo’lgan naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.

Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:


1. Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining mavjudligi hisoblanadi.
2. Yana bir omil pul mablag’larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi.
3. Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
4. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir.
Pul taklifi jarayonidagi 3 ta asosiy subyektlar:
1.Markaziy bank-hukumat vakili hisoblanib, bank tizimini nazorat qilishga va monetar siyosatni tashkil etishga javobgar; AQShda Federal Zaxira Tizimi.
2.Banklar (depozitariy institutlar)- aholi va tashkilotlardan deposit qabul qiluvchi va qarz beruvchi tashkilotlar: tijorat banklari, kredit assotsiatsiyalari, maxsus jamg’arma banklar va kredit uyushmalari.
3.Depozitorlar-banklarga depozit qo’ygan yuridik va jismoniy shaxslar.

Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash.

1. Pullarga bo’lgan aktiv talabning shakllanishi. Korxonalar o’zini faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytiradi, ya’ni qo’shimcha sehlar quradi. Hamda yangi texnika va texnologiyalarni sotib oladi. Bunda qo’shimcha pul mablag’lariga talab yuzaga keladi.


2. Passiv talabning yuzaga kelishi. Aholi, kompaniyalar va davlat kelgusidagi jiddiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul jamg’ara boshlaydi.

Muomala uchun zarur pul miqdori 2 asosiy yo’nalishda shakllanadi:



Yüklə 81,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin