Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə9/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dast-labki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi(‘) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaf­fuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lishi, bo‘g‘in chegarasini aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata olsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydilar.
3-mavzu. Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi

  1. Analiz metodi.

  2. Sintez metodi.

  3. Analitik mashqlar.

  4. Sintetik mashqlar.

Analitik - sintetik (tahlil - tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Analiz va sintez metodlari savod o‘rgatish jarayonida bir-biri bilan bog‘liq ravishda olib boriladi. Savod o‘rgatishda analiz-sintezdan oldin o‘tkazilsa-da, ular bir-birlaridan ajralmaydi. Analiz va sintez savod o‘rgatish jarayonida bir-biri bilan bog‘liq ravishda olib borish bo‘g‘inlab o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Tilshunoslikda tovushni analiz va sintez qilish usullari maxsus ishlangan. Ta’lim jarayonidagi o‘zarishlar analitik - sintetik tovush metodidan foydalanishda olimlarimiz tomonidan turli tavsiyalarning taklif etilmoqda. Alifbeshunos olima Qumri Abdullayeva o‘quvchilarga yangi tovush va harflarni o‘rganish uchun quyidagi tartibni tavsiya etgan:
Analiz metodi:
a) Nutqdan gapni ajratish;
b) Gapni so‘zlarga ajratish va zarur bo‘lgan so‘z yuzasidan talaffuz mashqini o‘tkazish;
v) Ajratib olingan so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
d) Bo‘g‘in tartibidan o‘rganilgan tovushni ajratish va talaffuzini o‘rganish;
e) Yangi tovushning grafik belgisi-bosma harf bilan bolalarni tanishtirish.
Sintez metodi:
a) Kesma harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzish;
b) Tuzilgan so‘zni o‘qish;
v) Tuzilgan yangi so‘zni «Alifbe» kitobidan o‘qish;
e) Yangi so‘z ishtirok etgan gapni «Alifbe» kitobidan o‘qish.
Metodist olim Maxmudjon Yusupov analitik-sintetik tovushdan foydalanishning quyidagi usulini taklif etgan:

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin